1-mavzu: Motivatsiya haqida umumiy tushuncha Asosiy savollar


Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o’rganilishi


Download 161.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana03.12.2023
Hajmi161.3 Kb.
#1799648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mavzu

4.Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o’rganilishi. 
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish 
orqali tadqiq qilib kelinmoqda.
Professor E.G‘ozievning ta’kidlashicha: motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga 
yondashsak, bu holda u insonlar (goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatini ruhiy 
jihatdan boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o‘ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut 
emizuvchi hayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o‘tiladi. Insonlarga aloqador 
motivlar tushunchasi qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning barcha turlari (ko‘rinishlari, 


modalliklari, shakllari) ni o‘z ichiga oladi (chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, 
intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar). 
Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay, ko‘pgina chet el 
tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni ilmiy jihatdan tekshiradilar, 
hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni 
motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy 
tomonlarini o‘zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining 
manbai sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib, o‘ziga 
xos ravishda tushuntirishga intiladilar.
Psixoanaliz asoschisi Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik 
energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv 
– bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir (ushbu ta’rifga nisbatan munosabat 
o‘ta bahsli bo‘lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni kitobning boshqa bo‘limida 
bildiramiz). 
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida quyidagi mulohazalarni 
bildiradi: motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo‘ladigan determinatsiyadir; motiv – bu shaxs 
xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi sub’ektiv tarzda aks 
etish demakdir.
Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘luvchi 
motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o‘rin egallaydi. Motivning tuzilish 
(strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo‘nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-tuyg‘usi), 
qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to‘plangan 
nazariy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter 
shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud. Jumladan, 
xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat 
dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma’naviy va ma’noviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi. 
Motivatsiya tushunchasini boshqaruv sohasi bilan bog‘liq talqini xildir.Shu sababli 
motivatsiya borasidagi xorijiy adabiyotlarda ularga quyidagicha izoh beriladi.
Motivatsiya - shaxsiy maqsad yoki tashkilot maqsadlariga erishish uchun o‘zining va 
o‘zgalarning qo‘zg‘atish jarayoni ( Meskon M., Albert M., Xedouri F. Osnovы menedjmenta.
- M.: Delo, 1992. S. 361) 
Motivatsiya  - inson tomonidan tashqi va ichki omillarning kompleks ta’sirlarini 
aniqlovchi biror bir faoliyatni ongli tanlash jarayonidir. ( Meskon M., Albert M., Xedouri F.
Osnovы menedjmenta. - M.: Delo, 1992. S. 361) 

Download 161.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling