1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanishning obyektiv


Download 275.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana02.11.2023
Hajmi275.16 Kb.
#1740598
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza Moliyaning mohiyati va funktsiyalari

3.Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanishning obyektiv
shart-sharoitlari va imkoniyatlari 
Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy 
ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi (amal qilishi) mumkin emas. 
Dunyo aholisining о‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi
mamlakatlar ichidagi va ular о‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy- 
texnika taraqqiyotining rivojlani va boshqa bir qancha omillar bilan “hayot 
kechirish”ni yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati 
mavjudligining muhim sharti bо‘lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori 
texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat 
sanalgan 
mamlakatlarda 
moliyaviy 
kapitalning 
kontsentratsiyalashuviga 
(tо‘planishiga) olib kelmoqda. Eng kag‘al mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib 


chiqarish va qishloq xо‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. 
Shunday bо‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish 
jarayonining mazmuni о‘zgarmasdan qolayotir. 
Faqat qо‘shimcha mahsulotning konsentratsiyalashuv (tо‘planish) joyi 
о‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning 
asosiy qismi e ng rivojlangan mamlakatlarda “chо‘kmoqda” va ularga kelgusida 
ham taqsimlashni о‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti. 
Takror ishlab chiqarish jarayoni о‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 
-ishlab chiqarish; 
-almashuv; 
-taqsimlash; 
-iste’mol
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart 
bо‘lib, hatto ularning birisiz takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir 
bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. 
Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va 
bilvosita shakllarda bо‘lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi 
singari almashuv bosqichida markaziy о‘rinni egallaydi. Biroq, baho 
kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa 
kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita namoyon 
bо‘ladi.
Davlat 
moliyasining 
ijtimoiy 
mо‘ljallanganligidan 
(davlatning 
о‘z 
funksiyalarini bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanish) kelib chiqiladigan bо‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan 
kattaroq ekanligi yaqqol kо‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu 
bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, 
jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bо‘ladi. 
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, 
takror ishlab chiqarishning oldingi (о‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari 
va predmetlarini tiklash uchun mо‘ljallangan qismi ajra-tiladi. Bu qism takror ishlab 
chiqarishning yangi siklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. 
Qolgan qism vositalar (mablag‘lar)ning egasi va ishchilar о‘rtasida taqsimlanadi.
Taqsimlash proporsiyalari (nisbatlari) asrlar davomida shakllanib, unda 
ishtirokchilarning har biri о‘ziga tegishli bо‘lgan qismni ortirish (kо‘paytirish) 
maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bо‘ladilar. Shunday qilib, 
jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan 
sо‘ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib о‘tadi. Takror ishlab chiqarish 
jarayonining har bir ishtirokchisi о‘ziga tegishli bо‘lgan daromadni quyidagi ikki 
qismga bо‘ladi: 

Download 275.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling