32. Iste’mol fondining tarkibiy qismlarini ayting.
Istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
ijtimoiy iste’mol fondlari;
shaxsiy iste’mol fondlari.
33. Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi nima orqali amalga oshiriladi?
Ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi.
34. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moliya qanday shaklda va tartibda ishtirok etadi?
Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bo’ladi. Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (o’tgan) tsiklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlari qiymatini tiklash uchun mo’ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning egasi va ishchilar o’rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |