1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet45/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

2. Shakllantirish bo’limi. Bu bo’limda meva ekinlari navlarining payvand qilingan ko’chatlari yetishtiriladi. U ikki qism: payvand qilingan va payvand qilinmagan ko’chatlardan iborat. Bu dalada ikki, ba’zan uchta dala – birinchi, ikkinchi va uchinchi dala, ayrim hollarda nolinchi dala ham tashkil etiladi.
Birinchi dalaga urug’ ko’chatlar ko’chatzorida yetishtiriladigan urug’ meva ekinlarning payvandtaglari (bir yillik urug’ ko’chatlar) o’tqaziladi. Danak mevalilarning birinchi dalasiga tez o’suvchi sifatida urug’dan ekib o’stiriladi.
Birinchi shu dalaning o’zida yozning ikkinchi yarmida (payvandtakka) kurtak payvand qilinadi.
Ikkinchi dalaga urug’ ko’chatlarga payvand qilingan kurtaklardan – bir yillik ko’chatlar yetishtiriladi, bu yerda ularga shakl beriladi va shu yili boqqa o’tqazish uchun kovlab olinadi. Agar urug’ mevalilarning ko’chatlari biror belgilariga ko’ra standartga to’g’ri kelmasa (bu hol kamdan-kam uchraydi), bunda ularni yetishtirish uchun ko’chatzorning uchinchi dalasida yana bir yil qoldiriladi va ikki yillik bo’lganda kovlab olinib tegishli joylarga yuboriladi.
Anjir, anor, smorodina hamda tok ekinlarida esa ko’chatlar ildiz bachkilari, novdalari va ildiz qalamchalari, parxishlari va gajaklaridan yetishtiriladi.
3. Urug’ va qalamcha tayyorlanadigan ona bog’lar bo’limi. Bu: 1. mevali ekinlarning standart qalamchalari (payvanust) olinadigan ona bog’lar; 2. payvandtag (urug’) yetishtiriladigan urug’li bog’lar; 3. olma va nokning vegetativ ko’payadigan kuchsiz o’suvchi payvandtaglarini beradigan bog’lar dalasini o’z ichiga oladi.
Ko’chatzorlar tarkibiga rezavor meva ekinlari (qulupnay, malina, smorodina va krijovnik) ko’chatlari yetishtiriladigan dala ham kiradi.
Ko’pincha ko’chatzor xo’jaligiga rayonlashtirilgan tok navlarining tok elita – ko’chatzor bog’i va ko’chatlar yetishtiriladigan tok ko’chatzori kiradi. Lekin sanoat yo’nalishidagi uzumchilik hududida tok ko’chatlari meva ko’chatlaridan alohida-alohida tashkil etiladi. Aralash ko’chatzorlarda manzarali – daraxt bo’limlari ham bo’lishi mumkin, bog’ni ixota qiladigan, shamol kuchini qaytarish uchun ekiladigan daraxt ko’chatlari, tomorqa, bolalar muassasalari, kasalxonalar, stadionlar va shu kabilarni ko’kalamzorlashtirish uchun gul ko’chatlari yetishtiriladi.
Ko’rsatilgan dala va bo’limlarni tashkil etishning zarurligi, ularning katta-kichikligi muayyan mevali daraxtlar hududi uchun ko’chat yetishtirish yuzasidan berilgan topshiriqqa bog’liq bo’ladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling