1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliyani o‘rganishning zarurligi Fanning maqsadi va vazifalari


Download 115.4 Kb.
bet11/11
Sana18.06.2023
Hajmi115.4 Kb.
#1576886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari :
1.Moliya mexanizmini soha va bu’g’inlar mexanizmi;
2.Tashkilotlar va muassasalar moliya mexanizmi;
3.Davlat moliyasi mexanizmi;
4.Sug‘urta mexanizmi.
Moliya mexanizmining soha va bo‘g‘inlari bir-birlari bilan murakkabligi va boshqa jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Masalan, budjet mexanizmi: - soliq turlarining ko‘pligi; - ularni undirish usullarining turli-tumanligi; - moliyalashtirish usullarining turlichaligi; - byujet mablag‘laridan foydalanishning ko‘p yo‘nalishliligi bilan xarakterlanadi. Korxona moliya mexanizmi orqali esa, - korxona pul jamg‘armalari shakllari belgilanadi; - foyda va daromadlar taqsimlanadi; - moliyaviy resurslar taqsimlanadi; - turli maqsadli fondlar tuziladi va ulardan foydalanish ta’minlanadi. Moliya mexanizmining elementlari tarkibida fondlar va to‘lovlarni miqdor jihatdan aniqlash usullari qismi eng harakatchan va tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ular ishlab chiqarish shart-sharoitlarining hamda jamiyat oldida turgan vazifalarning o‘zgarishiga qarab tez-tez o‘zgarib to‘g‘rilanib turiladi. Masalan, pul mablag‘lari fondlarining shakllari o‘zgarmagani holda, foydani taqsimlash usullari bir necha bor o‘zgardi, taqsimlash qoldiq usuli, normativ usuli, majburiy to‘lovlar usuli; soliq turlari o‘zgarmagani holda, ularning stavkalari, ular bo‘yicha imtiyozlar, sanksiya va jarima kabi jazo choralari iqtisodiy talablari bozor talablariga ko‘ra tez-tez qayta qurilib, o‘zgarib turadi. O‘zbekiston soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali faoliyat qilib kelgan oborot solig‘i o‘rniga joriy qilingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning stavkasi dastlab 30% miqdorida, keyinchalik 25, 20, 18, 17 % miqdorlarigacha tushirildi. Hozirgi kunda esa, 15 % lik miqdor qo‘llanilmoqda.
Moliyaviy mexanizmni shakllantirish bilan davlat uni u yoki bu davr moliya siyosati talablari bilan iloji boricha to‘la mos kelishiga intiladi. Bu esa davlatning maqsad va vazifalarini to‘laqonli bajarilishining garovi hisoblanadi.

Download 115.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling