1-mavzu. “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti, vazifalari va metodi


Mikroiqtisodiyot fanining predmeti va vazifalari


Download 118.36 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi118.36 Kb.
#1054635
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza (2)

Mikroiqtisodiyot fanining predmeti va vazifalari


Zamonaviy iqtisodiy nazariya tarkibiy jihatidan 2 katta bo’limga ajratiladi: Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot.
Makroqitisodiyot – umum iqtisodiy tizimni va uning yirik tarmoqlari faoliyatini o’rganadi.
O’rganish obyekti – MD, YaIM, iqtisodiy o’sish va umumiy bandlik darajasi, iste‘mol harajatlari, milliy jamg’armalar va boshqa yirik ko’rsatkichlarni o’rganadi. Mikroiqtisodiyot – alohida iqtisodiy subyektlar (iste‘molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o’rganadi.
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti – bozor iqtisodiyoti sharoi- tida aniq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste‘mol hajmi, narxlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlani- shi, iste‘molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi boshqa jarayonlarni o’rganish hisoblanadi.
Mikroiqtisodiyot fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmi

  • Resurslardan samarali foydalanish yo’llarini

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar, korxonalar va uy xo’ja- liklarining tutgan o’rni

  • Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligi

  • Ishlab chiqarish va uni tashkil etish kabilarni o’rganish va ular- ni tahlil qilish. Mikroiqtisodiyot fani barcha ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

bilan uzviy bog’liqdir. Masalan, iqtisodiyot nazariyasi, kichik biznes va tadbirkorlik, tarmoqlar iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, moliya va kredit, marketing va menejment, matematika, bank ishi va boshqalar. Mikroiqtisodiyot fani alohida shaxslar, uy xo’jalik- lari, korxona, davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning iqtisodiy hara- katlarini o’rganadi va quyidagi usul (metod)lardan, ya‘ni tahlil va sin- tez, monografik usul, iqtisodiy statistika usuli, hisoblash konstruktiv, tajribaviy usul, abstrakt mushohada usuli, matematik modellashtirish, induksiya va deduksiya usuli, optimallashtirish va muvozanatni aniq- lash usullaridan foydalanadi.


      1. Download 118.36 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling