1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja


-18-Mavzu: Metall to‘sinlar va to‘sinli konstruksiyalar loyihalash va hisoblash


Download 2.27 Mb.
bet20/28
Sana06.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750512
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
Маърузалар

17-18-Mavzu: Metall to‘sinlar va to‘sinli konstruksiyalar loyihalash va hisoblash.
Reja:

  1. Metall to‘sinli konstruksiyalar.

  2. Prokat to‘sinlarni hisoblash tartibi.

  3. Alohida elementlardan tayyorlangan to‘sinlarning hisobi.

To‘sinlar – jamoat va turar-joy binolarining sinchini tayyorlashda, ishlab chiqarish maydonchalarini qurishda qavatlararo yopmalarini yopishda, ko‘priklarda va boshqa bir qator sohalarda qo‘llaniladi. To‘sinlardan keng ko‘lamda foydalanishning asosiy sabablaridan biri to‘sin konstruksiyasining oddiyligi va undan foydalanishning ishonchliligidadir. Konstruktiv shakli qulay, balandligi uncha katta emas. Statik sxemasi bo‘yicha to‘sinlar bir oraliq va ko‘p oraliqli hamda konsolli bo‘ladi.


To‘sinlarga tushadigan yukka va tayanchlar ora masofasiga ko‘ra to‘sinlar yaxlit yoki yig‘ma kesimli bo‘lishi mumkin. Yig‘ma to‘sinlar payvandli yoki boltli bo‘ladi.
Metall to‘sinli konstruksiyalar
YOpmalarda, ishlab chiqarish maydonchalarida, ko‘prik konstruksiyasining yuk ko‘taruvchi qismini to‘sinlar tizimi tashqil etadi. Har xil to‘sinlardan foydalanib yopilgan yuzni to‘sinli katak deydilar, to‘sinlar joylashtirilishi, ta’sir etayotgan yuk miqdori va tarxdagi o‘lchamlariga qarab, uch xil bo‘lishi mumkin: oddiy normal va murakkab.(17.1-rasm)
Oddiy joylashtirishda yopmaga qo‘yilgan yuk to‘shama orqali to‘shama to‘sinlarga, to‘shama to‘sinlari orqali devorlarga uzatiladi.
Normal joylashtirish usulida yuk to‘shama to‘sinlari orqali bosh to‘sinlariga uzatiladi, bosh to‘sinlar esa, o‘z navbatida qabul qilgan yukni ustunlarga uzatadi.
Murakkab joylashtirishda to‘shama to‘sinlari qabul qilingan yuk birin-ketin yordamchi bosh to‘sinlarga va undan keyin ustunlarga uzatiladi
To‘sinlarning o‘zaro tutashishi qavatli bir xil balandlikda va pasaytirilgan bo‘lishi mumkin. (17.2-rasm)
Qavatli to‘sinlar tizimi tez va oson yig‘iladi lekin qurilish balandligi katta ustivorligini tekshirish lozim. Bitta balandlikdagi to‘sinlar tizimini yig‘ish uchun ancha vaqt va mehnat sarflash kerak, lekin konstruksiyasi ustivorligini ta’minlaydi. Pasaytirilgan to‘sinli katakda eng past balandlikka ega bo‘lgan to‘sinli katak hosil bo‘ladi ustivorligi ta’minlanadi yig‘ish uchun mehnat sarfi qavatliga qaraganda ko‘proq bitta balandlikdan kamroq sarflanadi. Bosh to‘sinlar odatda ustunlarga tayanadi va ustunlari orasidagi katta masofalari bo‘ylab joylashtiriladi. To‘shamani bevosita ushlab turuvchi to‘sinlar (to‘shama to‘sinlari) bo‘lib ularni orasidagi masofa «a» xarfi bilan belgilanadi va u 0,61,6 m teng qilib olinadi.
Ikkinchi darajali to‘sinlarni orasi masofa 2m dan – 5m gacha bo‘lishi mumkin.

17.1-rasm. To‘sinli kataklarni tizimi

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling