1-mavzu: Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi


Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari


Download 444.99 Kb.
bet12/23
Sana17.06.2023
Hajmi444.99 Kb.
#1547779
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
kommunikativ madaniyat uslubiy qo\'llanma

2.2. Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari
Mustaqil yurtimizda ma’naviy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan bir paytda muloqot texnikasiga bo‘lgan e’tibor ham ortmoqda. Har bir shaxs, har bir fuqaro, qolaversa, har bir pedagog his- tuyg‘ularini ifodalashda, boshqalar bilan muloqotda, fikr almashuvda, o‘z faoliyatini olib borishda nutqning ahamiyati katta ekanligini bilmog‘i zarur. Nutqni aniq, to‘g‘ri, chiroyli, ixcham va sof tuzish uchun esa tilni, uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Hamma ham birday chiroyli so'zlash qobiliyatiga ega emas, hammada ham notiqlik san’ati, nutqiy salohiyat bir xilda shakllangan deb bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas olish bilan uzviy bog‘liq, nafas olmasdan tovush chiqarib bo‘lmaydi, so'zlash uchun esa avval o‘pka havo bilan to‘ldiriladi. To‘g‘ri nafas olish tovush va nutqning jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo ko‘pchilik o'z nafas olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urg‘u noto‘g‘ri ishlatilishi, mavzuning ma’nosi o'zgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega bo‘lmagan, xirildoq, bo‘g‘iq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning g‘ashiga tegadi. Ovozdagi bunday nuqsonlarni ko‘proq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot texnikasida suhbatdoshlar o'z ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘g‘on, uzun- qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma’ruza o‘qishga ta’sir qiladi. Shundagina tinglovchining nafaqat qulog‘ini, balki qalbini ham zabt eta oladigan namunali nutq shakllanadi.13
Pedagog muloqot qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim, kerakli muomala ohangi va munosabat usulini tanlashni bilishi kerak, boshqacha aytganda, o‘quvchilarga individual yondashishni bilishi lozim. O‘quvchilar bilan sun’iy pand-nasihatli, oshna-og‘aynilik ohangida gaplashish mumkin emas. Pedagog doim bolalarning katta guruhi va ular bajarayotgan ko‘p jarayonlar bilan ish olib boradi, ularning barchasi o‘qituvchi nazaridan chiqib ketmasligi kerak. Pedagog uchun yana bir muhim narsa bu o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning ruhiy holatini aniqlash.
Pedagogik munosabat —pedagogning o‘quvchilar bilan tarbiya maqsadida aloqa o‘rnatishidir. Pedagogik munosabatda gapirish madaniyatiga (talaffuz tarzi, nutq ohangi, orfoepiya) to‘g‘ri nafas olishga, ovozni qo‘ya bilishga o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Og‘zaki nutq mahoratini mukamalligi o‘qituvchining kasbida ko‘p gapirishi bilan emas, balki ma’noli so'z orqali ta’sir uslublarini qo‘llash orqali belgilanadi. Pedagog o‘z ovozini, yuzini boshqarishga, pauza tutishga, gavdani, imo-ishorani, mimikani tutishga o‘rganishi kerak.
Pedagogik munosabat muammolariga amerikalik pedagoglar katta e’tibor beradi. J.Brofi va T.Guddning «O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari» kitobida o‘qituvchining o‘quvchilarni ajratib munosabat qilishga asoslangan «subyektiv» munosabatlar xususiyatlari tahlil qilinadi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, pedagoglar ko‘proq yoqimtoy o‘quvchilarga yaxshi munosabatda bo‘lar ekan. Ular uchun beparvo o‘quvchilar e’tibordan chetda qolib, aql-zakovatli, intizomli, harakatchan o‘quvchilarga nisbatan yaxshiroq muomalada bo‘lishadi. Sust, erksiz, lapashang o‘quvchilar ikkinchi o‘rinda qolib, mustaqil, faol, o'ziga ishongan o‘quvchilarni yoqtirmas ekan.
Psixolog olim E.G‘oziyev14 muomala tuzilmasi to‘g‘risidagi tadqiqotlarida muomalaning quyidagilardan tarkib topganligini ko‘rsatadi:
1. Kommunikativ (bir tomonlama) axborot uzatish.
2. Interaktiv (ikki tomonlama o‘zaro ta’sir).
3. Perseptiv (o‘zaro bir-birini idrok qilish). Jumladan, muomalaning birinchi tomonida - tilga va uning amaliy ifodasi bo’lmish nutq faoliyatiga bevosita m urojaat qiladilar. Muomalaning ikkinchi tomoni - muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro ta’siri, ularning nutq faoliyatida nafaqat so‘z orqali fikr almashinuvi, balki xatti-harakati va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanishdan iborat. Muomalaning uchinchi tomonida - muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish jarayoni namoyon bo‘ladi, insonni inson tomonidan idrok qilish yuzaga keladi.
Insoniy muloqot sharoitida axborot va m a’lumotlar nafaqat uzatiladi, balki shakllanadi, aniqlanadi va rivojlanadi ham. Bunda kom munikativ jarayonning har bir a ’zosi o‘zi bilan hamkorlik qilayotganning ham faolligini ko‘zlaydi. Hamkor ishtirokchi subyekt sifatida qo‘yiladi. Shu bois unga axborot uzatish jarayonida manfaati, maqsadi va xohishini inobatga olish maqsadga muvofiq. Lekin muloqotning bu ko‘rinishida qiyinchiliklar yuzaga kelish, turli to‘siqlar paydo bo‘lish ehtimolini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Interaktiv - (o‘zaro ta’sir) muloqot odamlar o‘zaro ta’sirlanishi jaryonida nafaqat axborot almashinuvini, balki harakatlar almashinuvini yoiga qo‘yish, umumiy faoliyatni rejalashtirish ham muhim sanaladi. Muloqot sharoitida anglanadigan jarayonlarni faollashtirishda qarama-qarshi fikrlar va qarshiliklarga duch kelish natijasida paydo bo‘ladigan muammoli holatlar muhim sharoit bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha axborot va ma’lumotlarga ehtiyoj kuchayib boradigan ko‘p tomonlama uyg‘unlik yuzaga keladi. Bu qo‘shimcha faoliyat qatnashchilarining o ‘zaro ta’siritezligini oshishiga olib keladi.
Perseptivlik - (qabul qilish) muloqot jarayoni qatnashchilari o‘rtasida bir-birlarini tushunish va bir-birlariga tushuntira olish g‘oyatda muhim. Bir-birlarini tushunishning o‘zi turlicha talqin etilishi mumkin: hamkorning xohishi, maqsadini tushunish va ularni motivlarini to‘g‘ri yo‘naltira bilish. Muloqot odamlar
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va o‘zaro tushunishning murakkab ijtimoiy-psixologik jarayoni sifatida turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Jumladan, verbal muloqot (belgili tizimlardan nutqda foydalanish) va noverbal muloqot (turli xil nutqiy belgili tizim lardan foydalanish)ni farqlash qabul qilingan.
Ilmiy tadqiqot ishlari fanni rivojlantirishga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirib o’rganishga, muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgi kunda quyidagi metodlarni ta’lim taraqqiyotiga samarali hissa qo’shadi deb hisoblash mumkin:
1. Nazariy usul – ilmiy adabiyotlar, ommaviy matbuot, internet materiallari, darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar, ko’rsatmalar bilan ishlash, manbalarni o’rganish va nazariy tahlil qilish asosida olib boriladigan pedagogik izlanish. Bu usul muammolarning qay darajada o’rganilgani, qay biri atroflicha ochilganligi, qaysi masalalar yechilmaganligini bilish imkoniyatini beradi.
2. Kuzatish usuli – pedagogik hodisani, jarayonni ma’lum edagogik maqsad asosida kuzatish. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, mukammallashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda, tabiiy kuzatish ta’lim oluvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.
Miya hujumi” (ingl. “brainstorming”, “brain” – miya, fikr, “storm” – hujum, jang) metodi. Ushbu metoddan maqsad, mumkin qadar ko’p miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni yengishdir. Bu metod A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, ijodiy faollik asosida muammoni hal qilishning operativ usulidir. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g’oyalar tanqidini mutlaq taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibani rag’batlantirishdir.
Bu metoddan foydalanishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi – mashg’ulot rahbariga bog’liq. Ishtirokchilar 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi va har bir guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo’yicha 15 minut davomida ishlaydi. Shundan so’ng har bir guruh vakili o’z guruhlarida ishlab chiqilgan g’oya haqida axborot beradilar va o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib unga baho beradilar. Ulardan eng yaxshilari va betakrorlari tanlab olinadi. Metodning asosiy qoidalari:
1. Eng ko’p sonda takliflar olish
2. Yangicha fikrni tabriklash va fikr qanchalik odatdan tashqari bo’lsa, shuncha yaxshi bo’lishini hisobga olish.
3. G’oyalarni shakllantirishga xalal beradigan qanday bo’lmasin biror mulohaza va tanqidiy fikrlarni bildirmaslik.
4. Asosiy maqsad sifat emas miqdor ekanligini yodda tutish.
Bu metod ta’lim oluvchilarga fikrlash, o’z fikri va nuqtai-nazarini ifodalash, uni isbotlash, himoya qilish, har qanday vaziyatda eng ma’qul yechimni topish, muloqot olib borish, himoya qilinayotgan nuqtai-nazarning to’g’riligiga opponentlarni ishontirishga o’rgatadi. Bu metod shu kungi mavzuni to’la tahlil qilib chiqish oldidan o’tkaziladigan “motivatsion mashq” sifatida ham qo’llaniladi. “Klaster” (tarmoqlar) metodi. Fikrlarni tarmoqlashtirish – bu pedagogik strategiya bo’lib, u talabalarni biron-bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni (assotsiativ) erkin va ochiq ravishda ketmaketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashtirishga o’rgatadi. Bu metod biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval talabalarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini ijodiy yondashgan holda chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu esa talabalarga o’z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
1. Xayolga kelgan har qanday fikr ketma-ket yoziladi.
2. Belgilangan vaqt tugaguncha yozishda davom etish kerak. Mabodo fikrlar tugab qolsa, u holda yangi fikr kelguncha boshqa tarmoqdan davom ettirib ketish lozim. 3. Iloji boricha fikrlarning ketma-ketligi, tarmoqlari va o’zaro bog’liqligini ko’paytirishga intiling. Ushbu metod yakka, kichik guruh, jamoa bilan ishlashda qo’llanilishi mumkin. Guruh holatida qo’llanilishi guruhlar fikrini to’plash va ularni bir tizimdagi qurilmaga keltirishda muhim hisoblanadi.
Kim ko’proq, kim tezroq” metodi (Blits-so’rov). Bir qancha tezkor savollarga talaba yoki guruh ajratilgan vaqt ichida javob berishi lozim. Ekspert nechta savolga to’g’ri javob berilganini sanab qayd etib boradi. Savol va topshiriqlar har qanday fanga moslashtirilgan bo’lishi mumkin. Bu metod nazariy fanlar uchun ham fundamental va pedagogik fanlar uchun ham to’g’ri keladi. Bu metod talabada tez fikrlash, topqirlik, xozirjavoblik malakalarini rivojlantirishga yordam beradi va talabaning diqqat-e’tiborini kuchli jalb qilishi, guruhni jonlashtirishi va faollashtirishi bilan farqlanadi.
Muammoli vaziyat” metodi. Talabalarda qarama-qarshi fikrlar hosil bo’lishiga olib keladi, muammoli vaziyatni hal qilish usullarini topish malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. Amaliy faoliyatda uchraydigan muammoli vaziyatlar bilan tanishtiradi, ularga tayyor bo’lish, maqsadga muvofiq holda to’g’ri hal qilishni o’rgatadi. Muammoni har tomonlama o’rganish, turli xil pozitsiyalarda ko’rib chiqish, taqqoslash, solishtirish, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishga undaydi.
Muammoli vaziyat:
Muammo:
Muammoning kelib chiqish sabab va omillari:
Muammoni hal qilish xatti-harakatlari:
Muammoning yechimi
Shuni unutmaslik kerakki, muammoli vaziyat yangi tushunchalar, belgilar, xususiyatlarni o’zida jalb qilishi hamda talabaning tushunchasi doirasida berilishi lozim.
Asalari galasi” metodi. Ushbu metodning maqsadi to’g’ri va murakkab savol tuza olish uchun talabalarni mavzuni yaxshilab o’zlashtirishga, birgalikda muhokama qilishga, takrorlashga o’rgatishdan iborat. Guruh qatnashchilari 10 minut davomida mavzu bo’yicha yoki har bir guruh mavzu rejalari asosida savollar tuzishi lozim. Keyin ihtiyoriy bir guruhga qolgan barcha guruhlar ketma-ketlikda savollar bilan asalari galasidek “yopiriladi”. Javoblar yozma yoki og’zaki tashkil qilinishi ham mumkin. Guruhning to’g’ri javoblari ball tariqasida qo’yib boriladi. Eng ko’p ball yig’gan guruh g’olib hisoblanadi va a’lo baholanadi.
3x4” metodi. Bu metod uchun guruh albatta 4 ga bo’linishi lozim. Har bir guruhga mavzuga oid turli xil topshiriqlar beriladi. Guruhlar ushbu topshiriqqa 3 tadan javob yozishadi (guruh qatnashchilari soniga qarab bu raqam ifodasi “5x5” ... o’zgarishi mumkin). Keyin topshiriqlar yozilgan qog’oz guruhlararo almashtiriladi. Shunday qilib, har bir topshiriqqa, ya’ni savolga 12 ta javob beriladi. So’ngra barcha javoblar guruhlar tomonidan muhokama qilinib, to’g’rinoto’g’ri javoblar aniqlanadi va baholanadi. Bu metod talabani o’zaro fikr almashish, aniq va lo’nda tarzda fikrni ifodalash, ko’p sonda fikr bildira olishi uchun mavzuni chuqurroq o’zlashtirishga o’rgatadi.
Pinbord” metodi (ingl. “pin” – mustaxkamlash; “board” - doska). Bu o’qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suxbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari – rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: talabalarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish kunikmasi rivojlanadi. Mavzuni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.
Talabalar berilgan topshiriqni birgalikda muhokama qiladilar, baholaydilar, eng optimal va samarali fikrlarni (qisqacha) qog’oz varag’iga yozishadi va doskaga mahkamlashadi. Boshqa gurux vakillari doskaga chiqib, xato yoki qaytarilgan, bahsli fikrlarni belgilaydilar hamda lozim bo’lsa qo’shimcha qiladilar.
“Skarabey” interfaol texnologiya bo’lib, u talabalarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. u, ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quvmaterialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:

  • boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida;

  • mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;

  • oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida

“Sinektika” metodi - 1960 yilda AQSh da U.Gordon va J.Prins tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metod talabalarga muammoning unsurlarini jamoa bo’lib ifodalashga, ijodning bosh maqsadini ajratib olishga, turli xil xarakterdagi vazifalarni yechishning har xil nusxalarini izlashga yordam beradi va ular quyidagi shaklga ega bo’ladi:
- bevosita - ma’lum bir vazifaning yechilishiga o’xshatib yechiladi;
- shaxsiy - obyektdagi berilgan vazifa obraziga kirishga urinib ko’rish va shu nuqtai nazardan fikrlashga harakat qilib ko’ring;
- ramziy - ikki jumla bilan vazifaning obrazli mohiyatini aytib bering;
- xayoliy - go’yoki ertaklardagidek bu vazifani yechadilar.
Bu bilan bo’lg’usi mutaxassisda abstraksiyalash malakasi, muhokama predmetidan o’zini fikran olib qochish, aql yuritish moyilligi, xayolot, bahslarga kirishib keta olish, bog’lanib qolish havfi bo’lgan g’oyalardan uzoqlashish, boshqalar fikrini tinglash, safdoshi bildirgan g’oyalarga nisbatan chidamli bo’lish, odatdagilar ichidan g’ayri odatiylarini, g’ayri odatiylar ichidan odatdagilarini topish, analoglardan unumli foydalanish kabi sinektik fikrlashga bo’lgan qobiliyat shakllanadi.
FSMU” texnologiyasi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etish hamda o’quvjarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini asoslashga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga baxs-munozara madaniyatiga o’rgatadi. Maqsad: Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
O’tkazilish tartibi: 1. FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlar tayyorlanadi.
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating.
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi misol, dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
2. Tinglovchilar bilan bahs mavzusini yoki muammoni belgilab oling.
3. Kichik guruhlarga bo’ling va ularga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog’ozlarni tarqating.
4. Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan xolda 4 bosqich bo’yichayozishlarini taklif eting.
5. Kichik guruhlarni yozgan fikrlarini o’qib himoya qilishlarini so’rang.
6. Trener-o’qituvchi tomonidan muammo bo’yicha fikrlar umumlashtiriladi. “Bumerang” texnologiyasi. Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma shakllarni qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi.
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; adabiyotlar va matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodda saqlab qolish, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Maqsad – trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallar (mavzuga oid eng ahamiyatli yoki qo’shimcha ma’lumotlar)ni ular tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda o’zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlarqaydarajada o’zlashtirilganini nazorat qilish,treningdavomida talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish. Baho sistemasi – to’liq javob uchun – 5 baho, qo’shimcha uchun – 4 baho, luqma tashlansa – 3 baho, javob bermasa – 2 baho.
“Sinkveyn” texnologiyasi (fr. “cinquains” – besh qator). Sinkveyn besh qatordan iborat umumlashgan ta’riflar majmuidir. Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha:
1. Birinchi qatorda bir so’z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumiga oid so’z bilan).
2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki so’z bilan tavsif qilinadi(sifat turkumiga oid ikki so’z bilan).
3. Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo’yichaxatti-harakatlar uch so’z bilan tavsif etiladi.
4. To’rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko’rsatuvchi to’rt so’zdan iborat gap (ibora) yoziladi.
5. Beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so’zdan iborat sinonimdir
Amaliyotda sinkveyn:
- Murakkab axborotni sintezlash quroli;
- Talabalarning tushunchalari zahirasini baholash vositasi;
- Ijodiy ifodalilik vositasi sifatida juda foydalidir. Sinkveyn tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor, ayni zamonda qudratli qurol hisoblanadi.
Uch bosqichli intervyu” metodi. Guruh 3 ga bo’linadi: pedagog – talaba – ekspert. Har bir guruh shu rollarni egallaydi. “Pedagog” guruhi mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar berishi, “talaba” guruhi javob berishi, “Ekspert” guruhi ularni baholashi zarur.
Ekspert 3 bo’limga bo’lib baholaydi:
1. Nimalar to’g’ri qilindi?
2. Nimalar noto’g’ri qilindi?
3. Qanday qilish kerak edi? Bu metod talabalarga so’rab-surishtirish, rolni aniq bajarish, pedagogik muloqot olib borish, bilim va malakalarni tekshirish va baxolashni o’rgatadi.
Kasbiy-pedagogik muloqotning 5 ta bosqichi bor. Bular: 1. Muloqot jarayonida mo'ljal olish. Bu bosqichda pedagog muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. Shuningdek, muloqot uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash ham yuzaga chiqadi.
O'z ustida ishlashda pedagogik muloqotning quyidagi bosqichlariga e'tiborni qaratish lozim:

  • bolada yaxshi taassurot qoldirish uchun tashqi ko'rinishingizga ahamiyat;

  • bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda muloqotning bu bosqichini e'tibordan chetda qoldirmang;

  • boshqalar bilan muloqotda keskin burilishga yo'l qo'ymang;

  • bugungi muloqot ko'ngildagidek bo'lmasa, uni tuzatishga harakat qiling;

  • darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya ( vaziyatni yaratish, real hayotda bor narsani ko'rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling;

- auditoriya bilan ish boshlashdan awal faqat o'zingizning pedagogik materiallaringiz haqida emas, balki bolaning holati, faoliyatga tayyorligi haqida o'ylang.
2. Pedagogik faoliyatning muhim jihati - e'tiborni o'ziga tortish
bo'lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars
jarayonida bolaning diqqati barqaror bo'lishi kerak. O'ziga jalb
qilishning quyidagi usullari mavjud:

  • verbal muloqotda bo'lish (nutqiy);

  • tanaffus qilish;

  • harakatli (doskaga yozish, ko'rgazmani osish);

  • aralash usul (yuqoridagilarni birgalikda qoilash).

Darsda ko'pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlarning fikricha, yuz ifodasi va imo-ishoralar orqali ma'ruzada 40% axborot beriladi.

  1. Obyektning (kishi) qalbini zabt etish bosqichi pedagogik muloqotni tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan bu bosqich kommunikatsiyani o'ziga xos izlash bosqichidir. Masalan, yangi materialni bayon etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab oladi. O'qituvchining talabani tushunishi kasbiy-pedagogik muloqotning kaliti hisoblanadi.

  2. Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot, ya'ni o'qituvchining yangi materialni talabalarga og'zaki bayon qilib berishidir. Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida pedagogning so'zi obrazlar qo'zg'atuvchisi bo'lib hisoblanadi.

  3. Pedagog bilan tinglovchi o'rtasidagi o'zaro harakatda hayajonni uzatishning kommunikativ vositalari muhim rol o'ynaydi. Jumladan, pedagogning nutqi jonli, ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda bo'lishi kerak. Shunda tinglovchilarning idroki to'liq, obrazli bo'ladi.

Kasbiy-muloqot treningi mashqlari tizimi ikki bosqichni o'z ichiga oladi:

  1. pedagogik kommunikatsiya elementlarini amaliy egallashga qaratilgan mashqlar;

  2. berilgan pedagogik vaziyat asosida muloqotning barcha tizimini egallashga qaratilgan mashqlar. Trening samarali bo'lishi uchun bir nechta nafar pedagog birlashgan holda ish olib borishi lozim. Yosh pedagoglar uchun birlashgan seminar-treninglar tashkil qilish yaxshi natija beradi. Tajribali pedagog rahbarligida treninglar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

1-bosqich - hamma uchun yaratilgan sharoitda harakat qilishni o'rganish. Masalan, xayolan auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing, yuring, materiallarni tayyorlang, stolga o'tiring, kitobni yoki jurnalni oching, eshikni yoping, tashqariga chiqing. Bu harakatlarni yana bir marta qaytaring, tezda kirish, tezda chiqishni o'rganing.
2-bosqich - pedagogik faoliyat jarayonida muskullar erkinligini shakllantirish. Qo'llaringizni qimirlating, his qiling, qayerga sizning quvvatingiz boryapti (bo'yningizgami, boshqa barmog'ingizgami, qo'lingizgami); ortiqcha og'irlikni (zo'riqish) yo'qotishga harakat qiling, barmog'ingizni qattiq ushlang bo'yningizni, keyin yelkangizni bo'sh qo'ying, qo'lingiz erkin harakat qilsin, ko'rsatgich barmog'ingiz esa qattiq tursin.

Download 444.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling