1-mavzu: Molekular mехanika. Kimyoviy ilmiy-tekshirish ishlarida kompyuterlarni qo`llash
Download 131.43 Kb.
|
1-mavzu (1-para)
Bugungi kunga kelib tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, muhandislar jamoasi shakllandiki, ular uchun kompyuterlarning kimyoda qo‘llanilishi asosiy ilmiy soha va ijodiy kuchlarni amaliyotda qo‘llashning asosiy sohasi bo‘lib qoldi. Kimyoda kompyuter modellashtirishiga to‘lig‘icha bag‘ishlangan ilmiy jurnallar payda bo‘ldi. Internet tarmog‘ining rivojlanishi bu jarayonlami yanada tezlatdi, elektron jurnallarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron jurnallar, masalan «Kompyuter kimyosi» jurnali (www.ejtc.wiley.co.uk) ilmiy maqolalarni chop ettirish muddatini minimal qisqartiradi, ilmiy ma’lumotlar almashinuvini kengaytiradi.
Bugungi kunga kelib «Kompyuter kimyosi» nomini olgan fan sohasi kvant-kimyoviy hisoblashlar bilan chegaralanmasdan, u o‘zida ko‘plab nazariy usullarhi qamrab olgan. Jumladan moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini hisoblashning turli Yarimempirik va noempitik usullari, sun’iy intellekt usullari va neytron turlarining qo‘llanilishi, ma’lumotlar bazasi, kimyoviy jarayonlar statistik va dinamik xarakteristikalarni sonli modellashtirish va boshqalar. Qayd etilgan har bir yo‘nalishning o‘zi alohida universitet kursining predmeti bo‘lishi mumkin.
Download 131.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling