61. Alisher Navoiy moliya fani va amaliyotini rivoj-lantirishda qanday xizmatlar qilgan?
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) “Hilo-liya”, “Vaqfiya, “Mahbub ul- qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) kabi qator asar-larida adolatli davlat, adolatli soliq masalalari bo’yicha o’z fikr-qarashlarini bayon etgan. Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va bosh vaziri lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan davrida aholi uchun soliq miqdorining adolatli bo’lishi uchun kurashgan. Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida g’arblik olim va mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz. Haqiqatdan ham ular zamonaviy moliya nazariyasi va amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. Bunga hech kim shubha qilayotgani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |