1-mavzu: Molekular mехanika. Kimyoviy ilmiy-tekshirish ishlarida kompyuterlarni qo`llash
Download 131.43 Kb.
|
1-mavzu (1-para)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1966-yilda Nobel mukofatiga sazovor bo‘lgan
Molekulyar struktura parametrlari, ularning fizik-kimyoviy xossalari va kimyoviy birikmalaming reaksion qobiliyatini matematik usullarni qo‘llab hisoblashlarga qiziqish kimyoda atom-molekulyar tushunchalar paydo bo‘lishi bilan boshlangan edi. Dalton va boshqa kimyo fanining klassik darg‘alarining ishlaridayoq atom-molekulyar ta’limotni modda xossalarini miqdoriy jihatdan ifodalashga qo‘llashga harakatlar qilingan. Moddalar xossalarini tizimli o‘rganish XIX asrda Kapp, Bertlo, Tomsenlarning ishlarida boshlangan. XX asrning boshlarida esa kimyoviy tuzihshning klassik nazariyasi asosida Paskal, Teylor, Rossin va boshqa olimlar tamonidan davom ettirilgan. Faqat kvant nazariyasining rivojlanishi bilan molekula geometrik tuzilishi va modda xossasini oldindan aytish (bashoratlash) haqiqiy ilmiy asosga ega bo‘ldi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi esa kvant mexanikasini kimyoda qo`llanilish imkoniyatlarini juda ham oshirib yubordi.
Nazariy fizika, amaliy hisoblash matematika va kimyoning birlashtirilishidan kvant kimyosi deb ataladigan bilim sohasi yuzaga keldi. Uning asoschisi sifatida R.Malliken nomi qayd etiladi. R.Malliken molekulyar orbitallar nazariyasining asoslarini yaratgan va bu ishlari uchim 1966-yilda Nobel mukofatiga sazovor bo‘lgan. O‘sha paytda u quyidagi satrlarni yozgan: «Shunday davrlar keladiki yuzlab, hatto minglab kimyogarlar laboratoriyaga emas, hisoblash mashinalariga boradi». Qayd etish mumkinki, R.Malliken aytgan davr keldi. Haqiqatda bugungi kunda kompyuter tadqiqotchining asbobiga aylandi. Unda birlamchi kimyoviy yoki fizik tajribalar amalga oshirilmoqda.
Download 131.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling