1-mavzu: Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari reja


Maxsus fanlarni o’qitishga qo’yiladigan talablar. Maxsus fanlarni o’qitishda kasbiy-pedagogik bilimlarning ahamiyati


Download 82.96 Kb.
bet2/2
Sana22.10.2020
Hajmi82.96 Kb.
#135698
1   2
Bog'liq
1-mavzu Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari


3. Maxsus fanlarni o’qitishga qo’yiladigan talablar. Maxsus fanlarni o’qitishda kasbiy-pedagogik bilimlarning ahamiyati.

Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar kabi ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma`lumot beruvchi nazariyalar ma`lum darajada pedagogika fani uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.



Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlari to’g’risidagi ma`lumotlarga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli u falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir.

Ma`lumki, har bir o’qituvchi-tarbiyachi, talaba o’z ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo’lishi lozim. Ta`lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib, o’qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o’tmishdagi taraqiyotini bilish kerak. Masalan, pedagogika tarixi o’tmishda ta`lim-tarbiya borasida qanday kurashlar bo’lgani va qanday qilib ijobiy yoki salbiy yakunlangani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o’zgarishi tufayli pedagogik g’oyalar, tarbiya muassasalaridagi ishlarning mazmuni va metodlari qanday o’zgarib borganini, tarixda ijod etgan olimlarning pedagogik g’oyalari va ularning faoliyatlari bilan tanishtiradi.

O’qituvchi talabalarga bilim berish, ma`lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta`sir ko’rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya`ni ko’rsatilayotgan ta`sirning samarasini bilish uchun pedagog talabaning sezgi, idroki, tasavvur, diqat va tafakkur, fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishi va ularga asoslanib ta`sir ko’rsatish rejasini belgilaydi.

Demak, Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fani psixologiya va sotsiologiya kabi fanlar bilan ham uzviy bog’langandir. Ma`lum ma`noda o’qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin.

Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo’limi bo’yicha ma`lumot beradi. Bu fan talabaning xulqi, odobi me`yorlarini aniqlash, belgilash hamda go’zallikni chin ma`noda tushuntirish, talaba ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag’bat uyg’otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir. Fanlarni o’qitish yo’llari ham pedagogika fanining didaktika bo’limiga aloqador. Chunki har qanday fanni o’qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini talabalar tomonidan o’zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Pedagogika fani ob`ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi.

Ma`lumki, turli sohada bilim oluvchi talabalarni o’qitish va tarbiyalashning nazariy hamda seminar tomonlarini yolg’iz pedagogika fanining o’zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi.

4. Maxsus fanlarni o’qitishda o’qituvchi egallashi lozim bo’lgan pedagogik texnologiyaning mohiyati.

Ta’lim tizimining uzluksizligi – zamon talabi. Uzluksiz ta’lim shunchaki deklaratsiya emas, balki shaxsning zaruriy ehtiyojlariga aylanishi kerak. Shu maqsadda ham yangi axborot texnologiyalariga asoslangan masofaviy ta’limda zarurat paydo bo’lmoqda.

An’anaviy ta’lim tizimidan o’rin olgan o’qituvchi–darslik–talaba tizmasini qat’iylik bilan yangi: talaba–darslik–o’qituvchi tizmasiga o’zgartirish talab qilinmoqda. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi xuddi shu tamoyillarga asoslangan va bu falsafa, pedagogika va psixologiyada yangi yo’nalish hisoblanadi.

Agar an’anaviy ta’lim tizimida asosiy bilim manbai sifatida o’qituvchi va darslik hisoblangan bo’lsa, ta’limga yangicha yondashuvda o’qituvchi asosan talabaning mustaqil va faol ta’limiy faoliyatining tashkilotchisi, ishonchli konsulptanti va yordamchisi sifatida maydonga chiqadi. O’qituvchi o’z mahoratini, bilimi, malakalarini talabalar faoliyatini diagnostika qilish, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan to’ri foydalanish bo’yicha yordam berishi lozim bo’ladi. Bu esa o’qituvchidan yuksak darajada mahorat talab qiladi.

Talabalar oldida turgan bosh vazifa – o’z bilimlarini mustaqil kengaytirishning samarali yo’llarini egallab olishdir. Mutaxassis zarur axborotlarni mustaqil topib olishi, muammoni hal qilishning maqsadga muvofiq yo’llarini izlashi, olayotgan bilimlarini chuqur tahlil qilishi, ularni amalda qo’llashi kerak.

Tayyor bilimlarni shundaygina o’zlashtirib olish va umumlashtirish darajasida ta’lim beriladigan bo’lsa, yuqoridagi vazifalarni hal qilishda to’ri kelmasligi mumkin. hozirgi sharoitda ta’lim berishda ta’lim shu zailda ko’rilsa insoniyatning tayyor bilimlarini o’zlashtirib olishi, yaoni bir shaxsdan ikkinchisiga o’tkazish bilan shuullanish talabalar tafakkurini rivojlantirishga olib kelmaydi va bu amalda isbotlangan. oliy ta’lim talab darajasida tashkil qilinsagina ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin. Shunday ekan o’qitishning interfaol usullaridan foydalanishimiz zarur.



Maxsus fanlarni o’qitishning kontseptual asoslari. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik ko’rsatmalar to’plami bo’lib, u ta’limning kontseptual modeli sifatida qo’llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:



1. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko’ra ta’limning asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo’lmasin bilim olish”. Ya’ni yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko’nikma va malakalar, ilg’or g’oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan g’oya ilgari suriladi.

2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki o’o’quvchilar tomonidan turli bilimlarni o’zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o’o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko’zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko’ra ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o’ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o’o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o’o’quvchi hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.

4. Ezoterik paradigma (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati haqiqat abadiy va o’zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar.

5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.

6. Noinstitutsional paradigma ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitishni samarali deya hisoblaydi.

Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.

Ta’lim o’qituvchining o’o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.



Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq.


Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir


Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.

Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi:




Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni:



1. Sotsiologik yondashuvga ko’ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. O’o’quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo’lgan bilimlarni o’rganadilar. Ta’limning mazmuni o’o’quvchilarga ajdodlar tajribasini o’zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.

2. Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quv materialini o’rganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo’llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko’ra ta’lim mazmuni o’o’quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.

3. Psixologik yondashuv L.S.Vo’gotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo’lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog’liq. Unga ko’ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to’la shakllanmagan, lekin o’quv jarayonini qurishga asos bo’la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo’ladi.

4. Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga asoslanadi. Unga ko’ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish g’oyasiga ko’ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.

Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklari quyidagilar sanaladi:



1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o’o’quvchi o’zlashtirgan bilimlar hajmi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo’ymoqda.

2. O’o’quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo’lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o’o’quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog’liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o’quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli ko’rsatkichlari orqali namoyon bo’lishi mumkin.

3. O’o’quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko’zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo’lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.

5. Aksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo’lib, unga ko’ra ta’lim jarayonida o’o’quvchi hayot, sog’liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go’zallik, ijod, insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.

2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947 sonli Farmoni[2]da Respublika ta’lim tizimini modernizatsiyalash va undagi o’qitish jarayonini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib, uning ijrosi ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli Qarorlari 5 muhim ahamiyat kasb etib, mazkur hujjatlar asosida oliy ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish orqali tayyorlanadigan mutaxassislar va oliy malakali kadrlarni jahon intellektual mulk bozorida yuqori baholanishini kafolatlovchi yangi sifat darajasiga ko’tarishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur doirasida xorijiy davlatlarning universitet va institutlarida yuzlab talabalarimizning o’qishi, va aksincha, mamlakatimiz OTMlarida nufuzli xorijiy professor-o’qituvchilarni ishlashi yo’lga qo’yildi. Bu yutuqlar asosan oliy ta’limni yangicha tashkiliy shakllari va yo’nalishlariga taalluqli bo’lib, ta’lim sifati va samaradorligi yuksaltirish bo’yicha hali ko’plab muammolar o’z echimini kutib turibdi.Jumladan, ta’limni boshqarishning optimal usullarini ishlab chiqish, maqsadli moliyalashtirish, professor-o’qituvchilar malakasini oshirishning yangi shakllarini joriy qilish, talabalar bilimini baholash va uni doimiy monitoringini olib borish, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kontrakt mablag’lar miqdorini aholining daromadidan kelib chiqqan holda belgilash va h.k. O’tkazilgan islohotlar tufayli o’qituvchi shaxsining mavqeini jamiyat oldida tiklanish jarayoni bormoqda, ularning oylik maoshlarini davrma-davr oshirish rejalashtirildi, qabul kavotalari keskin oshirildi, universitet va institutlarga muayyan erkinliklar berildi va berilishi ko’zda tutilmoqda. O’zbekiston OTMlarida yilma yil qabul kvotalarining oshib borishi shunga mos ravishda bugungi o’zgaruvchan ta’lim talablariga javob bera oladigan, shuningdek, mobillik darajasi yuqori bo’lgan professor-o’qituvchilar kontengentini shakllantirishni, ularni xorijiy ta’lim va ilm-fan muassasalari, mamlakat ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bog’lanishlarini mustahkamlash kabi holatlarni inobatga olish lozim bo’ladi. Jadal rivojlanib borayotgan ta’lim tizimi, ilm-fan va texnologiyalar mutloqa boshqacha mutaxassisni tayyorlashni davlat va jamiyat oldiga vazifa qilib qo’ymoqda. Bu esa dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh, intellektual salohiyati va professionallik darajasi yuqori mutaxassis-kadrni tayyorlashni, va bu mutaxassis kasbiy mahoratidan tashqari xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishini talab qiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va boshlang’ich ta’limga va umuman ta’lim tizimiga e’tiborning kuchaytirilishi jamiyatimizning har bir fuqarosidan, ayniqsa, ta’lim va ilm-fanga mas’ullardan, bog’cha murabbiysidan tortib, maktabdagi muallimlar, oliy maktabdagi professor-o’qituvchilardan ijtimoiy ongi, tafakkuri yuqori, vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash masalasiga o’ta jiddiy yondashishni taqozo etadi. O’zbekiston bugungi kunda dunyodagi barcha davlatlar orasida takomillashgan ta’lim tizimi bilan o’z maqeiga ega bo’lib kelmoqda. Keyingi yillarda davlat boshqaruv tizimi ta’lim tizimining yanada rivojlantirish va takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ta’lim har bir davlatning o’ziga xos bo’lgan muhim infrastrukturasi ekanligidan kelib chiqib, uni hech bir davlatda to’laligicha bozor munosabatlari nazoratiga topshirib qo’yilmaydi. Demografik jipslashishi va kuchli xududiy o’quv-ilmiy tizimning rivojlantirilishi istiqbol uchun rejalashtirilayotgan strategik vazifa hisoblanib, echimi maqsadli davlat dasturlarida aks etgan qo’shimcha bozor mexanizmlarining kiritilishi orqali olib boriladi. Zamonaviy infrastruktura tizimini yaratish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. U inson resurslarini kapitalizatsiyasi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ham muhim o’rinni egallaydi. Bunday infrastruktura nafaqat O’zbekiston ta’limini jahon ta’lim tizimiga uyg’unlashuvi, balki ta’lim muhitidan tashqari jarayonlarga qo’shilishini, ya’ni siyosat, ijtimoiy rivojlanish, iqtisod, xo’jalik yuritish kabi sohalarda o’qitish, tayyorlash, ta’lim berish va tarbiyalash orqali teng xuquqqa ega bo’lishini ta’minlashi kearak O’zbekiston uchun bugungi umumiy ilmiy faraz qayd etilgan infrastrukturani yaratishni boshlash, ya’ni bunday infrastrukturani “boshlang’ich bosqichda”da bajarilishi nazarda tutilayotgan modulni tahlil qilish va loyihalash, ta’lim va mutaxassislar tayyorlashning mehnat bozori bilan aloqasi, ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonlari xulosalarini inobatga olishdan iborat. Ta’lim infrastrukturasi tizimi bakalavriat va magistratura ta’limi tizimining hamjihatligida tahlil qilinishi kerak. Chunki aynan shu bosqichda ta’limga iqtisodiyot tarmoqlaridan beriladigan buyurtmalar shakllanib, yangi ishchi o’rinlariga talablar aniqlanadi. Yangi faoliyat namunalari asosida avval “mutaxassis modeli” deb nomlangan mutaxassis bilimiga bo’lgan talablar aniqlanadi va belgilanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Maxus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

2. Maxsus fanlarni o’qitishga qanday talablar qo’yiladi?

Maxsus fanlarni o’qitishda kasbiy-pedagogik bilimlarning ahamiyatini ko’rsating.

3. Maxsus fanlarni o’qitishda o’qituvchi egallashi lozim bo’lgan pedagogik texnologiyaning mohiyatini asoslang.



4. Maxsus fanlarni o’qitishning kontseptual asoslari mazmunini yoritib bering.

Asosiy adabiyotlar ro’yxati:


  1. Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет.

  2. D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.-T.: Aloqachi, 2009.-568 bet.

  3. Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси.- Т.: Иқтисодиёт, 2013.

  4. Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014.

  5. Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2007.-180 б.



Дьяченко В.Д. Оганизационная структура учебного процесса и его развитие. – Москва, Педагогика, 1994. – с. 44-45

Download 82.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling