1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja
CHegaraviy holatlar usulining moxiyati
Download 2.27 Mb.
|
Маърузалар
CHegaraviy holatlar usulining moxiyati
Temirbeton konstruksiyalarini hisoblashning bunday usuli buzuvchi zo‘riqishlar usulining takomillashgan varianti hisoblanadi: Mazkur usul bo‘yicha hisoblangan konstruksiyalar bir muncha tejamli bo‘ladi. Uning asosini quyidagilar tashkil etadi: - konstruksiyaning chegaraviy holati degan tushunchasi kiritildi. Standart SEV384-74 ko‘ra barcha chegaraviy holatning ikki guruhi belgilandi: birinchisi - yuk ko‘tarish qobilyati, ikkinchisi - normal sharoitda ishga yaroqliligi; - kesim yuzalarining mustahkamligi elementning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining III bosqichi bo‘yicha amalga oshiriladi - konstruksiyaning normal sharoitda foydalanishga yaroqliligi uni kuchlanish - deformatsiyalanish holatining I yoki II bosqichidan kelib chiqqan holda bajariladi; - zahiraviy umumiy koeffitsienti o‘rniga yuk, material va ishlash sharoiti bo‘yicha hisobiy ishonchlilik koeffitsientlari kiritildi. CHegaraviy holatning birinchi guruxi bo‘yicha hisob ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mustahkamlikka hisoblash, konstruksiyani buzilishdan saqlashini ta’minlovchi turg‘unlikka hisoblash, konstruksiya shaklini o‘zgarmasligini ta’minlovchi holat ustivorlikka hisoblash (uzunasiga egilish hisobi); chidamlilikka hisoblash va charchash buzulishdan asrashga hisoblash. Ikkinchi gurux bo‘yicha chegaraviy holat hisobi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konstruksiyada yoriq hosil bo‘lishi bo‘yicha yoki ularni ochilishi bo‘yicha hisoblash; konstruksiyani ruxsat etilmagan siljishlardan asrash uchun deformatsiyalar bo‘yicha hisoblash. Bunda chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash muhimroq hisoblanadi, chunki u konstruksiya hayotini belgilaydi. SHuning uchun chegaraviy holat birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash barcha konstruksiyalar uchun shart. Konstruksiyalarni deformatsiyaga hisoblashda ularda tashqi yukdan hosil bo‘ladigan solqilik - f, uning cheklangan miqdori dan ortib ketmasligi ta’minlanishi zarur, ya’ni Solqilanishning cheklangan miqdori QMQning 1.2- jadvalda keltirilgan. Deformatsiyani cheklash nima uchun kerak degan savol turishi tabiiy. Deformatsiyani cheklash zarurati quyidagi sabablar tufayli vujudga keldi: - ko‘zga tashlanadigan egilishlar odam psixikasiga salbiy ta’sir etadigan hollarda; - konstruksiyalar tebranganda odamlarda hosil bo‘ladigan yomon hissiyot uyg‘otadigan holatlarida; - texnologik uskunani normal ishlashi uchun sharoitni buzilishi va elementning deformatsiyasi natijasida murakkab konstruksiyani zararlanishi holatlarida va h. k. Konstruksiyalarni ishlash sharoiti va yo‘nalishini hisobga olib, me’yoriy hujjatlarda deformatsiyaning chegaraviy qiymati belgilanadi va ularni hisoblashda e’tiborga olish zarur deb belgilab qo‘yildi. Birinchi yoki ikkinchi chegaraviy holatni vujudga kelishi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq: - tashqi kuchlar va ta’sirlar qiymatiga; - beton va armaturaning mexaniq xarakteristikasiga (vaqtincha qarshiligi, oqish chegarasi); - konstruksiyalarning ishlash sharoitiga (tayyorlashdagi sharoiti, zararli muhitda ishlashi va h.k). YUqorida keltirilgan omillarni hisobga olish uchun bir qator koeffitsientlar tizimi ishlab chiqildi. YUklarning me’yoriy miqdorini o‘zgarishi hisoblashda: - yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari - ; - beton va armaturaning mexaniq tavsifini o‘zgaruvchanligi bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari - , ; - ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsientlari - - konstruksiyalarni qanday maqsadlarda (bino va inshootlarni xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab) foydalanilishiga qarab, ishonchlilik koeffitsienti - orqali hisobga olinadi. YUqorida keltirilgan koeffitsientlar tizimini qo‘llanilishiga sabab, konstruksiyalarga eng noqulay vaziyatlarda yuklar ta’sir etganda ham materiallar mustahkamligi qiymati juda kichik bo‘lganda ham konstruksiyalar murakkab chegaraviy hollatga duch kelganda ham ishonchliligini ta’minlay oladi. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling