1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja
Download 2.27 Mb.
|
Маърузалар
Boltli birikmalarni hisoblash
Boltlar qirqilish, ezilish va cho‘zilishga ishlashi mumkin. SHu sababdan, boltli birikma uchta kuchlanganlik holati uchun ayrim-ayrim tekshirib ko‘riladi. Bu tekshirishdan asosiy maqsad – birikmadagi ta’sir etayotgan hisobiy kuchni qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan boltlar sonini aniqlashdir. Ta’sir etayotgan tashqi kuch boltlarga teng ta’sir etmoqda deb faraz qilib hisoblanadi. Bitta bolt qabul qilishi mumkin bo‘lgan hisobiy kuchni (Nv) quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi: Bolt qirqilishga ishlayotgan bo‘lsa, (16.1) paket materiallari ezilishga ishlayotganda (16.2) cho‘zilishda esa bu erda: boltli birikmalarning hisobiy qarshiliklari; d – boltning diametri; boltning kesim yuzasi; bolt kesimining netto yuzasi; ns – boltdagi qirqilish kesimlarining soni; t – bitta yo‘nalishda eziladigan elementlarning eng kichik jamlangan qalinligi; v – birikmaning ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient. Birikmadagi boltlar soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: (16.3) bu erda: bitta boltning eng kichik yuk ko‘taruvchanligi. O‘ta mustahkam boltlarni hisoblash quyidagi tartibda bajariladi. Avvalo boltning to‘la tortilishidagi bo‘ylama zo‘riqish kuchi topiladi. So‘ng bitta bolt bilan mahkamlangan elementlardagi tutash sirtlardan har birining qabul qila oladigan hisobiy kuch aniqlanadi; (16.4) bu erda: RVh0,7RVip – o‘ta mustahkamli boltning cho‘zilishdagi hisobiy qarshiligi, - ishqalanish koeffitsienti, QMQdagi 2.03.05-97 13.2-jadvaldan qabul qilinadi, h – ishonchlilik koeffitsienti, QMQ 2.03.05-97. 13.2-jadvaldan qabul qilinadi, v – birikma ishlash sharoitining e’tiborga oladigan koeffitsienti, boltlar soniga bog‘liq: soni 5-gacha bo‘lganda koeffitsient 0,8ga teng, 5≤n≤10 bo‘lsa, V0,9 ga teng, agarda n > 10 unda V1 ga teng, bolt kesimining (netto) yuzasi. 16.1 jadval.
Eslatmalar: 1.Boltlarni M bo‘yicha rostlash usuli aylantirish payti bo‘yicha rostlash, - bo‘yicha esa gayka burilishi burchagi bo‘yicha rostlashni bildiradi. Ishqalanish - koeffitsientlarining jadvalda ko‘rsatilganlardan qiymatlarini ta’minlovchi boshqa ishlash usullarini ulanayotgan yuzalar uchun qo‘llashga ruxsat etiladi. Boltlar soni quyidagi formula orqali aniqlanadi: (16.5) k- ulanayotgan elementlarning ishqalanish yuzalar soni. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling