1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja


-13-Mavzular: Metall konstruksiyalar birikmalari. Payvandlash usullari xakida ma’lumot


Download 2.27 Mb.
bet14/28
Sana06.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750512
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
Маърузалар

12-13-Mavzular: Metall konstruksiyalar birikmalari. Payvandlash usullari xakida ma’lumot.


Reja:

  1. Payvandlash usullari haqida qisqacha ma’lumot.

  2. Elektr yoyi yordamida avtomatik tarzda payvandlash.

  3. Elektroshlak usuli bilan payvandlash.

  4. Himoyalovchi gazlar muhitida payvandlash.

  5. Gaz alangasida payvandlash.

  6. Payvand birikmalarini turlari.

Metall konstruksiyalar alohida elementlarni o‘zaro biriktirish natijasida yasaladi. Hozirgi vaqtda metall konstruksiyalarning elementlari ikki xil usulda biriktiriladi: qizdirib chekkalarini eritib payvandlash usullari bilan yoki sovuq holatda parmalab teshib boltlar yoki parchin mixlar yordamida.


Payvandlash usullari haqida qisqacha ma’lumot
Payvandlash yo‘li bilan turli xil profillardan foydalangan holda xilma-xil konstruksiyalarni yaratish mumkin. Payvandlash usullarini, asosan ikki guruhga bo‘lish mumkin: biriktirilayotgan detallarni eritib payvandlash va qizdirib bosim bilan payvandlash.
Metallarni payvandlash uchun issiqlik quvvatining manbai sifatida elektr yoyi yoki gaz alangasidan foydalaniladi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra payvandlashning quyidagi xillari mavjud: qo‘lda payvandlash, yarim avtomatik va avtomatik usullarda payvandlash.
Metallni elektr yoyi yordamida payvandlash X1X asrning oxirida rus muhandislar N.N.Benardos va N.G.Slavyanov tomonidan kashf etilib, butun dunyoga keng tarqaldi. Elektr yoyi yordamida payvandlash quyidagicha amalga oshiriladi. Biriktiriladigan qismlarning uchlariga elektrod yaqinlashtirilganda elektr yoyi xosil bo‘lib, undan katta miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi va bu issiqlik elektrodni eritib uning qismga ko‘chib o‘tishiga ko‘maklashadi. Qismning elektrodga yaqinlashgan joyi ham suyuqlanib eriy boshlaydi. Natijada, qismlar orasidagi bo‘shliq elektrod metalli bilan to‘ladi va qismlar yaxlit elementga aylanadi.
Payvandlash paytida chok metaliga havodan zararli gaz moddalari aralashmasligi uchun elektrodning sirti maxsus himoyalovchi modda bilan qoplangan bo‘ladi. Elektrod suyuqlanganda mazkur moddadan ko‘p miqdorda gaz ajralib chiqib, chok atrofidagi havoning metallga aralashishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday tadbir ko‘rilmasa, havo tarkibidagi kislorod va azot suyuq metallga qo‘shilib, chokning sifatini pasaytirib yuboradi. Qurilishda ayniqsa montaj ishlarni bajarishda universalligi va noqulay bo‘lgan joylarda ham payvandlash ishlarni bajarish imkoniyati borligi uchun qo‘lda payvandlash usuli bilan payvandlash juda keng tarqalgan.
K a m ch i l i g i – asosiy po‘latni erish qalinligi kamligi va unumdorlikning pastligi, sababi tokning kuchi kamligida.



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling