Reja Kirish I bob. Matematik fizika tenglamalari uchun asosiy masalaning qo’yilishi
Download 201.62 Kb.
|
0-Matematika fizikaning maxsus funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
- Kurs ishining dolzarbligi
Reja Kirish I bob. Matematik fizika tenglamalari uchun asosiy masalaning qo’yilishi. 1.1. Matematik fizikaning asosiy tenglamalari haqida ma’lumot 1.2. Matematik fizika tenglamalariga qo’yiladigan asosiy masalalar, hamda korrekt qo’yilgan masalalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo’naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog’liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. SH.M.Mirziyoev Istiqlol mamlakatimiz yosh olimlariga jahon ilm-fani oldida turgan dolzarb masalalarni hal etishda faol ishtirok etish imkonini berdi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazining tashkil etilgani ham bunga yorqin misoldir. Innovatsion loyihalar ishlab chiquvchilar orasida yosh mutaxassislarning ulushi tobora ortib borayotir. Yosh olimlar kengashi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ilm-fan yo‘lini tanlagan yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan maqsadli strategiyani ishlab chiqdi. Kurs ishining dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin bizning o’zbek yigit-qizlari jahon arenalarida sport va ilm-fanning turli sohalarida yutuqlarga erishib yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Ularga o’z sohasini mukammal biladigan mutaxassislar bo’lib yetishishi uchun jahon standartlari darajasida bilim berish, fanlarni chuqur o’rgatish, fanning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Malakaviy bitiruv ishi matematik fizika tenglamalari fanida muhim o`rin tutgan Matematika fizikaning maxsus funksiyalariga bag’ishlangan bo`lib, talabalar bunday masalalarni yechishda qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Buning sababi bunday masalalar mantiqiy fikrlashni, mavzu yuzasidan bilimlarni talab qiladi. Mazkur malakaviy bitiruv ishi mavzuning xuddi shu jihatlarini yoritishga qaratilganligi bilan, qolaversa bir qancha fizik hodisa va jarayonlarning aniq matematik modelini tuzishda hamda uni yechishda qo’l kelganligi bilan dolzarb hisoblanib, unda matematik fizika tenglamalarining fundamental yechimini o’rganish muhim hisoblanadi. Shu fundamental yechim asosida matematik fizika tenglamalariga qo’yilgan masalaning yechimi quriladi. Download 201.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling