1-mavzu: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslubi “Mikroiqtisodiyot” fani


Download 1.01 Mb.
bet33/34
Sana10.12.2020
Hajmi1.01 Mb.
#163627
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub


Investitsiyaga talab. Sof keltirilgan qiymat mezoniga ko’ra, investitsiya o’zini oqlaydi, agar bo’lsa. Bu yerda
Demak, investitsiyaga talab funktsiyasi. Ushbu funktsiyaning grafigi kamayuvchi bo’lib, investitsiya "narxi" bilan, ya’ni foiz stavkasi bilan investitsiyaga qilinadigan xarajatlar o’rtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (12.21-rasm).



12.21-rasm. Investitsiyaga talab funktsiyasi grafigi.
Investitsiyaga talab funktsiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag’ qo’yishi mumkin bo’lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. YUqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablag’ qo’yish masshtabi kengayadi, ya’ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag’ bilan ta’minlanadi.

Inflyatsiyaning ta’siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o’sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag’lar nisbatini o’zgartiradi. SHuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e’tiborga olinishi zarur.

Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg’armaga yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.

Real foiz stavkasi - bu o’zgarmas (ya’ni, inflyatsiya darajasiga ko’ra o’zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg’arma yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.

Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar to’lov majburiyati bo’lib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma’lum muddat o’tishi bilan ma’lum summada pul to’laydi.

Zayomlar muddatsiz bo’lganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma’lum o’zgarmas summa olib turadi. 1000 so’mlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi quyidagiga teng:


Bunday holda quyidagicha hisoblanadi:
SHunday qilib, agar foiz stavkasi 5% bo’lsa, muddatsiz zayomning qiymati so’m bo’ladi. Agar foiz stavkasi 20% bo’lsa, zayomning qiymati 5000 so’mga teng bo’ladi.

yer bozori

Iqtisodiy nazariyada yer deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya’ni: yerning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz yerning ustki qatlamini qaraymiz, ya’ni uning ustki qatlamidan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin.

Erning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa joyga, ya’ni kapitalni ko’chirganday ko’chirib bo’lmaydi.



Er taklifi. yer taklifiga ta’sir etuvchi asosiy omillar - bu uning hosildorligi va qulay joylashganligidir. Ma’lumki, sifatli yerlar har doim va har yerda cheklangan bo’ladi. Sifatli, shaharlarga yaqin bo’lgan yerlar yanada ko’proq cheklangan bo’ladi.

Erga talab. yerga bo’lgan talab ikki xil bo’ladi: qishloq xo’jaligida foydalanish uchun bo’lgan yerga talab va noqishloq xo’jaligida foydalanish uchun bo’lgan talab.

D q Dq/x qDnoq/x ,

bu yerda D - umumiy talab;



Dq/x - qishloq xo’jaligi uchun talab;

Dq/x - noqishloq xo’jaligi talabi.

Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (12.23-rasm).



Bu yerda qishloq xo’jaligi uchun bo’lgan talab chizig’i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o’zgarmaganda foydalaniladigan yerning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o’ynagan.



12.23-rasm. yerga talab.
Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun to’lanadigan to’lov.

Er rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun to’lov.

Iqtisodiy renta yer rentasiga ko’ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko’rgan edik.



Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog’liq bo’lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan).

Er rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi:

ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi;

barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi;

barcha yerlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi;

barcha yerlarning unumdorligi bir xil.



Differentsial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo’yicha hamda joylashuviga ko’ra bir-biridan farq qiladi.

Er narxi. yer narxi yer rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. Faraz qilaylik, ma’lum bir yer uchastkasi o’lchami yer egasiga bir yilda renta (so’mda) keltirsin. yer qiymatini aniqlashda yer egasi uchun alternativ qiymatdan foydalaniladi. yer narxi shunday pul miqdoriga tengki, agar uni bankga qo’ysak, undan olinadigan foyda ushbu yerdan olinadigan foydaga teng bo’lsa. Demak, yer narxi kelajakda olinadigan yer rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga teng:
Er narxi - bu kapitalni muddatsiz qo’yish demakdir.

Agar bo’lsa, u holda



bu yerda - - yil rentasi;

- ssudaning bozor foiz stavkasi.

Agar renta 1000 so’m bo’lsa, ssudaning bozor foiz stavkasi 5% bo’lsa, yerning narxi

so’m bo’ladi.

Haqiqatdan qaraganda renta ijarachining yer egasiga to’laydigan ijara haqining bir qismi hisoblanadi. Ijara haqi tarkibiga rentadan tashqari yer ustidagi inshootlarning amortizatsiyasi hamda yerga qo’yilgan kapital foizi kiradi. yer egasi yer ustiga qandaydir qurilish qilgan bo’lsa yoki inshootlar qurgan bo’lsa, ularning qiymatini qoplashi kerak, xuddi shunday, agar kapital sarflagan bo’lsa, ushbu kapitalga foiz olishi kerak. yer egasi ushbu kapitalni bankga qo’yib foiz olishi mumkin edi.


Bozor iqtisodiyotida korxonalarni davlat tomonidan boshqarish


  1. Mikroiqtisodiy siyosat va uning firma faoliyati bilan bog’liqligi.

Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot sub’ektlarining o’z faoliyatiga oid yo’l yo’riqlari va say harakatlarining majmuasidir.

Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu xonadonmi, firmami yoki davlatmi o’z manfaatlari bor. Bu manfaatlar amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga oshirishga qaratiladi.

Xonadonning maqsadi o’z iste’molini maksimumlashtirish va kelajakni ta’minlash uchun jamg’arma hosil etishdir.Firmaning maqsadi esa foydani maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlashdir. Davlatning maqsadi esa milliy iqtisodiyotning barqaror o’sishi va shu asosda xalq farovonligini ta’minlashdan iborat.

Mikroiqtisodiy siyosat xonadon va firmalar siyosati hisoblanadi. Bu g’oyat individuallashgan bo’ladi, bunga yaxlitlik xos emas.Xonadon siyosatining maqsadi yaxshi yashash bo’lgani uchun u bunga erishishning eng maqbul yo’lini belgilab oladi. Bu yo’ldagi birinchi ish bu ko’p pul topish bo’lsa, ikkinchisi pulni oqilona sarflash bo’ladi. Oddiy xonadonning asosiy resursi ish kuchi bo’lganidan uni yaxshiroq pulga sotish, ya’ni yaxshiroq ish haqi beradigan joyga o’rnashib olish uni siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.

Firma siyosati faoliyatning turli sohalariga taaluqli bo’ladi.

1. Firmaning ishlab chiqarish siyosati. Firmaning o’z maqsadiga yetishishi ishlab chiqarish hajmiga bog’liq.Buning uchun firma ishlab chiqarishni modernizatsiyalab, bozorga yangi tovarlar va xizmatlarni taklif etish yo’lidan boradi.

2.Firmaning tijorat siyosati. Tovarning qanday miqdorda va qaysi bozorda sotilishini, ularning kreditga berilishini, eksport miqdorini, raqobatchilar bilan qanday munosabatda bo’lish yo’lini aniqlaydi.

3. Narx siyosati. Bozorga qanday narx bilan chiqishni, narxning bozor sharoitiga qarab qanday o’zgartirlishini belgilaydi.

4. Firmaning moliya siyosati. Soliqlarni to’lash tartibini, soliqlardan imtiyoz, davlatdan subsidiya va kredit olish yo’llarini aniqlaydi.

5. Firmaning raqobat siyosati. Raqobatda ishtirok etish yoki etmaslik, raqobatni qaysi usuli bilan ishtirok etish, qanday vositalardan foydalanish yo’lini belgilaydi.

Firma siyosati bozordagi vaziyatga va davlatning siyosatiga moslashib borishni bildiradi.



2. Bozor iqtisodiyotida davlatning roli

Har bir mamlakatning milliy manfaati bo’lib buni davlat ifodalaydi.Davlat esa fuqorolik jamiyatining umummilliy siyosiy instituti bo’lib, uning asosiy funktsiyasi shu jamiyatni boshqarishdir.Jamiyatdagi turli manfaatlarni uyg’unlashtirib, ularni yagona milliy manfaatga birlashtiruvchi kuch ham davlat hisoblanadi.CHunki siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va uyushmalari manfaati ham borki ular jamoa , korporativ manfaatdir.

Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo’nalishda kechadi.

1.Iqtisodiyotning davlat sektorini hosil etuvchi korxona va tashkilotlar milliy iqtisodiyotning bir bo’g’ini sifatida tovar va xizmatlar yaratib, bozor munosabatlarida ishtirok yetadi.

2. Davlat umumiy manfaatlarni ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi.

Davlat xonadon va firmalar o’rtasida turib ularning aloqalarini tartibga soladi.Davlatning ist’emoli uning buyurtmalari orqali talabni oshirib, firmalar uchun bozor yaratib beradi. Davlatning xonadonlarga beradigan pul transfertlari ularning xarid qobilyatlarini oshiradi.Bu esa o’z navbatida talabni oshirib firmalar bozorini kengaytiradi.Davlat sektorining korxonalari o’z tovar va xizmatlarini bozorga chiqarib u yerdagi taklifni oshiradi.Davlat sektori hamma uchun zarur, lekin rentabelligi pastligidan firmalar qo’l urmaydigan tovar va xizmatlarni yaratadi.Asosan davlat sektori ishlab chiqarish infratuzilmasi xususan, yoqilg’i energetika, transport, yo’l xo’jaligi, suv xo’jaligi, aloqa kabi sohalarni qamrab oladi.

Davlat ham itisodiyot sub’ekti lekin, u oddiy sub’ekt emas, balki iqtisodiyotni tartiblab turuvchi subektdir.

Iqtisodiy aloqalarning globalizatsiya darajasiga chiqishi davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, korxonalarda bozorga qarab o’z faoliyatini o’zi tartiblashga intilishi bu rolni cheklaydi.

Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarni mikrodarajada boshqarishning eng mukammal vositalarini yaratdi.bunga misol qilib boshqarishning krmpyuterlashuvini, korxonalarning global axborotlar tarmog’iga chiqishni olish mumkin.buning natijasida korxonadar bozor haqida atroflicha axborotga ega o’ladilar, bundan foydalanib bozorni prognoz qiladilar.Natijada o’z faoliyatini o’zi tartibga solish imkoniyati kengayib boraveradi.

Iqtisodiy aloqalarning global tus olishi davlatning rolini kuchaytirsa, o’zini o’zi tartibga solish bu kuchni cheklaydi. SHu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi meyorida bo’lishi talab qilinadi.

Davlatning iqtisodiyotga aralashuv meyori shundan iboratki, davlatning faoliyati bozor mexanizmining ishlashiga xalaqit bermasligi, aksincha bunga sharoit yaratib berishi kerak, zarur bo’lganda bu mexanizm ishini to’ldirib turishi ham talab qilinadi.

Hozirgi bozor iqtisodiyotida tartiblashning bozor mexanizmi bilan davlat mexanzmi birgalikda amal qiladi. Biroq bularning nisbati sharoitga qarab turlicha bo’ladi.Masalan, Italiya, Avtriya, Frantsiya, SHvedtsiyada davlatning roli kuchli bo’lsa, AQSH, YAponiya va Germaniyada bu nisbatan kuchsiz.



3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va korxonalarni tartibga solish iqtisodiy vositalari.

Iqtisodiyot yaxlit bo’lar ekan iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Lekin davlat siyosatining aniq yo’nalishlari bor.



1. Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati bo’lib, pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi.Uning maqsadi narxlarni va shunga ko’ra milliy pul birligi xarid qurbini, uning valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo’ladi.

Monetar siyosatning 3 ta asosiy jihati bor:



  • Qayta moliyalashtirish yoki uchyot siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy banklar uchyot stavkasini o’zgartiradi.Stavka oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi.U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab oshadi.Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat bo’lishini bildiradi.Bu esa iqtisodiyotda kredit hisobidan yuboriladigan invistitsiyalarni o’zgartirib, uning o’sishiga ta’sir etadi.

Masalan, yevropa mamlakatlarida qayta moliyalashtirish stavkasi 2001 yil oxirida 1,7% bo’lsa, 2002 yil oxirida bu 0,9 % ga tushdi.Bu bilan kredit arzonlashtirildi, chunki komertsiya banklari shunga qarab kredit uchun undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar.

  • Ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish siyosati. Bu davlat obligatsiyalarini chiqarib firmalar, banklar va aholiga sotish, vaqti kelganda ularni qaytadan sotib olishni bildiradi.Bu obligatsiyalarni olish qulay bo’ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat to’laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi.Davlat obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog’lanib qoladi, natijada uning muomaladagi miqdori qisqaradi.Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda pul ulardan bo’shab muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko’payadi.Demak bu usul bilan pul miqdori tartiblanadi.

  • Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu tartibga ko’ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qisqaradi.Agar u kamaysa, bu pul ko’payadi.Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 80 mlrd. Dollar. SHundan 10 % rezervga o’tkazilsa, 72 mlrd. Doll. Kredit uchun pul qoladi.Bordi-yu bu rezerv 15 % ni tashkil etsa, kreditga 68 mlrd. Doll. Qoladi. Bu bilan kreditga mo’ljallangan pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi.SHunga qarab kredit olish goh oshib, goh qisqaradi.

2. Fiskal siyosat. Bu davlatning soliq- byudjet siyosatidir, unga binoan soliqlar belgilanadi, byudjet mablag’lari aniq maqsadlar yo’lida ishlatiladi. Fiskal siyosatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o’stirish uchun 2 xil yo’ldan boriladi:

1.Ilgari kiritilgan va hozir amalda bo’lgan iqtisodiy stabilizatorlarni- vositalarni qo’llashni davom ettirish.Davlat qonun yo’li bilan shunday tartibni o’rnatadiki, unga binoan moliya normativlari joriy etiladi.Masalan, daromadlarni 80 % indeksatsiyalash tartibi o’rnatilgan bo’lsa, narx oshgan taqdirda shu 80 % darajada daromad ham ko’paytiriladi.



2. SHaroitga qarab yangi normativlarni kiritish yo’lidan borish.Bu diskertsion fiskal siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat doirasida yangi soliq stavkalari joriy etiladi, yangi soliqlar kiritiladi, byudjet mablag’larini sarflash normativlari o’zgartiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling