1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet51/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Bog’ maydonini tashkil qilish. Bog’lar bir-biridan uzoqlashib ketmasligi va imkon boricha ularni bir massivda barpo qilish uchun xo’jaliklar bog’ barpo qilish rejasini 3-5 yil oldin tuzadilar, yer maydonlarini ajratib, har yili ularning bir qismiga meva daraxtlari ekadilar. Ixtisoslashtirilmagan xo’jaliklarda bog’lar maydoni nisbatan kichikroq bo’lib odatda 5-10 gektardan kam bo’lmasligi, ixtisoslashtirilgan bog’dorchilik xo’jaliklarida meva bog’lar o’rtacha 20 gektarga, umumiy yer maydoni esa 50-100 gektarga yaqin bo’lishi kerak (22-rasm).
Bog’ uchun maydon ajratilgandan keyin uning maydoni rasmiylashtiriladi: bog’ chegarasi belgilanadi, uy joy va ishlab chiqarish binolari (navlarga ajratilib, idishlar joylanadigan binolar, omborlar va hokazo) qurish aniqlanadi, ariq va zovurlar, yo’llar, ihota daraxtlar loyihasi tuziladi va yotqiziladi. Maydon kvartallarga bo’linadi, daraxtlarni joylashtirish kartasi tuziladi, tur va navlarni joylashtirish, changlovchi ko’chatlar o’tqazish belgilanadi, ko’chatlarni o’tqazish sxemasi va qalinligi aniqlanadi.
Barcha ishlarni qulaylashtirish uchun ixtisoslashgan xo’jaliklarda katta maydonlar 25-30 gektarga, kichikroq bog’larda esa 10-15 gektarli kvartallarga ajratiladi. Kvartallarning chegaralari magistral yo’llar, kanallar, ihota daraxtzorlarga to’g’rilanadi. Bog’lar shakliga ko’ra, har xil konfigurasiyalarda bo’lishi mumkin. Lekin, tuproqqa ishlov berishni mexanizasiyalashtirish uchun har qaysi bog’ maydoni to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lgani ma’quldir. Odatda, har kvartalda 2-3 muddatda pishadigan bir xil meva navi o’tqaziladi. Ko’p mehnat talab qiladigan, tez buziladigan va uzoq joylarga yuborishga unchalik chidamli bo’lmagan meva turlari (qulupnay, anjir va x.k.) aholi yashaydigan joylarga yaqin o’tqazilishi kerak.
Kvartallar eni 10-12 m li yo’llar bilan bir-biridan ajratiladi, ular magistral yo’l bilan bog’langan bo’ladi. Kvartallar ichidagi yo’llarning eni 8-10 m bo’ladi. Bundan tashqari bog’ atrofida, ihota daraxtzorlarning ichki tomoni bo’ylab, ba’zan yirik sug’orish kanallariga, idishlar qo’yiladigan binolar va boshqa xo’jalik binolari atrofiga ham yo’llar qilinadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling