1 Mavzu: Mеhnat gigiyenasi, uning ahamiyati, rivojlanish tarixi. Mеhnat gigiyenasi sohasida Davlat sanitariya nazorati. Oʻquv mashgʻulotining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu : M е hnat gigiyenasi, uning ahamiyati, rivojlanish tarixi. M е hnat gigiyenasi sohasida Davlat sanitariya nazorati .
3-bosqich Yakuniy (10-daqiqa)
| Baholar e’lon qilinadi Ta’lim oluvchilarga mavzu boʻyicha mustaqil ishlash uchun topshiriq beriladi Keyingi mavzu nomi va savollar uyga vazifa qilib beriladi (Ilova 3) |
Diqqat qiladilar Topshiriqni yozib oladilar |
Mavzu: Mеhnat gigiyenasi, uning ahamiyati, rivojlanish tarixi.
Mеhnat gigiyenasi sohasida Davlat sanitariya nazorati.
Reja:
Mehnat gigiyenasi, uning ahamiyati va rivojlanish tarixi
Mehnat gigiyenasi sohasida Davlat sanitariya nazorati
Mehnat gigiyenasi asoslari to‘g‘risida tushuncha.
Mehnat gigiyenasi — umumiy gigiyena fanining bir qismi bo‘lib, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti sharoitlarining organizmga ta’sirini o‘rganish bilan bir qatorda mehnatkashlarning sog‘lig‘ini saqlash, ish qobiliyatini va mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydigan gigienik va profilaktik tadbirlarni ishlab chiqadi.
Mehnat gigiyenasi fanining rivojlanish tarixiga nazar solamiz. Inson mexnat qilishni boshlagandan buyon, mehnat sharoiti hamda uning ish jarayonida ishchi organizmiga ta’siri paydo bo‘lgan. Dastlab kasbiy kasalliklar haqida qadimgi Gretsiya olimlaridan Gippokrat, Pliney, Galen ma’lumotlar berib ketishgan. Antik davrda, eramizdan 379 yil oldin Gippokrat ruda qazib olishda hosil bo‘ladigan changning salbiy ta’sirini bilgan. Gippokrat “Ular (qazib oluvchilar) qiyinlik bilan nafas oladilar, rangi oqargan va toliqqan.” Galen ham changning ishchilar organizmiga salbiy ta’siri mavjudligini ta’kidlab o‘tgan, u qo‘rg‘oshinning ta’siri natijasida ro‘y beradigan patologiyani to‘liq ta’kidlab o‘tgan. Eramizning X asrda O‘rta Osiyolik buyuk mutafakkir olim Abu Ali Ibn Sino o‘zi yaratgan “Tib qonunlari asarida” inson uchun kasb, harakat, oziq ovqat va boshqalar haqida batafsil bayon qilgan.
Kapitalistik jamiyat qurilayotgan davrda, mehnat gigiyenasining taraqqiyotida shubhasiz etakchi bo‘lib italiyalik professor, olim Bernardino Ramatsini (1633-1714) hisoblangan, shuning uchun asosli ravishda uni kasb gigiyenasining otasi deb atashgan. Uning “Hunarmandlar kasalligi haqida risola” nomli monografiyasi muallif hali hayotligi davrida nashr qilingan, 18 asrda va 19 asr birinchi yarmida esa 25 marotaba ko‘p qayta nashr qilingan. Bu mehnati o‘zining tarkibiy qimmatliligi, mehnat gigiyenasi va o‘sha davr bilan bog‘liq kasbiy patologiya bo‘yicha savollariga ensiklopedik talqin bo‘la olishidir.
Keyinchalik o‘sha davrning eng oldi kapitalistik mamlakati Angliyada bo‘lgan, ish sharoiti og‘irligi va ayovsiz ekspluatatsiyadan norozi bo‘lgan ishchilarning revalyusion harakati, boshqarib turuvchi sinflarni ishlarining mehnat sharoiti, yashash va ovqatlanishi borasida bir qator yaxshilash bo‘yicha tadbirlar olib borishga majbur qiladi. 1883 yil bu tadbirlarni olib borishda Lord Etli ko‘rsatmasi bilan fabrikalar holatini tekshirishda ishlagan, parlament kommisiyasi a’zosi Leonard Garner katta rol o‘ynagan. Garner boshlagan ishni uning shogirdlari va izdoshlari Gringou, Arlezm, Edvin va Chervik muvaffaqiyatli davom ettirgan. Tobora Angliyada tadbirkorlar tomonidan kuchayib boruvchi ekspluatatsiyaga qarshi ishchilar noroziligiga javoban, bo‘yash ishlarida qo‘rgoshin, gugurt fabrikalarida sariq fosfor ishlatish, o‘spirin va ayollarga ayrim ishlarni taqiqlaganligini ta’kidlash mumkin.
Rossiyada mehnat gigiyenasi bo‘yicha eng taraqqiy qilgan xo‘jalik kapitalizmi va ishchilarning revalsion qo‘zg‘oloni kuchaygan davriga to‘g‘ri keldi.
Mehnat gigiyenasi fanini rivojlanishiga Rossiya tibbiyoti olimlari katta xissa qo‘shdi. Xo‘jalik tibbiyoti rivojlanish kurtaklari(o‘sha davrda shu nom bilan yuritgan) M.V.Lomonosov va XVII-XIX arsning qator boshqa olimlari:
I.M.Protasov, A.N.Nikitin, P.A.Piskov, D.P.Nikolskiy, A.V.Pogojev, E.A.Osipov, E.M.Dementev, G.V.Xlopin nomi bilan bog‘lik. Shuningdek mehnat gigiyenasi rivojlanishida buyuk gigienist F.F.Erisman katta hissasi bor.
O‘zbekistonda mustaqil mehnat gigiyena fani sifatida 20 asr boshlarida shakllana boshlagan. Fanning taraqqiyoti 1920 yil Turkiston Davlat Universiteti qoshida Tibbiy fakultet (1931) tashkil etishi bilan bog‘liq.
Toshkent Davlat tibbiyot institutida esa mehnat gigiyenasi kafedrasi (1935) va O‘zbekiston sanitariya va gigiyena ilmiy tekshirish institutini (1934) tashkil qilinishi bilan chambarchas bog‘liq. 1922yil Turkistonda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tuzilgan sanitar-tibbiy inspeksiyasi tashkil etilishi katta ahamiyatga ega. Mehnat gigiyenasi rivojlanishiga A.Z.Zoxidov, S.R.Dixtyar, G.N.Nazirov, S.S.Sosnovskiy, N.I.Smetanin, N.M.Demidenko, S.N.Bobojonov, T.I.Iskandarov, V.B.Danilov, S.S.Solixo‘jaev, R.D.Simonovich va boshqalar katta hissasini qo‘shgan.
Mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar salomatligini muhofazasiga qaratilgan sanitar – gigiyenik, davolash profilaktik chora tadbirlar kompleksini yaratishdir.
Download 158.27 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling