1-mavzu: Metalmas materiallar va ularning qo’llanilishi. Metal va metalmas materiallar haqida umumiy ma’lumot


Download 439.5 Kb.
bet13/22
Sana11.03.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1258880
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Metalmas materiallar va ularning qo

Rezinatexnika sanoati - neft kimyosi sanoati tarmogʻi. Tarmoq korxonalarida sintetik va tabiiy kauchuk asosida turli rezina buyumlari tayyorlanadi. Asosiy mahsulotlari: avtomobil, mototsikl, traktor, velosiped va boshqa mashinalarga shinalar, rezina qoʻlpoqlar, transportyorlar, tashish lentalari, uzatma tasmalar, mashinalar va turli mexanizmlar uchun quyma va noquyma detallar, issiqlik va elektr izolyasiyasi materiallari va boshqa Bundan tashqari, Rezinatexnika sanoatis. korxonalarida avtomobillar va qishloq xoʻjaligi mashinalari shinalari tiklanadi, rezinali poyabzallar, rezina aralash gazmollar, sanitariya va gigiyena anjomlari, sport buyumlari, oʻyinchoklar va boshqa ishlab chiqariladi. Rezinatexnika sanoatis. mahsulotlari mashinasozlik, kimyo, kumir, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoklarida, transport va harbiy texnikada qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda bu tarmoqning ilk korxonasi Toshkent rezinatexnika mahsulotlari zdi 1944-yilda ishga tushirildi va toʻla quvvat bilan ishlay boshladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan "Oʻzbekrezinatexnika" birlashmasi (1975) 1987-yildan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, Rezinatexnika sanoatis. korxonalari qayta jihozlanib, mashinasozlik korxonalariga butlovchi qismlar i.ch.ga yoʻnaltirildi. 1992-yildan "Oʻzbekrezinatexnika" birlashmasida yengil avtomobil shinalarini tayyorlash oʻzlashtirildi. 1996-yilda yiliga yengil avtomobil uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqariladigan quvvatlar ishga tushirildi.
Bundan tashqari, "Oʻzbekrezinatexnika" birlashmasi va kimyo sanoatining boshqa korxonalarida (Samarqand kimyo zdi) kalishlar i.ch. 10 mln.dan juftga yetkaziladi (1995). Shuningdek, bu tarmoq korxonalari respublika avtomobil sanoati uchun turli xildagi rezinatexnika mahsulotlari ishlab chikaradi.
Xom rezina mahsulotlari Xom kauchukdan tayyorlangan mahsulotlar sizning e'tiboringizga taqdim etiladi. Bugungi kunda ushbu material juda mashhur bo'lib, u rezina buyumlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi va keyinchalik qurilish va ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Choyshab, lenta va rulon shaklida sotiladigan ushbu turdagi buyumlar alohida idishlarga o'raladi, bu materialning shikastlanishini istisno qiladi. Bu erda siz turli markadagi kalendrlangan kauchuk birikmalar, rezina yopishtiruvchi materiallar, rezina shnurlarni, plitalar, qoliplangan buyumlar va boshqa rezina buyumlarni topasiz. Har bir mahsulot sifat nazorati uchun sinovdan o'tkaziladi.

Download 439.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling