1-Mavzu «Molekulyar fizika» fanining predmeti, vazifasi va manbalari Reja
MODDA XOSSALARINI O`RGANISHDAGI "MODELLAR"
Download 139.86 Kb.
|
«Molekulyar fizika» fanining predmeti, vazifasi va manbalari
2.MODDA XOSSALARINI O`RGANISHDAGI "MODELLAR"
Molekulyar fizikani o`rganishda qo`llaniladigan modellar haqida tegishli mavzularni bayon qilishda kengroq ma`lumot berib o`tilsada, biz quyida bu modellar ustida qisqacha to`xtalib o`tamiz. Tabiatning to`la analiz qilib bo`lmaydigan murakkab hodisalarini o`rga- nishda, ularning xossalari tajribada kuzatiladigan faktlarga taxminan mos keladi- gan soddaroq obrazi yaratiladi. Bu obraz "model" deyiladi. Fizikada ana shunday modellarsiz ish ko`rib bo`lmaydi. Model hamma vaqt ham mukammal bo`laver- maydi, shuning uchun olingan natijalar va xulosalar ham to`la darajada aniq bo`lavermaydi. Modelni yaxshilash yo`li bilan olinadigan natijalar aniqligini oshirish mumkin. Modellardan foydalanish nazariyani matematik jihatdan soddalashtirishga imkon beradi. Ko`rilishi kerak bo`lgan masalaga qarab molekulyar fizikada quyidagi modellar ishlatiladi: siyraklashgan gazlar holatini o`rganishda gaz molekulasi moddiy nuqta deb tassavvur qilinadi; ideal gazlarning issiqliq sig`imini hisoblashda gaz molekulasining modeli sifatida moddiy nuqta (bir atomli gaz uchun) yoki bir-biri bilan qattiq bog`langan moddiy nuqtalar olinadi (ikki va ko`p atomli gazlar uchun); gazlarning to`qnashuvlari bilan bog`liq masalalarni o`rganishda gaz molekulalari ideal qattiq sharlar sifatida tasavvur qilinadi va ular bir-biri bilan markaziy kuchlar orqali o`zaro ta`sir qiladi deb hisoblanadi. Atom-yadro va uning atrofidagi elektron qobiqdan iborat bo`lgan murakkab sistemadir. Atom va molekulalar bo`ysunadigan qonunlar kvant mexanikasi qonunlaridir. Atom va molekula haqidagi tajriba ma`lumotlarida tasdiqlangan kvant mexanikasi tasavvurlari shundan iboratki, bu zarralarning ichki holatini xarakterlovchi kattaliklar (masalan, energiya va impulñ) ixtiyoriy emas, faqat chekli ya`ni diskret qiymatlar qabul qiladi. Shu sababli klassik mexanika asosida qurilgan molekulyar fizika eksperimental dalillarning barchasini tushuntirib bera olmaydi. Chunki, atom va molekulalarning kvant tabiati ba`zi hollarda albatta namoyon bo`ladi, masalan, jismlarning issiqlik sig`imi masalalarida yoki absalyut nol temperatura yaqinidagi hodisalarda shunday bo`ladi. Klassik fizika modellarini qo`llash sohalarining cheklangan bo`lishiga qaramay Nyuton mexanikasi asosida qurilgan molekulyar - kinetik nazariya katta yutuqlarga erishdi. Bunga sabab, birinchidan, nazariyaning Nyuton mexanikasining umumiy prinsiplari asosida yaratilganligi bo`lsa, (kvant sistemalar uchun ham o`rinli bo`lgan energiya va impulsning saqlanish qonuni), ikkinchidan, makroskopik hodisalarning keng doirasi atomlar tuzilishining detallari va ularni boshqaruvchi qonunlar bilan emas, balki makroskopik sistemalardagi atom va molekulalarning haddan tashqari ko`p ekanligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari matematik usullar keng qo`llanildi. Yana shu narsa ham diqqatga sazovarki, nazariya hamma vaqt tajribalarning natijalari asosida rivojlantirib borildi. Download 139.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling