Boshlang’ich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi o’qitish (ta’lim) mazmuni va metodlarinigina emas, balki har XIL ko’rgazmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta ko’rishni talab qildi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi 5141600
- 2.1. Matematikadan ko’rgazma materiallarning turlari 2.2. Grafik modellardan foydalanish orqali masala yechish metodikasi
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
1
’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta ’lim vazirligi Andijon davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi 5141600 – BTSTI ta’lim yo’nalishi 4 – kurs 1 – guruh talabasi Boboxonova Nigora ning “ Bosh lang’ich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash ” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI
– 2015 2
Kirish I BOB. Boshlang`ich sinflarda masalalar ustida ishlash 1.1. Boshlangich sinflarda masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy vazifalari 1.2. Matnli masalalar va ularni echish uchun zarur ko’nikma va malakalar II bob. Matematika darslarida ijodiy harakterdagi masalalar yechishni ko’rgazmalilik asosida tashkil etish usullari. 2.1. Matematikadan ko’rgazma materiallarning turlari 2.2. Grafik modellardan foydalanish orqali masala yechish metodikasi 2.3. Rasm-tasvir, animatsion tasvirlar orqali masala yechishning afzalligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
3
dastlabki yillaridanoq yurtimizda ma'naviyatni yuksaltirishga juda katta e'tibor bеrilishi bеjiz emas, iqtisodiyotni rivojlantirish, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni jarayon siyosati saqnasiga olib chiqish kabi vazifalarni ma'naviyatni yuksaltirmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Ma'naviyatni yuksaltirish sohada muayyan muvafaqqiyatlarga eishilgach, jumladan, milliy tariximizni, xalqimizning g’ururi bo’lgan o’nlab va yuzlab allomalar xotirasini qayta tiklash, milliy an'ana va marosimlarni el-yurtimizga qaytarish kabi xayrli ishlar amalga oshirilgach, milliy mafkura va milliy istiqlol g’oyasi va mafkura masalalarini kun tartibiga qo’yish uchun ma'naviy asos yaratildi. Ana shu ma'naviy asos mamlakat taraqqiyotini ta'minlovchi yosh avlodni ma'naviy kamol toptirish, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash jarayonida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish komil insonni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanamiz. Prеzidеntimiz Islom Karimovning ta'lim-tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani tubdan isloh etish bo’yicha muhim dusturiy hujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo’ydi. Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi. “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga ega bo’ldi. “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar
4 bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftixor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy- siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi”dеgan edi.
Jamiyatda layoqatli, ishbilarmon, yеtuk kadrlarga hamisha zarurat tug’iladi. Insoniyat rivojining tarixi uning talablarini qondirish va mavjud muammolarni hal etishga qodir munosib kadrlarga ehtiyoj sеzib kеlganidan guvohlik bеradi. Bu jamiyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida ham dolzarb masalalardan biri bo’lib kеlmoqda. Buning uchun esa kadrlar siyosati nеgizida ma'naviyat va ma'rifat, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish talab etiladi. Komil inson dеganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi - Inson yaralibdiki, hamisha erkin, ozod hayot kechirishni, yaratish, ijod qilishni risoladagidek hayot tarzi sifatida qadrlab kelgan. Unga daxl qilinganda, hamisha qarshi kurashib, erkka erishmoqni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo’ygan. Zero har bir inson qachonki, erki o’z qo’lida bo’lsagina, o’z qadrini o’zi belgilashga avlodlari uchun munosib kelajak barpo etishga imkoniyat topa oladi. Aks holda, ushbu maqsadlar bo’lmasa kyechilgan hayot oxir- oqibatda sarob singari izsiz yo’qolib ketaveradi. 1991- yil 31- avgustda jonajon O’zbekistonda Mustaqillik e’lon qilinib, u qonun bilan mustahkamlanib qo’yilgan onlarda har bir vatandoshimiz ongidan joy olgan ozodlik, istiqlol, hurlik
5 kabi tushunchalar yildan-yilga teranlashib, o’z maqsaddaligini to’la ma’noda namoyon etib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda “Mustaqil O’zbekiston kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi”. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda eng muhim hisoblangan tizim xalq ta’limi sohasiga e’tibor qaratishi unda faoliyat ko’rsataoyotgan o’qituvchilarga g’amxo’rlik qilish birinchi galdagi yumush sifatida amalda bajarila boshladi. Zero, yangilanayotgan jamiyatga hur fikrli, erkin fikrli zamonaviy qarashlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlar suv va havodek zarur edi. Chunki ularning hali zaharlanib ulgirmagan onglarini o’zlari tug’ilib o’sayotgan yurtga uning o’tmishi- yu, kelajagiga hurmatli hamda xayrixoh qilib shakllantirish bir tomondan oson bo’lsa, ikkinchi tomondan hiyla eski tushunchalar hamda yot maqsadlarga yo’naltirilgan davr mazmuni bilan bunga erishish amri mahol edi. Ushbu omillar ta’lim tizimida to’laqonli islohotlar olib borishni taqozo etdi. Istiqlolning birinchi o’quv yili 1991-1992-yillar aynan ushbu jihatlar bilan, qolaversa, boshlangan ulkan ishlarning barchasi sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Yoshlarni ajdodlarimiz ma’naviy merosi, xalqimizning tarbiyashunoslikdagi an’ana va urf –odatlar asosida, yurt uchun fidoyi farzandlar qilib tarbiyalash, zamonaviy kadrlar yaratish zarur . O’zbekiston chuqur isloxotlar davrida yashar ekan, o’z istiqbolini erishib kelayotgan yosh avlod timsolida ko’radi. Dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallash uchun mamlakatda nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki ma’naviy –ma’rifiy yuksalish ham extiyojga aylandi . Xususan, yoshlar taqdiri butun xalqning o’y- hayollarini band etdi. 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlis tamonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ning hayotga tadbiq etila boshlaganidan buyon o’tgan yillar davomida yoshlarning ongidan joy ola boshlagan bilim olishga , hayotda o’z o’rnini topishga bo’lgan ishtiyoq, intilishning ortganligi, o’qituvchilarda ta’lim berishga fidoiylarcha munosabatini yo’lga qo’ya boshlashi, umuman olganda jamoatchilikda ta’lim –tarbiya sohasiga belgilovchi omil sifatida qarashning vujudga kelganligi eng katta yutuqlarimiz hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos ta’lim tizimi, milliy mafkurasi, umumbashariy
6 tamoyillari, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari hamda mustaqillik davrida vujudga kelgan va shakllangan ijtimoiy –iqtisodiy o’zgarishlar bu boradagi xalqaro tajribalar inobatga olinib yaratilgan umumiy o’rta ta’lim DTS va o’quv dasturlari kelajak avlodlarni kamol topishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji
asosida kadrlar
tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo’lib hisoblanadi . “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunining tub islohotlari ko’zda tutiladi . Mavjud ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta’lim tizimini barcha shakldagi ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ta’minlovchi ilg`or ilmiy –metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir. Mamlakatimizda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi . Shu sababli boshlang’ich sinflarda ishlashda o’rta maktabda matematika o’qitishda ko’zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak. Maktabning boshlang’ich sinflarida bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, o’quvlar va ko’niqmalarining ma’lum xajmini ongli ravishda va mustaham egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o’tilgan mulohazalarini hisobga olish kerak. Boshlang’ich ta’limning muhim masalalaridan biri o’quvchilarda ongli va mustahkam hisoblash (ko’pincha avtomatizmga yetkazilgan) malakalarini shakllantirish edi va shunday bo’lib qoladi. O’quvchilarga egallangan bilim, o’quv va malakalarini turli xil sharoitlarda qo’llanishga o’rgatish o’qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Shu bilan birga bilimlarning qo’llanishi ham bolalarning o’quv ishlari samaradorligini oshirishning muhim vositalaridan biridir. Bilim, o’quv va malakalarining to’la qiymatli o’zlashtirilishiga ularning o’zgaruvchi sharoitlarda mustaqil qo’llanishi
7 natijasida erishish mumkinligini psixologlar isbotlashdi. Bolalarning maktabda boshlang’ich sinflardan keyingi sinfga o’tishida albatta vujudga keladigan ko’p darajada aynan shu asosida bartaraf etilishi mumkin. Bu sohada o’qituvchidan ko’p narsa talab qilinadi. Bunda bolalarda uzviy ravishda mustaqillikni o’stirish o’qitish jarayonida ularning mustaqil ishlariga bo’lgan talabni asta-sekin ortira borish zarur.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling