1-mavzu: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslubi “Mikroiqtisodiyot” fani


-rasm. CHekli almashtirish normasi


Download 1.01 Mb.
bet13/34
Sana10.12.2020
Hajmi1.01 Mb.
#163627
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub


5.7-rasm. CHekli almashtirish normasi.
Daromad samarasi va uning iste’molchi talabiga ta’siri.

Iste’molchi bozorda o’ziga ma’qul bo’lgan ishni qiladi. Ammo uning harakatini cheklaydigan omillar ham bor.Bu uning daromadi, xarid qobilyati va bozor narxidir. U hamyoniga qarab o’zining talab – ehtiyojini imkoni boricha ko’proq qondiradigan tovarlarni xarid qiladi. Iste’molchining nimani afzal ko’rishi birinchi navbatda uning daromadiga, ya’ni xarid qobilyatiga bog’liq.



Xaridor say xarakatining umumiy qoidasi bor: cheklangan daromad sharoitida tovarlar xaridi xaridorga eng yuqori darajada nafli bo’lishi shart.

O’z didiga binoan xaridor tovarni xush ko’radi yoki qadrlamaydi, binobarin, narx past bo’lgani bilan tovar xarid qilinmasligi yoki narx yuqori bo’lgani holda baribir sotib olinishi mumkin. Tovar arzon bo’lgani bilan puli yo’q odam unga talab bildirmaydi.Aksincha, tovar qimmat bo’lsada, puldor odam uni sotib olishi mumkin, shu o’rinda bir maqolni keltirish o’rinli: “tuya bir tanga, qani bir tanga, tuya ming tanga mana ming tanga”.



Daromadning xarid qobilyatiga ta’siri daromad samarasi deyiladi.

Narxning ortishi daromad samarasini pasaytiradi va aksincha, tovarning arzonlashuvi uning samarasini oshiradi. Gap shundaki, turli narx sharoitida muayyan daromadning xarid qobilyati har xil bo’ladi.Masalan, tufli 400 so’m bo’lsa, 1200 so’mlik pulga undan 3 tasini olish mumkin. Agar u arzonlashib 300 so’mga tushsa. Undan 4 tasini olish mumkin. Bunda daromadning xarid qobilyati 33,3 foizga o’sgan bo’ladi.Agar tufli narxi 600 so’mga chiqsa , daromadga undan 2 tasini beradi, endi xarid qobilyati pasaygan bo’ladi.

Daromaddan tashqari talabga ta’sir ko’rsatadigan omillardan biri o’rinbosar tovarlarning borligi yoki yo’qligi, ularning arzon yoki qimmatligidir.

Muayyan tovarga talab o’rinbosar tovarlar narxiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi.

Masalan: Avtomashina arzon bo’lsa, ko’p miniladi, benzin, moy va ehtiyot qismlarga talabni oshiradi.



Bozor sigmentatsiyasi tushunchasi va tahlili

Bozorning eng muhim belgisi shundan iboratki, tovar ishlab chiqaruvchi o’z manfaati yo’lida harakat qilib, oqibatda boshqalar farovonligiga ta’sir ko’rsatadi. Bozorning qay darajada rivojlanganligini uning hajmi belgilaydi. Mehnat taqsimoti naqadar chuqur bo’lsa, bozor xajmi ham shunga muvofiq ortib boradi. Bozor hajmi oldi-sotdi miqdori ya’ni, tovar oborotining hajmi bilan o’lchanadi. Bu esa ayrboshlanadigan tovar va xizmatlar miqdoriga, ularning har birining narxiga bog’liq bo’ladi. Narx o’zgarmagan taqdirda, bozor hajmiining ortib borishi ishlab chiqarishning yuksalishiga mos keladi, iqtisodiy o’sishni anglatadi.

Bozor faoliyatiga ko’ra imkoniyati keng va xilma-xil qismlardan iborat bo’ladi.Ma’lum belgi, alomatlariga qarab bozorning xilma-xil qismlarga ajratilishi va tabaqalashtirilishi bozor sigmentatsiyasi deyiladi. Bozor sigmentatsiyasining asosiy maqsadi xaridor yoki iste’molchiga tovar yetkazib berishda qulay imkoniyat yaratishdan iboratdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor sigmentatsiyasi quydagi belgilar bo’yicha to’liq amalga oshiriladi:

1. Demografik – bunda uzoq muddat ta’sir qiluvchi omillar xisobga olinadi va xaridorlarning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, ma’lumoti, daromadlari, mutaxassisligi, oilaning hajmi, diniy e’tiqodi, va mavjud hovli joyiga qarab sotiladigan tovar guruxi belgilanadi.

2. Geografik – bunda mintaqa, shahar, qishloq, aholi soni, aholining zichligi, iqlim sharoiti, va boshqa omillarni hisobga olgan xolda tegishli hajmdagi va turdagi tovarlar sotish mo’ljallangan.

3. Psixologik – bunga xridor yoki iste’molchining yashash tarzi, shaxsiy sifatlari kiradi. Iste’molchining didi, fe’l – atvori, odat ananalari va boshqa ko’plab sifatiy tomonlarini hisobga olib maxsulot sotishni rejalashtirish katta axamiyatga ega. Bu har doim sotuvchilarning diqqat markazida bo’ladi.

4. Iste’molchilarning mahsulotni konkret turiga yoki firma markasiga munosabati. Bozorda ko’proq hissaga ega bo’lgan shunday firmalar borki, ular asosiy iste’molchilarni o’zlariga qaratishga harakat qiladilar. Hatto ularni saqlab qolishga harakat qilib, imtiyozli ravishda tovar sotish darajasiga ham boradilar.Bu shuni ko’rsatadiki, xaridor yoki iste’molchining o’zini tutishi, mahsulotlarning ma’lum turiga bog’langani, yuqori iste’mol darajasikabi omillardan ham foydalanishi muhim ahamiyatga egadir.



Bozor kon’yukturasi.

Bozor o’z vazifasini bajarish jarayonida muayyan holatlar vujudga keladi, buni esa bozor kon’yukturasi deyiladi.



Bozorni muhofaza qilish deb, milliy bozorning yoki ayrim tovarlar bozorining davlatni eksport va importini tartibga soluvchi tadbirlari vositasida himoya qilinishiga aytiladi.

SHu bilan birgalikda bozor interventsiyasiga ham yo’l qo’ymaslik kerak.Bozor interventsiyasi deganda- milliy yoki regional bozorga tashqaridan suqilib kirish va uni o’ziga tobe etish tushiniladi. Xorijiy tovarlar muayyan mamlakat regional bozorini himoya qiladigan to’siqlarni bartaraf etib, bozorga kirib oladi. Bozor interventsiyasi har xil vositalar bilan amalga oshadi: Demping eksport, yuqori boj to’lovlariga ham rozi bo’lish. Bozori chaqqon yerlarda korxonalar qurib tovar chiqarish, import qiluvchi regionga moddiy yordam ko’rsatish, siyosiy taziyiq o’tkazish va boshqalar.



Bozor va tavakkalchilik

Tavakkalchiliktushunchasi va o’lchovi.

Tavakkalchilik bu- firmaning ko’zlangan maqsadiga erishish yo’lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir.

Real hayotda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo’qotishlarga olib keladi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.



Tavakkalchilikni o’lchash. Tavakkalchilikni o’lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog’liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo’ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo’lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli ga tengligi yoki o’ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining ga tengligi misol bo’lishi mumkin.

Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo’li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida yetib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to’g’risida statistik ma’lumotlar yo’q. ehtimol sub’ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.



Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo’lgan barcha natijalarning o’rtacha o’lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o’lchovi.

E(X) = (N1*Kn)+ (N2* Km)

bunda, N1 natijagaga erishish ehtimoli, Kndaromadning yuqori chegarasi, N2- kutilmagan ehtimol, Km-natijaning quyi chegarasi.



Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aktsiyaga 1000 so’m olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aktsiya uchun 100 so’m olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo’lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:

E(X) = (N1*Kn)+ (N2* Km)

bunda, N1 – natijagaga erishish ehtimoli, Kn – daromadning yuqori chegarasi, N2- kutilmagan ehtimol, Km-natijaning quyi chegarasi.



so’m/aktsiya.

CHetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o’rtasidagi farq bo’lib, u tavakkalchilikdan (yo’qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo’lsa yo’qotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo’ladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling