Classical physics
|
Klassik fizika
|
Uch asr davomida rivojlanib, XIX asrning ikkinchi yarmida yorug’likning elektromagnit nazariyasi yaratilishi bilan o’zining eng yuqori cho’qqisiga erishgan fizika
|
Modern physics
|
Zamonaviy fizika
|
Klassik fizikaning ayrim aspektlari atom dunyosida va juda katta tezlik bilan ҳarakatlanuvchi ob`ektlar uchun qo’llanib bo’lmagani uchun fizikada yangi revolyutsiya natijasida yuzaga kelgan fizika
|
Model
|
Model
|
Tadqiq etilayotgan ob`ektda natur eksperimentni amalga oshirishning imkoni bo’lmagan, vaqt davomiyligi katta, qimmat, ҳavfli bo’lgan ҳollarda, real ob`ekt o’rniga almashtirish usuli.
|
Classical physics
|
Molekulyar fizika
|
Jismni xosil qiluvchi zarralarning ҳarakati va o’zaro ta`siriga bog’liq xolda jismlar xossalarini o’rganuvchi fizikaning bo’limi
|
Thermodynamic
|
Termodinamika
|
Energiyaning aylanishining miqdoriy nisbatini va sharoitini analiz qiluvchi fizikaning bo’limi
|
Ob`ekt
|
Ob`ekt
|
Sistemadagi o’rganilayotgan element
|
System
|
Sistema
|
Bir butunlikni tashkil etuvchi komponentlarning ma`lum izchillikdagi o’zaro bog’lanishlari va ta`sirlari
|
System
|
Sistema (tizim)
|
(YUnoncha σύστημα – qismlardan iborat yaxlit birikma) – bir-biri bilan bog’langan va o’zaro ta`sirlashuvchi elementlarning yaxlit to’plamidir
|
Physical system
|
Fizik tizim (sistema)
|
Atrof muҳitdan ajralgan, u bilan yaxlit ta`sirlashuvchi, bir-biri bilan o’zaro bog’langan elementlar majmuasi bo’lib, fizik tadqiqotlar ob`ektidir
|
Closed system
|
YOpiq sistema
|
Atrof-muҳit bilan modda emas, balki issiqlik va energiya almashinuvchi termodinamik tizimlarga aytiladi
|
Complex system
|
Tizimlar majmuasi
|
O’zaro ta`sirlashuvchi bir necha tizimlardan iborat bo’lgan tizimdir
|
Isolated system
|
Izolyatsiyalangan sistema
|
Atrof-muҳit bilan na modda, na energiya almashmaydigan tizim izolyatsiyalangan tizim
|
Open system
|
Ochiq sistema
|
Atrofdagi muҳitga nisbatan qaysidir ma`noda (informatsion, energetik, moddiylik va boshqalar) yopiq deb ҳisoblab bo’lmaydigan fizik tizimdir
|
Physical model
|
Fizik model
|
(Lat. modulus - o’lchov, me`yor) biror ob`ekt yoki ob`ektlar sistemasining obrazi yoki namunasi
|
Analysis
|
Analiz
|
(YUnon. analysis – bo’linish) – tabiat va jamiyatdagi biror narsaning, buyumlarning, ҳodisalarning aloҳida tomonlari, xususiyatlari va ajralmas qismlarini fikran ko’rib chiqish orqali amalga oshiriladigan tadqiqot ҳamda taҳlil orqali borliqni bilish jarayonida ishlatiladigan usul
|
Hypothesis
|
Gipoteza
|
YAngi ҳodisa, voqea va faktlarni avvaldan tushuntirib berish va bashorat qilish uchun xizmat qiladigan, ilmiy taxminlar, bashoratlar
|
Experiment
|
Eksperiment
|
Xulosa va vaziyatlarning nazariy asosini tekshirish maqsadida sun`iy vaziyatni yuzaga keltirish yo’li bilan tajriba o’tkazish uslubi tabiiy fanlardagi asosiy uslublardan biri
|
The theory of physics
|
Fizik nazariya
|
Asosiy tushuncha, qoida, qonunlar va nazariyani ilmiy asoslab beradi
|
Physics experiment
|
Fizik eksperiment
|
Asosan o’qitishda fizikaga oideksperimentdan foydalanishga asoslangan bo’lib fizika bilimlarini nazariy jiҳatdangina emas, balki amaliy ravishda ҳam o’zlashtirish imkonini beradi
|
Method
|
Usul
|
Grekcha so’z bo’lib, yo’l, axlok usuli ma`nolarini bildiradi. Tabiat va ijtimoiy xayot ҳodisalarini bilish, tadqiq kilish usuli, faoliyat, ҳarakatning yo’li, usuli yoki kiyofasi, shakli ko’rinishi
|