1-mavzu. Ms word dasturi imkoniyatlari


-Mavzu: “Kiril – Lotin tarjimon dasturi” loyixasi


Download 2.03 Mb.
bet31/37
Sana18.11.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1784923
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
WORD protsessori imkoniyati

28-Mavzu: “Kiril – Lotin tarjimon dasturi” loyixasi.

Ko’pchilikda lotin va kirill yozuvi bilan bog’liq muammo ko’pchilikni qiynashi mumkin. Word dasturiga o’rnatiladigan ushbu macros orqali bu muammoni yetishga imkon topilsa ajab emas. Bu macros orqali kirill yozuvidagi matnlarni lotinga va aksincha lotin yozuvidagi matnlarni kirill yozuviga o’tkazish mumkin.


Makrosni o’rnatish uchun avvalo quyidagi .bas fayllarni ko’chirib oling:
Cyr3Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Lat3Cyr.bas – Lotinni kirillga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Cyr2Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Lat2Cyr.bas – Lotinni kirillga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Word macros.zip – To’rttala fayl arxivlangan ko’rinishda.
MAKROSNI O’RNATISH
Avvalo Microsoft Word dasturini oching. Buyruqlar qatoridan Сервис > Макрос > Редактор Visual Basic ka kiring.
Shunda sizda Microsoft Visual Basic oynasi ochiladi. Buyruqlar qatoridan File > Import File ga kiring.
Ko’chirib olgan .bas fayllaridan mosini tanlang. Masalan: Cyr3Lat.bas. Сохранить tugmasini bosganingizdan so’ng, siz tanlagan fayl Visual Basic modullarida paydo bo’ladi. So’ng buyruqlar qatoridan File > Close and return to Microsoft Word ni tanlab, yana Wordga qaytasiz.
Makros muvaffaqiyatli tarzda Word dasturiga o’rnadi. Endi biron kirillcha matnni ochib tekshirib ko’ring. Сервис > Макрос > Макросы дан Сyr3Lat ni tanlang va Выполнить tugmasini bosing.
Sizga oson bo’lishi bo’lishi uchun, ushbu makrosni alohida tugmacha bilan ifodalash ham mumkin. Buning uchun buyruqlar panelidan Сервис > Настройки ga kiring va Команды qatoridan Макросы ni belgilang.
U yerdan Normal.Cyr3lat.Cyr3Lat ni sichqoncha bilan belgilab, qo’yib yubormasdan tepadagi buyruqlar qatoriga olib chiqing. Joylashtirganingizdan so’ng sichqonchaning o’ng tomoni bosib, Makrosni o’zingizga moslab olishingiz mumkin.
Bunda siz unga biron nom berishingiz (masalan, Kirill>Lotin yoki Cyr>Lat), rasmcha-belgi tanlashingiz mumkin.Endi siz ushbu tugmacha yordamida istalgan kirillcha matnni lotinga aylantisrishingiz mumkin. Boshqa .bas fayllarni ham shu tarzda o’rnatishingiz mumkin.
Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotingalotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, «translit» dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi.
Ushbu dasturni o‘zingizga yuklab olib, uni arxivdan alohida papkaga ajrating. Dasturni o‘rnatish tartibi oddiy, buning uchun «Setup.exe» yoki «Translit.exe»ni ishga tushiramiz. Dasturni o‘rnatayotgan paytingizda bu ikki ilova bir papkada bo‘lishi muhim hisoblanadi. Dasturning o‘rnatilishi oxirida xatolik oynasi chiqadi: Buning dastur ishlashiga hech qanday ta’siri yo‘q, bu oynada «Continue» tugmasini bosib davom etamiz va keyingi oynada «Close» tugmasini bosib dastur o‘rnatilishini yakunlaymiz. Dasturni o‘rnatayotgan paytimizda «Word» dasturi ishga tushirilmagan bo‘lishi lozim.
Dasturni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng undan foydalanish uchun «Word» dasturini ishga tushiramiz va «Menyu» satri (Stroka menyu)da «Nadstroyki» bo‘limi (Vkladka)ni topamiz, uning tarkibida «Kirill – Lotin», «Lotin – Kirill» va «Print_Kitob» tugmalarini ko‘rishingiz mumkin.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling