1,„Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona tili bolaga ko‘p narsani o‘rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko‘p narsa o‘rganadiki, ko‘p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to‘g‘ri o‘qiganda ham uning yarmicha o‘rgana olmaydi. Ona tilining ulug‘ pedagogligi ham ana shundadir". Ushbu fikrni kim aytgan?
J: K.D.Ushinskiy
2.Maktabda o‘qitish nimadan boshlanadi?
3. Ona tili fani bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari” qaysi me’yoriy hujjatga asosan tayyorlangan?
J: ijrosi sifatida soha vakillari, tajribali professor-o‘qituvchilar, metodistlar tomonidan tayyorlandi.
4.Ona tili fani bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari” quyidagi qaysi dasturlarni o‘z ichiga oladi?
J:maktabgacha, umumiy o‘rta, akademik litsey, boshlang‘ich professional va oliy ta’lim dasturlaridan iborat.
5. Ona tilini o‘qitish bo‘yicha nutqiy malakaning 4 turi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
J: nutqni tinglab tushunish
gapirish
o‘qish
yozish
6.Ona tili ta’limida yillar davomida o‘qitilib, ona tili fani bo‘yicha Milliy o‘quv dasturining yaratilishiga sabab bo‘lgan asosiy muammo nima?
“Ona tili” fanini o‘qitishda, asosan, nazariy ma’lumotlarga e’tibor qaratilgan bo‘lib, o‘quvchining nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyasini oshirishga yetarli e’tibor berilmagani;
- “Ona tili” fanida o‘qitiladigan mavzular sinflar kesimida tahlil qilinganda, o‘quvchi uchun murakkab bo‘lgan ko‘plab grammatik mavzularning mavjudligi;
- “Ona tili” fanini hayot bilan bog‘lab o‘tishga, ona tilimizning boy imkoniyat -laridan unumli foydalangan holda, o‘quvchilarga mazmunli, sodda, qiziqarli tarzda yetkazib berishga e’tibor qaratilmagani;
- o‘quvchilar darsliklardagi mavzularni o‘zlashtirishida qiziqish, ishtiyoq, maylni hosil qiladigan, mantiqiy, kreativ, ijodiy fikrlashga undovchi mashqlar, topshiriqlar o‘z aksini topmayotgani;
Do'stlaringiz bilan baham: |