1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Urug’ ekish va ko’chat o’tqazishdan oldin yerni ishlash


Download 292.88 Kb.
bet49/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Urug’ ekish va ko’chat o’tqazishdan oldin yerni ishlash. Kuzda urug’ ekish va ko’chat (payvandtag) o’tqazishdan 20-30 kun oldin yer plantaj plug bilan 60-70 sm chuqurlikda ag’darib haydaladi va bir yo’la yaxshilab tekislanib borona bosiladi. Agar xo’jalikda plantaj plug bo’lmasa, oddiy plugda 30-35 sm chuqurlikda haydash ham mumkin.
Ko’klamda urug’ ekiladigan va ko’chat o’tqaziladigan yerlar kuzda-noyabrda haydalib, ayni bir vaqtda o’g’it solinadi, dalalar yaxshilab tekislanadi. Kuzda shudgor qilingan yerlar bahorda boronalanadi, agar tuproq qattiq zichlanib qolgan bo’lsa, chizellanadi. Qattiq yomg’irdan so’ng ikkinchi marta boronalanadi. Sho’rlangan yerlar ikki marta boronalanadi, keyin sho’ri albatta yaxshilab yuviladi. Boronalashdan keyin volokushalar bilan o’tiladi, palaxsa ko’chgan yerlar molalanadi. Urug’ ekishdan yoki ko’chat o’tqazishdan oldin yerga yog’ochdan yasalgan yengil katok (g’o’la) yoxud mola bostiriladi.
Urug’ ko’chatlar va ko’chatlar tuproq unumdorligiga va o’g’itga talabchan bo’ladi. Shuning uchun agrotavsiyalarga ko’ra, o’g’itlash talab qilinadi.
Meva bog’ining hosildorligi, uzoq yashashi va serdaromad bo’lishi uning qanchalik to’g’ri barpo qilinganligiga bog’liq. Meva daraxtlari ko’p yillik o’simliklar bo’lib, ularning o’sishi 30-35 yil va undan ham uzoq davom etadi. Shuning uchun, bog’ barpo qilishda yo’l qo’yilgan xato u hosilga kirgandagina payqab qolinadi va uni tuzatish qiyin yoki butunlay tuzatib bo’lmaydi. Chunki, katta yoshdagi daraxtlarni ko’chirib o’tqazishga ko’p mablag’ sarflanadi, lekin u hamma vaqt ham ijobiy natija beravermaydi.
Bog’ barpo qilinadigan joy noto’g’ri tanlanganda bog’ erta qariydi, daraxtlar tez izdan chiqadi, ularning hosil berish davri qisqaradi, hosili kamayadi va meva sifati pasayadi. Bog’ barpo qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: bog’ uchun qanday yer uchastkasi ajratish, bog’ maydonini qanday tashkil qilish, ekish usullarini to’g’ri tanlash, tur va navlarni tanlash hamda ularni bog’da qanday joylashtirish kabi masalalarga baho berish va ularni to’g’ri hal qilish lozim. Bog’ barpo qilinadigan maydonning tuprog’iga, iqlim sharoitiga, yerni ekishga tayyorlashga, ko’chat o’tqazish texnikasiga va yosh bog’larni parvarish qilishga e’tibor berish kerak.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling