1-mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari
Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 35.94 Kb.
|
1-mavzu
Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlariZamonaviy pedagogika nazariyasining bir qator olimlarining pedagogik faoliyat to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini maxsus fanlar o‘qituvchisining faoliyatini o‘rganishda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, biroq bu yerda uning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar kelib chiqadi. Bu xususiyatlar ko‘p qirrali bo‘lib, faoliyatning turli tomonlariga xos bo‘ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin bo‘lib, har biri alohida bir tomonining o‘ziga xoslikligini nomoyon etadi. Maxsus fan o‘qituvchisi o‘zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga ko‘ra umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalari majmuasi bilan biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi. Faqat maxsus fan o‘qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini ta’minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. Ba’zi tadqiqotlarda maxsus fan o‘qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos funksiyalari sifatida quyidagi: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uslubiy (metodik), ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy, diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa: ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib berilgan Maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik fikrlashning samarodorligini oxirigacha o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi. Maxsus fan o‘qituvchisi faoliyatining o‘ziga xosligini o‘rganishda qabul qilish jarayoni (rang, tovush, vaqt, hid va b.), diqqati (biologik, tabiiy va ijtimoiy, texnik-texnologik jarayonlar va boshqalarni kuzatish), nutqi-kasbiy yo‘nalganlilik terminologiyasi va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi. Magistratura mutaxassisliklarini tugatgan magistrlar oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars olib boradilar. Oliy ta’lim muassasalari uchun maxsus fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni bilan biror predmet fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni o‘rtasida ayrim farqlar mavjud. Xususan, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganishda magistrantlar tomonidan bakalavriaturaning o‘z turdosh yo‘nalishlari o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan bir nechta (6–7 gacha) umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganilishi nazarda tutiladi. Ayni shu holat maxsus fanlar o‘qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi: Ta’lim - bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Bilim - kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to’g’risidagi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi. Ko’nikma – ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat usullarini tanlab va qo’llab bajarishga va buning oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi. Malaka – ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o’quvchining mashqlar o’tkazishi natijasida hosil bo’ladi. Kasbiy pedagogika - umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Didaktika-grekcha “didaskiuen” so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. Metod-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod-pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda-tarbiya, ta’lim rivojlanish amalga oshadi. Metodika-pedagogikaning o’qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. O’qitish metodikasi - bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. Mahorat – o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish xarakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarishdir. Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb–hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish- xarakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi. Download 35.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling