1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja


Download 2.27 Mb.
bet17/28
Sana06.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750512
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
Маърузалар

14.1. Masala. CHo‘zilishga ishlayotgan uchma-uch biriktirilgan payvand chokni hisobiy uzunligini aniqlang
Tasmasimon universal po‘latni qalinligi t1 10mm va t2 8mm, cho‘zayotgan
hisobiy kuch 560 kN ga teng. Po‘lat markasi St 3ps 5.
Echim: Payvand chokni hisobiy uzunligi quyidagi formula orqali aniqlanadi.

Demak, eni 340mm li universal tasmasimon po‘latni birikmaga ishlatishimiz kerak.



Rasm 14.4. Tutash biriktirilgan payvand chok.




14.2. Masala. CHo‘zilishga ishlayotgan burchak chok bilan payvandlangan birikmani hisoblash.
Xisob uchun berilganlr:qisim ikkita L 80x7 burchakdan iborat, fasonkaning qalinligi t10mm, cho‘zuvchi hisobiy kuch 500 kN ga teng. Po‘lat markasi St 3ps 5.
Echim: Burchak chok ikkita kesim bo‘yicha hisoblanadi: po‘lat chok kesimi bo‘yicha va erish chegarasidagi metallning kesimi bo‘yicha. Burchak yuzaning asosdagi chokning uzunligini quyidagi formulalar bilan aniqlaymiz.



Rwf –po‘lat chokning hisobiy qarshiligini aniqlaymiz.

Rwz – erish chegarasidagi metallning hisobiy qarshiligi.

Demak, asosdagi chokning uzunligi 22,9sm ga teng.



Rasm 14.5. Burchak chok, fermani yukori kamarini ustunga biriktirilishi

Burchak yuzaning uchidagi chokning uzunligini quyidagi formulalar bilan aniqlaymiz.



Demak, burchak yuzaning uchidagi chokning uzunligi 10,4sm ga teng.
16-Mavzu: Boltli va parchin mixli birikmalar.


Reja:

  1. Boltli birikmalar va ularning turlari.

  2. Parchin mixli birikmalar va ularning turlari.

  3. Boltli birikmalarni hisoblash.

Boltlar po‘lat konstruksiyalarning montaj birikmalarida ishlatiladi. Boltlar aniqligi normal, oshirilgan, o‘ta mustahkam xillarga bo‘linadi. Aniqligi normal boltlar uchun teshiklarning diametri boltlarning diametriga qaraganda 2-3mm ortiq, aniqligi oshirilgan boltlar uchun esa boltlarning diametriga teng qilib parmalab teshiladi.




Rasm 14.1. Bolt


Boltlar uzunliklari 40…200mm va diametrlari 10, 12, 14, 16, 18, 20, 22, 24, 27, 30, 36, 42, 48mm li qilib tayyorlanadi. Rezbali qismining uzunligi l0 quyidagicha tanlanadi: diametri 1014mm bo‘lgan boltlar uchun l0 2025mm, diametri 1620mm li boltlar uchun l0 2830mm, diametri 2230mm bo‘lgan boltlar uchun l03550mm.


Normal boltlar uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab mustahkamligi bo‘yicha bir necha sinfga bo‘linadi: 4,6 dan 8,8 gacha. Bolt mustahkamligi ikkita son bilan belgilanadi. Birinchi sonni ikkinchisiga ko‘paytirsak, materialning oqish chegarasidagi normal qarshiligini aniqlaymiz:

Birinchi sonni 10-ga ko‘paytirganda, po‘latning vaqtincha bo‘ladigan qarshiligini topamiz

Normal boltlarning diametri kichikroq bo‘lgani uchun, elementlar birikmasi tez va oson bajariladi, lekin birikma yumshoq (podatlivыy-ko‘chuvchan) va deformatsiya hosil bo‘lish imkoniyati bor. SHu tufayli hamma boltlar bir xilda ishlamaydi.
Aniqligi oshirilgan boltlar bilan bo‘lgan birikmalar juda sifatli, mustahkam va deformatsiyasiz bo‘ladi. Lekin ularni tayyorlash va biriktirish uchun ko‘p vaqt sarflanadi va qiyin amalga oshadi.
O‘ta mustahkamli boltlar yuqori harorat bilan ishlov berilgan (40 X, 40 XFA va 38 XS) po‘latlardan tayyorlanadi. O‘ta mustahkam boltli birikmalar tutashtiriladigan qismlarni ushbu boltlar bilan tortib bir biriga nisbatan katta kuch bilan siqish natijasida siqiladigan sirtlarda yuzaga keluvchi ishqalanish kuchi tufayli ishlaydi. Ishqalanish kuchini oshirish uchun biriktirilayotgan qismlarning tutashadigan sirtlari moy, zang va boshqa ifloslardan tozalanadi.
Boltlarning tortilish kuchini belgilash maqsadida ular maxsus kalitlar bilan mahkamlanadi. O‘ta mustahkam boltlar turli kuchlar ta’siriga bardosh beradigan, ishonchli, siljimaydigan birikma bo‘lishini ta’minlaydi.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling