1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 275.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza Moliyaning mohiyati va funktsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va о‘rnini kо‘rsatish uchun JIMning
о‘rniga YAIMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki kо‘rsatkichlar о‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan, YAIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning о‘zida esa, JIMning tarkibi noishlab chiqarish xizmatlarisiz bо‘lib, ularning salmog‘i yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat jarajatlarining1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning kо‘pqadamli ekanligi inobatga olinadigan bо‘lsa, JIM kо‘rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bо‘ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bо‘lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini о‘zida tо‘liqroq aks ettiradi. Jami ijtimoiy mahsulot quyidagi ikki asosiy qismdan iborat: -mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari); -milliy daromad (ishchi kuchi va qо‘shimcha mahsulotning qiymati). Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. Jami ijtimoiy mahsulotning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom- ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg‘i elektroenergiyani xarib qilish kо‘rinishlarida va xokazo) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. Chunki usiz jamiyatning bо‘lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu jami ijtimoiy mahsulotni taqsimlash jarayonidir. Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona (alohidalashgan) tizim sifatida qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash milliy daromaddan faqat soliqlarni tо‘lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat kо‘rsatish sferasi, maorif, sohliqni saqlash, bank tizimi va xokazolar ham qatnashadi. Davlat о‘z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjet sohasining xodimlariga ish haqi tо‘laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, о‘z navbatida, davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan soliqlarni tо‘laydilar. Fuqarolar о‘zlarining shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini tо‘laydilar, sug‘urta fondlariga ajratmalar (badallar) qiladilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qayta-radilar. Korxonalar xizmat kо‘rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar tо‘laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga yо‘naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar ham moliya bо‘lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan chetda moliya mavjud emas. Jami ijtimoiy mahsulotning ikkiga bо‘linishi bilan xarakterlanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan sо‘ng ikkinchi bosqich boshlanadiki, unga muvofiq milliy daromad jamg‘arish fondi va iste’mol fondiga bо‘linadi. Jamg‘arish fondi ikki qismdan iborat bо‘lib, uning bir qismi takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga mо‘ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat quyilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va sug‘urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bо‘ladi. Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu erda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida (chegarasida) amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan (sivilizatsiyali) mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega bо‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini о‘rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-ketligiga e’tibor bermaslikka imkon beradi. Kо‘pchilik hollarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bо‘ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bо‘yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi. Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi о‘rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan subektlari (davlat bilan ham birgalikda) о‘rtasida ham juda alohidadir. Iste’molning darajasiga texnologiya darajasi, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi. Huddi shunga о‘xshash ravishda jamg‘arish fondi va iste’mol fondi о‘rtasidagi nisbatlarning tendentsiyasini aniqlashning ham iloji yо‘q. Iste’mol fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida jamg‘arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg‘armalar о‘sadi). Agar milliy daromadda iste’molning nisbiy hissasi kamroq bо‘lsa, korporativ jamg‘armalar о‘sadi. Chunki yaratilgan milliy daromad yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish jarayonining negizida о‘ziga xos tovar bо‘lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi о‘zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bо‘lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga - mehnat qurollari va mehnat predmetlari - xos emas. О‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat: -ijtimoiy iste’mol fondlari; -shaxsiy iste’mol fondlari. Alohida olingan mamlakatlar bо‘yicha ular о‘rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga, an’analarga va xokazolarga bog‘liq. Hokimiyat tepasida kommunistik yoki ijtimoiyistik partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy о‘rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam kо‘rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy iste’mol fondlarining salmog‘i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori bо‘lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xо‘jaligi va hokazolarni moliyalashtirish qо‘llab-quvvatlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyasiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Boshqa qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani sо‘zma-sо‘z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va ajratmalarning о‘lchamini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi. Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bо‘lgan dunyoning kо‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishda о‘zining tо‘lovlari bilan ham ish beruvchilar va yollanma mehnat xodimlari ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining bir qismi yо‘naltiriladi. Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bо‘linadi: -shaxsiy jamg‘arma fondlari; -iste’mol fondlari. Aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat kо‘rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. Iste’mol fondi va jamg‘arish fondi о‘rtasidagi nisbat hamda ularning fizik hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar kо‘rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini olib qо‘ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin. Bu erda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish tо‘g‘risida gap ketayapti), yo nosamarali (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yo nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bо‘lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag‘batlantirmaydi) bо‘lishi mumkin. Agar davlat soliqlar kо‘rinishida MDning 30foiz dan ortiqrog‘ini oladigan bо‘lsa, u holda iqtisodiyotni о‘stirish va modernizatsiya qilish uchun ichki rezervlar etarli darajada bо‘lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqli olib qо‘yish darajasi 30 foizdan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat о‘z zimmasiga olishi kerak. Nazorat uchun savollar 1.Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda moliyaning ahamiyatini tushuntirib bering. 2. Istemol fondining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 3.Moliyaviy siyosatning asosiy yо‘nalishlari nimalardan iborat? 4.Istemol fondining tarkibiy qismlarini sanab о‘ting. Download 275.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling