1-mavzu: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslubi “Mikroiqtisodiyot” fani


Download 1.01 Mb.
bet34/34
Sana10.12.2020
Hajmi1.01 Mb.
#163627
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub


3. Byudjet siyosati. Davlat byudjeti balanslashgan bo’lishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur bo’ladi.Byudjet siyosati shundan kelib chiqqan holda byudjet defitsitiga yo’l bermaslikni, defitsit bo’lgan taqdirda ham bu me’yorda bo’lishiga qaratiladi.

4. Invistitsiya siyosati. Bu invistitsiya resurslarini shakllantirish va ularni kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir.

5. Agrar siyosat. Bu davlatning qishloq xo’jaligini qo’llab o’uvvatlashga qaratilgan siyosatidir.Mazkur siyosat qishloq xo’jaligining barqaror o’sishini, oziq ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashni ko’zlaydi.

6. Tashqi iqtisodiy siyosat. Bu davlatning o’zaro foydali tashqi aloqalarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo’jaligi bilan integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir.Bu siyosatning asosiy maqsadi iqtisodiyotning jahon xo’jaligidagi mavqeini mustahkamlashdir.Unga binoan eksport va import, chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi megratsiyasiga oid tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona to’lovlari, eksport va import litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo’llaniladi.

Sof ijtimoiy ne’mat - bu barcha fuqarolar tomonidan, jamoa tomonidan iste’mol qilinadigan ne’mat bo’lib, ushbu iste’mol alohida insonning ushbu ne’mat uchun pul to’lashi yoki to’lamasligiga bog’liq emas.

Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qilishda tanlanmaslik va iste’moldan ajratilmaslik. SHunday xususiyatga ega bo’lgan ijtimoiy ne’matga armiya va militsiya xizmati kiradi. Iste’molda tanlanmasligi xususiyati shuni bildiradiki, sof ijtimoiy ne’matni bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi boshqa bir kishining ushbu ne’mat iste’molini kamaytirmaydi. Iste’moldan ajratilmaslik xususiyati shundan iboratki, hech bir kishiga iste’mol qilish (hatto u ushbu iste’mol uchun to’lashdan voz kechsa ham) man qilinmaydi. Sof xususiy ne’mat - bu shunday ne’matki, uning har birligi ma’lum to’lovga sotiladi. Sof ijtimoiy ne’matning sof xususiy ne’matdan asosiy farqi - u bo’laklarga bo’linmaydi va bo’laklarga bo’linib ham sotilmaydi. Sof ijtimoiy mahsulotning bo’laklariga narx belgilash ham mumkin emas. Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan umumiy talabni aniqlash ham o’ziga xosdir.
Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan talab chizig’i jami mahsulotning chekli nafliligini ifodalaydi (15.1-rasm). Iste’molchilar soni qancha bo’lishidan qat’iy nazar, ular barcha sof ijtimoiy ne’matni iste’mol qiladi. Lekin, har bir shaxs sof ijtimoiy ne’matni iste’mol qilishdan har xil naf oladi. Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan umumiy talab shaxslar oladigan chekli yutuqlarni (mavjud hajmdan oladigan) vertikal bo’yicha qo’shish orqali aniqlanadi

(15.1-rasm).





15.1-rasm. Sof ijtimoiy mahsulotga talab.

Sof xususiy ne’matga bo’lgan umumiy talab shaxslarning talab chiziqlarini gorizontal bo’yicha qo’shish orqali aniqlanadi (15.2-rasm).



Sof ijtimoiy mahsulotni jamoa bo’lib iste’mol qiladi, lekin biz yuqorida aytganimizday har bir shaxs bunday iste’moldan har xil naf ko’radi. Masalan, 5-rasmda A shaxs eng kam naf ko’radi, B shaxs A shaxsga nisbatan ko’proq naf ko’radi, S shaxs B shaxsga ko’ra ko’p naf oladi. Amalda har bir shaxsning qancha naf olganligini hisoblash qiyin. Bunday axborotni olish ham murkkab.


15.2-rasm. Sof xususiy ne’matga bo’lgan umumiy talab.

Agar iste’mol qilingan sof ijtimoiy ne’matga har bir shaxs o’zi olgan chekli yutug’iga ko’ra pul to’laganda edi, olingan naf to’g’risidagi axborotni yashirishga undaydigan kuchli rag’batlantirish paydo bo’lar edi, hamda olinadigan nafni darajasini ko’pchilik pasaytirishga harakat qilar edi.



Bozor ojizligi - bu shunday hodisaki, bunda bozor resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmaydi.

Bozor ojizligini ko’rsatuvchi to’rtta turdagi vaziyat mavjud va bu vaziyatlar samarasiz vaziyat hisoblanadi:

Monopoliya.

Asimmetrik axborot.

Tashqi samara.

Ijtimoiy ne’mat.

Ushbu vaziyatlarda bozorga davlatning aralashuvi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Bu muammolarni davlat monopoliyaga qarshi siyosat yuritish, ijtimoiy sug’urtalash, salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni cheklash va ijobiy tashqi samaraga ega bo’lgan ishlab chiqarish va iste’molni rag’batlantirish orqali yechishga harakat qilib kelmoqda.

SHuni ham aytish kerakki, davlatning bozor mexanizmiga asoslangan iqtisodiyotga aralashuvi o’zining chegarasiga ega bo’lishi kerak. Birinchi navbatda, davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi bozor mexanizmini buzilishiga olib kelmasligi kerak. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bozor mexanizmlarini ma’muriy boshqaruv bilan almashtirmasligi lozim. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ko’proq bozor mexanizmini kuchaytirishga yoki kamaytirishga olib kelishi maqsadga muvofiq.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling