1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet70/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Terimdan so’nggi parvarish. Hosil yig’ib olingandan keyingi parvarishga alohida ahamiyat berish zarur. Bu davrda o’simlik kelgusi yil hosiliga tayerlanadi, hosil kurtagi shakllanadi, ildiz sistemasi yangilanadi, yangi barglar, yer ustki qismi (shoxcha va novdalar) paydo qiladi, ildizda esa kelgusi yil hosili uchun oziq moddalar jamg’ariladi.
Hosil terimi davrida tuproqning haddan ziyod zichlashib ketishi, namlik va oziqning yetishmasligi, mo’ylovchalarning ko’payishi evaziga o’simlikning holdan toyishi, kasallik va zararkunandalardan shikastlanish bularning barchasi o’simlikning tez qarib, kelgusi yil hosilining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun mevasi terilgach qator oralari darhol chuqur qilib yumshatilishi, o’toq qilinib, o’g’it berilishi darkor.
Har yili ekish uchun ko’plab qulupnay ko’chatlari kerak bo’ladi. Shuning uchun ko’chat bo’lishga yaraydigan yer ustki qismi mo’ylovchalarni qirqib tashlashning hamma yerda ham iloji bo’lavermaydi. Biroq tupda qoldirilgan mo’ylovchalar o’simlikni noziklashtirib qo’yadi va hosil yig’imini kechiktiradi. Shunday qilib, mo’ylovchalar yulib tashlanganda har 100 m2 maydondan 127 kg, har tupda 10-12 tadan bachki novda qoldirilganda esa tegishli ravishda 109 va 91 kg dan rezavor olindi.
Har tupda 5 ta mo’ylovcha qoldirilganda kelgusi yil hosili mo’ylovcha va shoxlari yulib tashlangan o’simliklarga nisbatan 9% kamaydi, 10 ta qoldirilganda esa 13,9; 15 ta qoldirilganda 19,8; 20 ta qoldirilganda 28,5% kam meva olinadi. Yaxshi ildiz otgan mo’ylovcha iyun - iyul oyida ekiladi, so’ngra maydonlarga yaxshilab ishlov berib, o’g’it solib, qondirib sug’oriladi. Kuz iliq kelsa, ana shu ko’chatlardan kelgusi yil yaxshigina hosil olish mumkin.
Qulupnay ko’p yillik o’t o’simlik turiga kiradi. Uning barglari qish harorati -50C dan past bo’lgan joylarda yer ustki qismini sovuq uradi. Ildizlari ko’p yillik bo’lib, bahor faslida qulupnay gullaydi. Bu gullardan yangi meva paydo bo’ladi. Mo’ylovlari qulupnay tupida tabiiy jihatda o’zidan paydo bo’ladi. O’simliklar oddiy holatda mo’ylovlarini erta yozdan kuzgacha shakllantiradi. Har bir mo’ylovlar yerga tegib turgan joyidan ildiz chiqaradi va yangi ko’chatlar shakllanadi. Uzluksiz meva beruvchi navlarida yoz bo’yi kam miqdorda mo’ylovlar hosil qiladi.


Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling