1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana23.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1389600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni



1-MAVZU. MEHNAT VA UNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA 
TUTGAN O‘RNI (4 soat) 
(1-ma’ruza mashg‘uloti (2 soat)) 
1.1. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A.Smitgacha 
bo‘lgan davr 
1.2. Qiymatga oid mehnat nazariyasining rivojlanishida D.Rikardo ta’limoti 
1.3. Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B.Sey, marjinalchilar 
va yangi klassiklarning roli 
(2-ma’ruza mashg‘uloti (2 soat)) 
1.4. Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish nazariyasini 
yaratishda I.Shumpeter, J.M.Keyns va yangi klassik sintezlarning qarashlari 
1.5. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida islom iqtisodiyoti 
mafkurachilari va Sharq iqtisodiy tafakkurining o‘rni 
1.1. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A. Smitgacha 
bo‘lgan davr 
Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi insoniyat tarixiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatgan nazariyalar bilan bog‘langan. Zero ular insonning eng 
muhim, uni boshqa jonzodlardan farqlaydigan mohiyati – mehnat qilish qobiliyati, 
ya’ni tabiat ashyolarini ongli ravishda o‘zgartira borib, ularni o‘z talab-
ehtiyojlariga moslashtira olishiga taalluqlidir. 
Mutafakkirlar, iqtisodchi-olimlar, amaliyotchi arboblar e’tiborini band qilgan 
va natijada jamiyatning rivojlanish sur’atlarini ko‘p darajada belgilagan mehnat 
to‘g‘risidagi masala ko‘p qirrali bo‘lib, u uzoq tarixga ega. 
Avseto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib 
olish mumkin. Bu davrda urug‘ jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo 
bo‘lganligi ayondir, ular qohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, 
demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Aholi ko‘proq yarim 
ko‘chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik yetakchi edi. 
Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo‘nalish kurtaklari mavjud. U qiymat 
qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U almashuvda 
tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. “Nikomaxov axloqi” asarida u shunday 
fikr yuritadi: “Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo‘lmaydi, balki vrach va behqondan, 
umuman bir xil va teng bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni 
bir-biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha 
narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan 
o‘lchanishi kerak. Etikdo‘z mahsulotining behqon mahsulotiga, dehqon 
mahsulotining etikdo‘z mahsulotiga bo‘lgan to‘g‘ri munosabati, to‘g‘ri tenglamasi 
topilishi kerak”. Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u 
o‘z fikrini shunday davom ettiradi: “biz nima uchun almashamiz, chunki menga 
sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak”, degan oddiy xulosaga keladi.
Platon (Aflotun) “Davlat” va “Qonunlar” asarlarida ideal davlat qanday 
bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. Uningcha, bu davrda xususiy mulk va 
erkin xo‘jalik tashabbusiga o‘rin yo‘q. U aholini uch toifaga ajratgan: 


1. Faylasuflar – davlatni boshqaruvchilar. 
2. Harbiylar – davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib, ular biror 
mulk egasi bo‘lish huquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xususiyatga ega 
bo‘lishi kerak. 
3. “Qora” toifa – dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk 
egasi bo‘lishi kerak. 
Platon (Aflotun)(miloddan avvalgi 428-348 yillar). Bu olimning 
mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi 
o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrini o‘sha davr uchun buyuk 
kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka 
asoslangan natural xo‘jalikni himoya qildi, pulni jamiyatdagi 
dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi. Aflotun qullarni fuqarolar 
deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi. Shunday qilib, 
Aflotun o‘zining ideal, ya’ni bekamu ko‘st davlatini barpo etar ekan, 
qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi. 
Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana 
boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy 
egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli 
shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur 
paytda xususiy xo‘jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig‘ini 
yig‘ish huquqini yo‘qotgan emas. Shu sababli Sharqda “davlat feodalizmi”ning 
turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o‘z aksini topdi.
Sharq 
iqtisodiy 
tafakkurining 
rivojlanishida 
arab 
mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-
1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug‘ilgan, Fes 
sultonida xattot-kotib bo‘lgan). 1382 yili Qohiraga kelib 
mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo‘lgan. Asosiy asari 
“Kitob-ul-ibar” (“Ibratli misollar kitobi”, 1370 y.). U birinchilardan bo‘lib, tarixiy-
ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, G‘arb 
olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Olimning konsepsiyasi “ijtimoiy tabiat”ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyusiyasi) 
oddiylikdan sivilizatsiya saridir. 
Mehnat to‘g‘risidagi fanning rivojlanishida asosiy bosqich rolini o‘ynagan, 
iqtisodiy nazariya fan sifatida shakllangan va klassik deb nomlanadigan siyosiy 
iqtisodni boshlab bergan, uning asoschilari bo‘lgan ingliz olimi Uilyam Petti va 
fransiyalik sudya Per Buagilberdir. 
Uilyam Petti (1623-1687) – ingliz iqtisodchisi va statistikachisi. 
1623 yilning 26 mayida Ramsida yashaydigan, uncha boy bo‘lmagan 
movut tayyorlab chiqaruvchi hunarmand oilasida tug‘ilgan. Petti 
iqtisodiy fan tarixida sezilarli iz qoldirdi. Ba’zi mualliflar uni 
merkantilizmning atoqli vakili deb biladilar, boshqa mualliflar uning 
asosiy xizmatini tadqiqotlar statistik-iqtisodiy usulining asoslari 
yaratganligidan iborat deb biladilar. Petti aholi, uning ko‘payishi, 
joylashishi, ish bilan bandligi masalalari bilan shug‘ullanar edi va uni 
Jon Graunt bilan bir qatorda demografik statistikaning asoschilari 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling