Ultrastrukturaviy tekshirish usuli. Bu usulda polyarizasion mikroskop yordamida hujayra strukturasidagi barcha komponentlarni kuzatish va o`rganish mumkin. Elеktron mikroskop 1933 yillarda kashf qilingan. Hozirda bu mikroskopga teng keladigan mikroskop yo`q. Laborotoriya mashg`ulotlarida batafsil o`rganiladi.
Biokimyoviy tekshirish usullari. Bu usul yordamida hujayradagi anorganik va organik moddalarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari yana bir necha usullar mavjud. Jumladan: ajralgan hujayra strukturasini o`rganish usuli: mikro va ultramikrokimyoviy usullar. Sitokimyoviy va gistokimyoviy usullar.
Ajralgan hujayra strukturasini o`rganishda sentrafugalash muhim ahamiyatga ega. Bunda oqsillar, nuklein kislotalar, fermentlar va organoidlar o`rganiladi.
Mikro va ul`tramikroskoplarda 0,01-10 mg gacha bo`lgan oqsil, aminokislotalar, nuklein kislotalar, shakar va boshqalar aniqlanadi. Bunda kapilyar pipetkalar, ul`tramikrobyuretkalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |