55. “Avesto” da hamda “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi dostonlarda bayon etilgan moliyaga daxldor g’oya va fikrlarni aytib bering.
Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800 yil oldin qadimiy Xorazm diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya masalalari ham tadqiq etilganligi jahondagi iqti-sodiy tafakkur tarixi bilan shug’ullanadigan olimlarni hayratga soladi. Zero, dunyoda moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda bugungacha saqlanib qolingan asarlar deyarli yo’q. Xullas, ”muqaddas” kitobda agrar munosabat-larning moliya masalalariga ham katta e’tibor beriladi”. Xalqimizning “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi qator doston-larida ham moliya va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan.
“Alpomish” dostonida Qo’ng’irot elida hukmronlik qilgan Boybo’ri bilan uning ukasi Boysaribiy o’rtasidagi ixtilof zakot masalasida paydo bo’ladi. Asarda Qo’ng’irot va Qalmiq ellarining moliya tizimlari o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib o’tilgan. “Go’ro’g’li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon qilingan. Bunda soliqchi, pul yig’uvchi – pulchin, purush (furush) degan iboralar bilan atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |