1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Olcha va gilos uchun payvandtaglar


Download 292.88 Kb.
bet35/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Olcha va gilos uchun payvandtaglar. Olchani payvandlash uchun antipka, magalyobka olchasi, xushbo’y olcha navlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Bu navlarning ildiz tizimi baquvvat bo’lib, qurg’oqchilikka juda chidamli bo’ladi. Ular og’ir tuproqni, ortiqcha namlikni yoqtirmaydi, kam ildiz bachkilari chiqaradi. Gilos va olcha payvand qilinganda o’sadi, lekin magalyobkaga ulangan gilosning ko’pgina navlari uzoq yashamaydi, ba’zan 8-12 yoshdayoq qurib qoladi. Gilos ayrim turlarini antipkaga yetarli darajada mos kelmasligi bunga sabab bo’lmoqda.
Yovvoyi gilos – gilos va olcha uchun yaxshi payvandtagdir. Unga qilingan payvandtag yaxshi tutib ketadi, ko’chatzorda baquvvat ko’chatlar olinadi va bog’da uzoq yashaydigan daraxtlar yetishtiriladi. Bu payvandtagning kamchiligi – antipkaga qaraganda sovuqqa chidamsiz bo’lib, quruq, iliq va nam yerlardagina yaxshi o’sa olishidir. Yovvoyi gilosga payvandlangan daraxtlar antipkaga payvandlangan daraxtlarga qaraganda kechroq hosil beradi. Ildiz bachkilari chiqarmaydi. Unga payvandlangan navlar uzoq yashaydi va mo’l hosil beradi.
Oddiy olcha – sekin o’sganligi sababli olchaning madaniy navlarini, ayniqsa gilosni payvand qilish uchun payvandtag sifatida yaroqsiz bo’ladi. Oddiy olchaning tur xillari – Samarqand olchasi olchaning madaniy navlari uchun yaxshi payvandtag bo’ladi, ildiz bachkilari chiqaradi.
Olxo’ri uchun payvandtaglar. Olxo’ri uchun (mahalliy) so’g’diyon olchasi eng yaxshi payvandtag bo’ladi. U har qanday yerga yaxshi moslashadi. Urug’dan ko’paytiriladi, ildiz bachkilari chiqarmaydi. Sovuqqa chidamli bo’ladi va olxo’rining madaniy navlari payvand qilinganda yaxshi tutib ketadi. Payvandtag yetishtirish uchun tog’olchaning kechki muddatda yetiladigan urug’larini tayyorlash ma’quldir. Unga payvandlangan navlar uzoq yashaydi va serhosil bo’ladi.
Sho’rga va qurg’oqchilikka chidamli, sizot suvlari yuza bo’lgan yerlarda bemalol o’sadigan payvandtag sifatida mahalliy Qora Olu olxo’ri tavsiya etiladi, u ildiz bachkisidan yaxshi ko’paytiriladi.
Tikanli olcha – olxo’ri uchun pakana payvandtag bo’ladi. U sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamli. Ko’pgina ildiz bachkilari chiqaradi, urug’dan ko’paytirilganda ildiz bachkilari kam chiqaradi.
Shaftoli, o’rik va bodom olxo’ri uchun payvandtag sifatida O’zbekiston sharoitida foydalanilmaydi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling