1-Mavzu: Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisоbdоr shахslаr bilаn hisоb kitоblаr. Reja


Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa» Kredit


Download 158.1 Kb.
bet19/57
Sana26.02.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1232289
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Bog'liq
1 Mavzu Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisо

Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa»
Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar»
Xodimlarga xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi.
Chet elga xizmat safariga yuborilayotgan shaxslarga avanslar chet el valyutasida beriladi. Bunday avanslar summasini bankdan olinishi va berilishi maxsus Tartibga asosan amalga oshiriladi va hisobga olinadi.
4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga umumxo‘jalik harajatlari uchun hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Bunday bo‘naklar, odatda, mayda xo‘jalik buyumlarini naqd sotib olish va uchun xo‘jalik ishlari bo‘yicha moddiy javobgar bo‘lgan shaxslarga beriladi. Xodimlarga umumxo‘jalik maqsadlaridagi bo‘naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisobotiga asosan yopiladi, ya’ni:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 «Ma’muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari» va boshqalar
Kredit 4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Agar berilgan bo‘nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisoboti summasidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda ortiqcha berilgan summa korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa»
Kredit 4230 “ Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Xodimlarga umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi

Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling