1-ish. Ishning borishi: 1. Kolbaga suv bilan birga bir necha pichan bo`laklaridan soling va kolbaning og`zini paxta bilan berkiting. 2. Kolbadagi aralashmani 15 daqiqa qaynatiladi. 3. Qaynatilgan aralashmani filtrlab, 20–25 minut haroratda bir necha kun saqlanadi. 4. Hosil bo`lgan aralashma yuzasidagi pardadan preparoval nina yordamida bir qism olinib, uni buyum oynasiga qo`yiladi va qoplagich oyna bilan yopiladi, so`ng mikroskop ostida ko`riladi. 5. Qoplagich oyna ostiga suyultirilgan siyoh yoki metilin sinkasi (ko`k bo`yoq) tomiziladi. 6. Mikroskop ostida harakatchan bakteriyalar va yaltiroq tuxumsimon sporalar ko`rinadi. 7. Mikroskopda bakteriyalardan tayyorlangan doimiy mikropreparat ko`riladi. 8. Mikroskop ostida ko`rilgan bakteriya va ularning sporalari daftarga chizib olinadi. 9. Olingan natija va xulosalar daftarga yozib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |