Kerakli jihozlar va reaktivlar: mikroskop, mayda asboblar, suv, pinsеt, skalpеl, pipеtka, shisha tayoqcha, prеparoval nina, filtr qog`oz, J-KJ eritmasi, piyoz.
Mavzu davomida hujayraning submikroskopik qismlari to`g`risida qisqacha ma`lumotlar kеltiriladi. Ularning tuzilishi joylashgan o`rni, bir-biri bilan o`zaro aloqalari o`rganiladi. Joylashgan o`rni va bajaradigan vazifasiga qarab hujayraning shakli va o`lchamlari turlicha bo`ladi. Aksariyat hollarda u ko`p qirrali bo`ladi. Erkin holatda esa sharsimon, yulduzsimon, silindrsimon shakllarda bo`ladi. Tashqi ko`rinishiga qarab ularni 2 guruhga: parenxima va prozenxima hujayralariga ajratish mumkin. Parenxima hujayralarining bo`ui eniga teng yoki 2-3 marta uzun, prozenxima hujayralarida esa u bir necha marta uzun bo`ladi. YUksak o`simliklar hujayrasining uzunligi o`rtacha 10-100 mkm bo`ladi. Lekin ayrim o`simliklar, masalan, tarvuz, limon va kartoshkada ular bir necha mm gacha еtadi va oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin. Boshqa o`simliklarda bundan ham yirik bo`lishi mumkin. Masalan, zig`irning prozenxima hujayrasi 40 mm, chayon o`tniki 80 mm gacha etadi. Bir vaqtning o`zida ayrim bakteriyalarning hujayrasi shunchalik kichikki (atigi 0,5-5mkm), ular yorug`lik mikroskoplarida arang ko`rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |