57. Al-Farg’oniyning soliqqa tortish tartibiga qo’shgan nazariy va amaliy hissasining ahamiyati qanday?
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-Farg’oniy Misrda Nil daryosi suvi hajmining o’zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o’rtasida bir xil taqsimlashni ta’minlay oladigan, o’z zamonasida jahonda tengi yo’q gidroinshoot barpo etgan. Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat ulRod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 1200 yildan beri ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab turibdi. Vatandoshimiz Al-Farg’oniy ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq miqdorini adolatli o’rnatish g’oyasini oldinga surgan va hayotga joriy etgan. Tan olish kerakki, bu insoniyat tarixida soliqqa tortish tamoyillarini ishlab chiqishga bo’lgan ilk va muvaffaqiyatli amalga oshgan urinishlardan biri edi. Ahmad Al-Farg’oniy mazkur g’oyani o’rtaga tashlagan va hayotga joriy etgan IX asrda g’arb mamlakatlarining ko’pchiligi hali davlat sifatida shakllanib ulgurishmagan edi. Binobarin, ularda soliq haqida fikr yuritishga asos, ya’ni soliqlarning o’zi ham yo’q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |