1-mavzu: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslubi “Mikroiqtisodiyot” fani


-MAVZU: “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va


Download 22.44 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi22.44 Kb.
#1625761
1   2   3   4
Bog'liq
Abduganieva Mikro va makro

2-MAVZU: “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va 

ob‟ekti

Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina 


kiritilgan bo„lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo„ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida 
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o„zaro bog„liqligi va o„zaro ta‟siri xos 
bo„lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene 
jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo„lladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, 
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo„yilgan edi deb ta‟kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o„zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab 
chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o„zining tarmoqlararo balansi bilan 
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo„limi sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o„zining “Ish bilan bandlilik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy 
yakuniga etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o„z predmeti va tadqiqot usullariga ko„ra 
mustaqil fan sifatida XX asrning o„rtalariga kelib shakllanib bo„ldi. 
Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.


Download 22.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling