1-Mavzu: Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisоbdоr shахslаr bilаn hisоb kitоblаr. Reja


«Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar»


Download 158.1 Kb.
bet20/57
Sana26.02.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1232289
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
Bog'liq
1 Mavzu Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisо

4290 «Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan maqsadlar uchun hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Bunday avanslar bo‘lib, masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mollarini bozorlardan sotib olish, ish joylari korxonaning ma’muriy binosidan uzoq joylarda joylashgan xodimlarning ish haqlarini tarqatish, telefon-telegraf harajatlarini to‘lash uchun berilgan bo‘naklar hisoblanadi. Xodimlarga bunday bo‘naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4290 «Xodimlarga berilgan boshqa avanslar »
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisobotiga asosan yopiladi, ya’ni:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 «Ma’muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari»,1100 «boquvdagi va o‘stirishdagi mollar», 6710 « Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» va boshqalar
Kredit 4240 «Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar »
Agar berilgan bo‘nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisoboti summasidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda ortiqcha berilgan summalar yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi
Xodimlarga berilgan avanslarning analitik hisobi ushbu schyot bo‘yicha ham har bir xodim bo‘yicha olib boriladi.
Byudjetga to‘langan bo‘naklarning hisobi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lashga muvofiq korxonalar soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirib borishlari lozim. Bunday bo‘nak to‘lovlari, jumladan, aksiz solig‘i, QQS va daromad(foyda) solig‘i va boshqa soliqlarga bevosita dahldordir. 21-son BXMS ga muvofiq byudjetga to‘langan bo‘nak to‘lovlari bilan bog‘liq debitorlik qarzlarning hisob-kitoblari 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” schyotida aks ettiriladi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida soliqlar va yig‘imlarning har bir turiga alohida schyotlarni ochishlari mumkin, masalan, 4411 “QQS bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari”, 4412 “Aksiz bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari” 4413 “ Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari” va shu kabi boshqalar. Ushbu schyotlarning debet tarafida va 5110 « Hisob–kitob schyoti»ning kreditida byudjetga o‘tqazilgan bo‘nak to‘lovlari to‘lov topshiriqnomalari yoki soliq idorasining inkasso topshiriqnomalari asosida aks ettiriladi. Hisobot davri tugagach, soliq bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilganda, ushbu schyotlar oxirgi qarzni topishda e’tiborga olinadi, ya’ni:

Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling