1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 275.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza Moliyaning mohiyati va funktsiyalari
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda
davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag‘lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik subektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. Xо‘jalik subektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga e g a ekanligini kо‘rsatadi. YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi. SHunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir: -qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bо‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi; -pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega ekanligi; -markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish). Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday о‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning о‘zida moliya puldan о‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bо‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bо‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari о‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi. Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: -tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -byudjet tizimiga soliqlarni tо‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlarni tо‘lash jarayonida davlat va fuqarolar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -tо‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va maqsadli fondlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -byudjet tizimining alohida bо‘g‘inlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -sug‘urta badallarini tо‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi rо‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bо‘lib mamlakatning milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadning hajmi umumdavlat e h tiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Huddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda milliy daromad statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir. Moliyaning ishtirokisiz m i l l i y d a r o m a d ni taqsimlab bо‘lmaydi. Moliya m i l l i y d a r o m a d ni yaratish va undan foydalanishning ajratib bо‘lmaydigan bog‘lovchi bо‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat kо‘rsataolmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bо‘lgan korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir. Download 275.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling