Shuning uchun ham kimyo bakalavr yo‘nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda «Moddalar xossalari va tuzilishini matematik modellashtirish» fan sifatida o‘quv rejadan o‘rin oldi. Kimyo ixtisosligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashda o‘quv rejaning ajralmas qismiga aylandi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim - doktorantura tizimida «Matematik modellashtirish» fani bo‘yicha imtihon topshirish belgilandi. - Shuning uchun ham kimyo bakalavr yo‘nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda «Moddalar xossalari va tuzilishini matematik modellashtirish» fan sifatida o‘quv rejadan o‘rin oldi. Kimyo ixtisosligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashda o‘quv rejaning ajralmas qismiga aylandi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim - doktorantura tizimida «Matematik modellashtirish» fani bo‘yicha imtihon topshirish belgilandi.
Kursni o‘rganishda asosiy e’tibor beriladigan mavzular quyidagilar: - Kimyoviy tadqiqotlarda kompyuterlarni qo‘llash;
- Kuch maydonlari yordamida molekulyar modellashtirish uslublari;
- Kvant kimyosi molekulyar sistemalar tahlilida.
- Kvant-kimyo uslublari yordamida molekulyar strukturalami ifodalash;
- Kimyoviy masalalarning yarimempirik uslublari yordamida yechilishi;
- Ab initio - noempirik kvant kimyoviy hisob uslublari;
- Ab initio kvant kimyoviy hisob uslublarida masalalar yechish;
- Kimyoviy birikmalaming xossalari va elektron tuzilishi;
- Kimyo va farmatsevtika tadqiqotlarida QSAR va QSPR tahlil uslublarining ishlatilishi.
Kursni o‘rganishdan hosil qilinadigan asosiy ko‘nikmalar: - Molekula tuzilishining fazoviy ko‘rinishi;
- Organik birikmalar fizik-kimyoviy xossalarini ularning kimyoviy tuzilishi asosida bashoratlash va kimyoviy birikmalar ma’lumotlar bazasi tizimlarini boshqarish;
- Kvant kimyosi;
- Klassik mfexanika; molekulyar mexanika, molekulyar dinamika, Broun dinamikasi, Monte-Karlo usullariga asoslangan molekula geometrik tuzilishi, statistik va dinamik xarakteristikalarini hisoblash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |