3-ish.Ko`k-yashil suvo`tini mikroskopda ko`rish. Ishdan maqsad: ko`k-yashil suvo`tlari bilan tanishish. Ishning borishi: 1. Akvarium devori yoki boshqa ko`lmak suv tubidagi suvo`tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida olinadi. 2. Undan preparat tayyorlab mikroskopning avval kichik, so`ngra katta obеktivlarida kuzatiladi. 3. YUpqa parda ingichka ko`p hujayrali iplardan tashkil topganiga e`tibor bering. 4. Ipchalar ko`k-yashil rangda bo`lib, ularning tebranayotgan- ligini kichik va katta obеktlarda kuzating. 5. Katta obеktivda har bir ipcha bir xildagi mayda yadrosiz va xloroplassiz hujayralardan tuzilganligiga e`tibor bering. 6. Hujayraning o`rta qismi rangsiz va chetlari esa pigmentlardan iborat biroz to`qroq rangda ekanligini kuzating. 7. Mikroskopda ko`rgan ko`k-yashil suvo`tlarini rasmini daftaringizga chizib oling. 8. Olingan natija va xulosalar daftarga yozib olinadi.
Bakteriya hujayrasining tuzilishi
Bakteriyalarning organik olamdagi ahamiyati o`ta muhim: ular tabiat sanitari, ya`ni organik moddani emiruvchi, o`simlik va hayvon organizmi uchun zarur bo`lgan moddalarni hosil qiluvchi va ayrim xillari esa, turli kasalliklar tarqatuvchidir. Odam organizmida muntazam ravishda kasallik keltirib chiqarmaydigan, ko`pgina bakteriyalar ham mavjud. Ular inson organizmi uchun keraklidir. Masalan, yo`g`on ichakda yashovchi ayrim bakteriyalar ishtirokida odam organizmi uchun o`ta zarur vitaminlar hosil bo`ladi.
Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. Ularda haqiqiu yadro va organoidlar mavjud. Bir hujayrali suv o`tlari, zamburug`lar, sodda hayvonlar, yuksak tuzilishga ega bo`lgan o`simliklar, hayvonlar va odamlar eukariot organizmlarni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |