1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet43/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Ekish me’yori urug’larning yirik-maydaligiga, ularning unuvchanligiga, ekish muddatiga va payvandtag ko’chatzorida urug’ko’chatlarning qalinligiga bog’liq.
Payvandtag ko’chatzoriga urug’lar birmuncha qalin ekiladi. Kuzda ekilganda ekish normasi 10-15 % oshiriladi, chunki urug’larning bir qismi nobud bo’lishi mumkin. Urug’lar lenta usulida ikki qator qilib, qatorlar orasi 20-25 sm, lentalar orasida 70-80 sm yoki qatorlar orasini 60-70 sm qoldirib, bir qator qilib ekiladi. Urug’ko’chatlarning o’sib ketish xavfi bo’lsa, u vaqtda lentalar orasi 60-70 sm, qatorlar orasi 6-10 sm qilib ekiladi. Bunday qalinlikda ekilganda gektariga: 30-40 kg olma, nok va behi urug’i, 150-200 kg antipka urug’i, 250-300 kg olcha va yovvoyi gilos urug’i, 400-500 kg tog’olcha urug’i, 300-400 kg tikanli olxo’ri urug’i sarflanadi.
Ekish tartibi. Kamroq miqdordagi urug’lar qo’lda, ko’p miqdordagi urug’lar esa mexanizasiya yordamida ekiladi.
Stratifikasiyalangan urug’larni ekishdan oldin qumdan yaxshilab tozalanadi. Qo’lda ekilganda esa urug’lar markyor yoki ip bilan reja chizig’i olingan egatlarga qumi bilan birga ekiladi.
Bahorda yaxshi nishlagan urug’lar ekiladigan kuni namlanadi va oldindan rejalab olingan egatlarga qo’lda ekiladi. Urug’lar yumshoq tuproqqa sekin tashlab ustiga nam tuproq tortiladi. Ekish tugagandan keyin oldindan tayyorlab qo’yilgan egatlardan suv beriladi. Kuzda olma, nok, antipka, olchaning quruq urug’lari ekiladi.
Meva ko’chatzorini tashkil qilish
Ko’chatzorning ahamiyati va vazifalari. Maxsus ajratilgan maydonlarda meva, rezavor-meva, manzarali o’simliklar ko’chati ko’paytiriladigan xo’jalik yoki uning bir qismi meva daraxtlari ko’chatzori deyiladi. Tovar xususiyati yuqori bo’lgan qimmatli navlar chiqarish va sanoat miqyosida meva yetishtiriladigan bog’lar barpo qilish sur’ati, o’tkaziladigan ko’chatning miqdoriga, sifatiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Meva ko’chatzorining vazifasi – muayyan hududda ko’chat yetishtirishning progressiv usullarini qo’llash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish asosida rayonlashtirilgan tur va navlarning arzon va sifatli ko’chatlarini yetishtirishdan iborat.
Namunali ko’chatzorlar tashkil qilmasdan turib bog’dorchilikni rivojlantirish mumkin emas. Meva ko’chatzori mevachilikning holatini, viloyat, tuman, xo’jalik bog’laridagi o’simliklarning tur va nav tarkibini belgilaydi. Meva ko’chatzorida bog’ va mevazorlar barpo qilish hamda ularni ta’mirlash uchun standart talablariga javob beradigan, tuman sharoitiga mos keladigan shu bilan birga aholining ho’l va quruq mevalarga, oziq-ovqat sanoatini esa xom ashyoga bo’lgan talabini qondira oladigan tur va navlardan iborat ko’chatlar yetishtirilishi zarur. Shu bilan birga yetishtiriladigan navlar serhosil, mazkur hudud sharoitiga (sovuqqa, qurg’oqchilikka, sho’rxokka va boshqalarga) chidamli, mevalari yuqori sifatli, shuningdek kasallik va zararkunandalarga chidamli bo’lishi kerak.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling