1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliyani o‘rganishning zarurligi Fanning maqsadi va vazifalari


Tartibga soluvchi moliya mexanizmi


Download 115.4 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi115.4 Kb.
#1576886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tartibga soluvchi moliya mexanizmi davlat manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydigan moliya munosabatlarida qo‘llaniladi va faqatgina asosiy qoidalarni o‘rnatilishini nazarda tutadi. Moliya mexanizmining bunday xilma-xilligi xususiy korxonalarda ichki xo‘jalik moliya munosabatlarini tashkil qilish uchun xarakterlidir. Bu holatda davlat moliya resurslaridan foydalanishning umumiy tartiblarini o‘rnatadi.
6. Moliya mexanizmining tarkibi va tuzilishi
Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1. Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash (prognozlash).
2. Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalari.
3. Moliyani boshqarish.
Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash (prognozlash) - moliyaviy mexanizmning asosiy qismi bo‘lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar, me’yorlar tuzishni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalariga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to‘lovlar, ajratmalar, qo‘llaniladigan imtiyozlar, jazolar (sanksiyalar), jarimalar kiradi.
Moliyani boshqarish - subyektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish, yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish usullari yig‘indisidan iborat.
Ayrim iqtisodchilar, yuqoridagilarni inkor etmagan holda, moliyaviy munosabatlarning ko‘p qirraligi, soha va bo‘g‘inlardan iboratligini hisobga olib moliya mexanizmini quyidagi sohalar va bo‘g‘inlarga ajratib ko‘rsatiladilar. O‘z navbatida bu har bir soha alohida tarkibiy bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, davlat moliyasi mexanizmi budjet mexanizmi va budjetdan tashqari fondlar amal qilish mexanizmlariga bo‘linadi. Hududiy bo‘linishidan kelib chiqib umumdavlat moliya mexanizmi va mahalliy moliya mexanizmlariga ajratish mumkin. Moliyaviy mexanizmni ijtimoiy takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qaralganda uning funksional bo‘g‘inlari hosil bo‘ladi, ya’ni mablag‘larni jamlash, moliyalashtirish, rag‘batlantirish va b. Moliya mexanizmining har bir soha va bo‘g‘inlari bir butunning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular o‘zaro bog‘liqdir. Shu bilan birga, har bir soha va bo‘g‘in nisbatan mustaqil amal qiladi. Bu holat moliya mexanizmi tarkibiy qismlarining doimiy muvofiqligini zarurligini keltirib chiqaradi.

Download 115.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling