1-mavzu: Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi
Download 444.99 Kb.
|
kommunikativ madaniyat uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR TA`LIM VAZIRLIGI "Yoshlarni ijtimoiy muhitda kommunikativ madaniyatini shakllantirish texnologiyasi" Uslubiy qo’llanma Uslubiy qo‘llanma bo‘lajak mutaxassis – yoshlarni ijtimoiy muhitda kommunikativ madaniyatini shakllantirish texnologiyasi masalalariga bag‘ishlangan. Mutaxassis yoshlarni ijtimoiy muhitda kommunikativ madaniyatini shakllantirish texnologiyasi shakllanishida talaba mustaqil ta’limining roli tahlil etilib, bitiruvchi bakalavrlar kompetentligini aniqlash uchun mezonlar to‘plami taklif qilingan. Mutaxassislar malakali bo‘lishida, ayniqsa talaba kommunikativ madaniyatini shakllanishida, malakaviy amaliyotning o‘rni benihoya katta ekanligi qayd etilgan. Uslubiy qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining san’at yo’nalishi talabalari hamda magistrlari uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, mazkur uslubiy qo‘llanmadan pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin. Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashdan asosiy maqsad: yoshlarni ijtimoiy muhitda kommunikativ madaniyatini shakllantirish texnologiyasi shakllanishi bilan shug‘ullanadigan barcha xodimlar, ustoz-murabbiylar va tarbiyachi-pedagoglarga talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda uslubiy jihatdan yordam berishdan iborat Tayanch so‘zlar: ijtimoiy muhit, kommunikativ madaniyat, bakalavr, kompetentlik, mustaqil ta’lim, mezonlar to‘plami, malakaviy amaliyot. Taqrizchilar: Ushbu uslubiy qo‘llanma __________________________o‘quv-uslubiy kengashining ___________yil _____-maydagi _____- sonli yig‘ilishi qarori bilan qayta nashr etildi. KIRISH Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin dastlabki o‘rtaga tashlangan eng dolzarb muammolardan biri ma’naviyat bo‘ldi. Hozir ham bu muammo jamiyatimizning diqqat markazida. Zero, ma’naviyatsizlik har qanday jamiyatni tanazzulga olib borishi shubhasizdir. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarda «Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi», -deb ko‘rsatiladi. Darhaqiqat, insoniyat tarixini axloqiy, madaniy, estetik taraqqiyotdan ayri holda tasavvur etish mumkin emas. Tarixiy tadrijiylik kasb etgan axloqiy-madaniy taraqqiyot ma’lum bir davrlarda susaydi, ba’zan ortga ham chekindi, ba’zan esa turg'unlikni boshidan kechirdi. Lekin tarix sahnasida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari ustuvorligi bilan nom qozongan davrlarni olib qaraydigan bo'lsak, ularda axloqiy, madaniy, estetik taraqqiyot mavjud bo‘lganligiga ishonch hosil qilish qiyin emas. Biroq aytish lozimki, mustabid tuzumlar va shaxslar keltirib chiqargan axloqiy tanazzullarning hammasi qisqa muddatli hamda o‘tkinchi hodisalar bo'lib, ularning tarixiy ahamiyati muayyan muddatdan so‘ng yo'qolib bordi. Bugungi kunga kelib O‘zbekistonni yangillash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari yaratildi. Bu negizlar - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik singari tamoyillar asosida rivojlantirildi. Aytish lozimki, ma’naviyat, avvalo, tildan boshlanadi. Til madaniyat bilan bevosita bog'langan, til madaniyatini esa muomala madaniyatidan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Shu bois insonlararo muomala madaniyatini ma’naviy jarayonga daxldor hodisa desak mubolag‘a bo'lmaydi. Chunki har qaysi inson muayyan kuch va qudratga ega bo’ladi. Muomala ham ma'naviy kuch va ma’naviy qudrat mahsuli. Bundan anglanadiki, insonning tabiatida muomala qilishga moyillik azaldan mavjud bo‘lib, buni ro‘yobga chiqarish insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan. Biroq ayrim hollarda inson nazarida juda kichik va maydaday ko'ringan - shirinso‘zlik, xushmuomalalik, oliyjanoblik kabi fazilatlar kishilarning ma'naviy dunyosiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatishini his qilmaymiz. Ayni paytda, mahmadonalik, qo‘rslik, chaqimchilik, to‘poslik, yolg‘onchilik kabi illatlar inson borlig‘ini xunuklashtiruvchi qusurlar ekanligini chuqur anglamaymiz. Zero, insondan ma’naviyat chekinganda - tubanlashadi, tafakkurini mog‘or bosganda - yovuzlashadi, shaxsiy manfaatparastligi g‘olib kelganda - xoinlik qiladi. Shukurki, xalqimiz ma’naviyati yuksak, insonlararo munosabatning go‘zal an’analariga boyligi, o'zaro muloqot, maishiy turmush, so'zlashuv va muomalada yuksak qadriyatga ega bo‘lgan xalqdir. «Kommunikativ muloqot» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qo‘llaniladi. Masalan, iqtisodiyotda muomala - mehnat mahsulotlarini oldi-sotti vositasida ayirboshlash sifatida, huquqshunoslikda muomala - fuqaro yoki yuridik shaxsning o‘z harakatlari bilan huquqqa ega bo‘lish va o‘zi uchun majburiyat yaratish qobiliyati sifatida ishlatiladi.1 Yoki sohaga doiradabiyotlarda «muomala vaqti», «muomala xarajatlari», «muomala layoqati» kabi iboralar uchraydiki, bu shu sohaning faoliyati va harakatiga bog'liq holda namoyon bo‘ladi. Kommunikativ madaniyat ham keng ma’noda insonning butun hayoti va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bo‘lib, u oilada, jamiyatda, jamoada shakllanadi. Kommunikativ madaniyati insonning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dunyoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Muomala madaniyati ham keng ma’noda insonning butun hayoti va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bo‘lib, u oilada, jamiyatda, jamoada shakllanadi. Kommunikativ madaniyat insonning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dunyoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarga zamonaviy texnika vositalari asosida bilimlar berilmoqda, ularning dunyoqarashini o‘stirishga doir turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Biroq ayni zamonda so‘zlashish odobi, muomala madaniyati, shirinso‘zlikning xislatlari haqida berilayotgan bilimlarning samarasi kamroqday tuyulmoqda. Mazkur uslubiy qo’llanma orqali yoshlarni ijtimoiy muhitda kommunikativ madaniyatini shakllantirish texnologiyasi, milliy va umuminsoniy xususiyatlari, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari, shaxs kamolotida tutgan o'rni borasida ham fikr yuritiladi. Yoshlarimizda yangi zamonga mos hayotiy mo‘ljallarini belgilashda chalg‘imaslik, axborot makonida o‘zlariga kerakli manzilni aql-idrok, halollik va mehnatsevarlik bilan topish, Vatan taraqqiyoti va yurt faravonligiga o‘z hissasini qo‘shish kabi fazilatlarni tarbiyalash biz pedagoglarning burchidir. Download 444.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling