O’qituvchining ilmiy manbaalarni o’rganish va ta’lim - tarbiya berish ishlari asosida muammolarni aniqlashi.
O’qituvchi ilmiy manbaalarni o’rganish jarayonida quyidagilarni aniqlashi kerak:
o’rganilayotgan muammo to’g’risida muallifining fikr-mulohazasi;
o’rganilayotgan muammo to’g’risida usullardan farqli ravishdagi o‘zining taklif etayotgan fikr-mulohazalari;
o‘rganilgan ilmiy manbaalarda qanday asosiy masalalar yoritilmagani;
muammoni yechish uchun olib boriladigan ilmiy izlanishlar.
o‘qituvchi o’qitish jarayonida quyidagi muammolarni aniqlashi kerak:
dars mashg‘ulotlari jarayonida o‘qituvchi duch keladigan muammoli vaziyatlar, qiyinchiliklar;
muammoli vaziyatlar, qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari, ularni oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari.
O’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish.
olingan dalillar, natijalarni taqqoslash orqali asoslangan takliflar beriladi.
Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o’quv jarayonida qo’llash.
ilmiy izlanish natijalarini o‘quv jarayonida qo‘llash va tegishli tavsiyalarni amaliyotga tavsiya etish.
Ilmiy izlanishlar olib borish uchun tadqiqotchida o‘z sohasi bo‘yicha dolzarb bo‘lgan masalalar mazmunini chuqur bilishi talab etiladi. Ko’pchilik bo’lajak pedagoglar talabalik vaqtlaridayoq pedagogik izlanishlar bilan shug’ullana boshlaydilar. Ular ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ilmiy maqolalar tayyorlaydilar, ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadilar, fan o‘qituvchilari rahbarligida fanlar bo’yicha amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha metodik ko’rsatmalar, ko‘rgazmali vositalar tayyorlashda qatnashadilar, berilgan mavzular asosida mustaqil ishlarni bajaradilar. Bularning barchasi bo‘lajak pedagoglarda soha bo‘yicha ilmiy izlanish olib borishga oid ko‘nikmalar va pedagogik mahoratni shakllantirib borishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |