1-mavzu: Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi
Download 444.99 Kb.
|
kommunikativ madaniyat uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. KOMMUNIKATIV MADANIYATNING MILLIY XUSUSIYATLARI
- IV BOB. NUTQ - INSONLARARO MULOQOTDA MUOMALA MADANIYATINING MUHIM VOSITASI
Imo-ishoralarni tanlash. Har bir vaziyatda ham imo-ishoralar kerakmi? Guruh a'zolarini bir juftdan qilib bir-biriga qarama-qarshi qilib o'tirgizib qo'ying. Bu usul «ko'zgu» deyiladi. Bittasi ko'zguga (ko'ziga) qaraydi. Ikkinchisi «ko'zgu» rolini o'ynaydi. «Ko'zgu» rolidagi kishi barcha harakatlarni takrorlab turadi.
III BOB. KOMMUNIKATIV MADANIYATNING MILLIY XUSUSIYATLARI 3.1. So‘zlashuv madaniyatining milliy xususiyatlari Ma’lumki, har bir talaffuz qilingan jumlada talaffuz qiluvchining ruhiy-aqliy olami aks etib turadi. Ya’ni, u so‘zni qanday va qay tarzda qo‘llay olishi bilan suhbatdoshiga o‘zi mansub bo‘lgan ichki olam, uni qonun-qoidalari haqidagi xabar mazmunini ham, yetkazadi. Avvalo, so‘zlovchi ongida olam haqidagi biror xabar, fakt mavjud bo‘ladi. Qayerda tovush obrazi talaffuz qilingan ongdagi tushuncha bilan uyg‘unlashsa, o‘sha yerda ko‘ngildagidek muloqot yuzaga keladi. Aksincha, tovush obrazi tinglovchi ongida biror tasavvur-tushunchani uyg‘otmasa, bundan muvoffaqiyatsiz muloqot yuzaga keladi. Shu bois nutqiy muloqotda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat g‘oyatda muhim hisoblanadi. Agar so‘zlovchining ham, tinglovchining ham so‘zi ko‘cha-jargon so‘zlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, fikrini qiynalib, poyma-poy gapirsa, talaffiizi noto‘g‘ri bo‘lsa, bu holatda eng mazmundor suhbat ham o‘z mohiyatini yo‘qotadi. So‘zlashuv madaniyati har bir til birligini sharoitga qarab, yillar mobaynida qabul qilingan me’yorlar asosida qo‘llash san’ati hisoblanadi. Masalan, so‘rashish, salomlashish madaniyatini olaylik. So‘rashish barcha xalqlarning muomala madaniyatidagi muhim vosita bo‘lib, u har bir xalqning milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Ta’kidlash zarurki, so‘rashish bilan salomlashish aynan bir tushunchalar emas. Salomlashish barcha xalqlarda salom berish odobi qoidalariga asoslanadi, u faqatgina qo‘l berib ko‘rishishdan iborat emas. So‘rashish esa so‘z, imo-ishora, mimika va xatti-harakat orqali ham amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, u inson madaniyatining barcha jihatlarini qamrab oladi. So‘zlashuv madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan olim F.Xolmurodova bir qator qiziqarli ma’lumotlarni bayon etadi. Xususan, mashhur so‘z ustasi V.Dal o‘zining «Rus xalqi maqollari» deb nomlangan kitobida qadimda rus xalqida qo‘llanilgan salomlashish uslublariga ko‘plab misollar keltiradi. Masalan, qadimgi Rusiyada salomlashish paytida nafaqat qarindoshlik aloqalari yoki jinsi, balki kunning qaysi vaqti, suhbatdoshning kasbi va suhbat paytida so‘zlashayotganlar, nima bilan mashg‘ul ekanligi ham nazarga olingan. Har qanday muloqotda so‘z asosiy vosita hisoblanadi. Ayniqsa, bu so‘zlashuv madaniyatida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Salomlashish ham* so‘zlashuv madaniyatining bir ko‘rinishi sifatida inson odobining mahsulidir. Salomlashish - insonga nisbatan hurmat belgisi bo’lib, odamlar orasidagi o‘zaro muomala munosabatining boshlanishi hamda muloqotning debochasidir. Salomlashish odobini mazmun-mohiyatiga ko‘ra turli xalqlar turlicha o‘zlashtirganlar. Olaylik, Evropa xalqlarida bosh kiyimni echib salomlashish madaniyatlilik belgisi hisoblansa, Sharq xalqlarida qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salom berish hurmat belgisi sanaladi. Har qanday axloqning, xulqning va odobning mezonlari davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, takomillashib (yoki zaiflashib) boradi. Bu jarayon muhit, munosabat, an'ana va odat kabi bashariyat tomonidan shakllangan omillar bilan bog‘liq. Salomlashish ham bu jarayonlardan xoli emas: u ham o‘zgaradi. Shuni aytish kerakki, salomlashish faqat so‘z bilan emas, balki xatti-harakat orqali ham amalga oshiriladi. Bunday holatni bugungi kunda turli xil ko‘rinishlari mavjud: qo‘l berib, quchoq ochib, o‘pishib, boshni boshga urib (bu, ayniqsa, o'smir yoshdagilar o‘rtasida urf bo’lib bormoqda) ko‘rishib salomlashish shular jumlasidandir. Biroq doimo «Kim birinchi bo‘lib salomlashishi kerak?”, “Qo‘l berib so‘rash ish qoidalari qanday?”, “Salomlashganda qanday murojaat qilinadi?”, “Suhbatlashish qanday qoidalarga asoslanadi?” degan savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz. Quyida ushbu masalalarga tegishli ayrim qoidalarni bayon etamiz: Salomlashish odobi. Kichik yoshdagila rning katta yoshdagilaiga salom berishi odobdan sanaladi. Erkaklaming ayollaiga birinchi bo‘lib salom berishi ularga nisbatan hurmat belgisidir. Xonaga kirib kelgan odam xonada o‘tirganlarning barchasiga salom berishi bugungi kundagi salomlashish odobining o ‘ziga xos ko‘rinishlaridandir. O‘quv binolaridan farqli o‘laroq ishlab chiqarish korxonalaridan, zinadan chiqayotgan kishi zinadan tushayotgan kishiga salom berishi lozim. Lekin ustozga shogird doimo salom berishi shart. Yoshi va mansab lavozimiga ko‘ra teng mavqedagi kishilar uchrashganda birinchi bo‘lib salom bergan odam madaniyatli hisoblanadi. Mehmonga kelgan odam eshikni ochgan mezbonga salom berishi kerak. Ko‘pchilik oldiga yaqinlashganda kamchilik salom berishi ham go‘zal xulq namunasidir. Qo’l berib so‘rashish qoidalari. Qo‘l berib salomlashish madaniyatning bir qismi sifatida shakllangan jarayondir. Qo‘l berib so‘rashish, odatda, erkaklarga xos xususiyat hisoblansada, hozirda u barcha yoshdagi va jinsdagi insonlar uchun ham birdek amal qilmoqda. Chunki qo‘l berib so‘rashish orqali inson insonning kayfiyatini, sog‘ligini, hatto fe'l-atvorini ham bilib olishi mumkin. Qo‘l berib salomlashishning ushbu xususiyatlari ikkitomonlama muloqotning boshlanish belgisidir. Qo‘l berib so‘rashish, asosan, tanishish va tanishtirish marosimida, shartnoma va bitim imzolaganda, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olganda, www.ziyouz.com kutubxonasi minnatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, xayrlashganda va hokazo holatlarda qo’lllaniladi. Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo’l berib so‘rashishning odobiga tegishlidir: 1. Sizga uzatilgan qo’l, albatta, olinishi shart. Muallaq qolgan qo’l insonning izzat-nafsini yerga urish bilan barobardir. 2. Qo’l berib so‘rashganda sherigingizning qo‘lini engil siqib qo‘yishni unutmang. Qo’lni qattiq siqib, ozor berish madaniyatsizlik va farosatsizlik belgisi sanaladi. 3.Qo’l berib so‘rashganda munosabatingizni “Salomatmisiz”, “Yaxshi yuribsizmi”, “Ishlaringiz yaxshimi”, “ Omonmisiz” , “Uydagilar salomatmi” kabi iliq so‘zlar orqali ifodalashga harakat qiling. 4. Qo’l berib so‘rashish tez va qisqa bo’lishi lozim. Ayniqsa, ayol kishi bilan so‘rashganda, qo’lini uzoq ushlab turish mumkin emas. Chunki bu holat ayol kishini noqulay vaziyatga solib qo‘yishi mumkin. 5. Qo’l berib so‘rashganingizda ozgina egilib qo‘yishingiz so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatingizni bildiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, qo’l berib so‘rash jarayonidagi ayrim illatlar kishining nafsoniyatiga tegishi, ularni ranjitishi, hatto oraga sovuq munosabatni olib kelishi mumkin. Murojaat qilish odobi. Murojaat insondan axloqiy, estetik, madaniy me’yorlarni belgilangan qoidalar asosida amalga oshirishni talab qiladi. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan munosabat turi bo’lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. Murojaat insonning qanday tarbiya ko‘rganligini, o‘zgalarga nisbatan hurmatini, did-farosatini, izzat-nafsini bilish mumkin bo’lgan axloqiy xatti-harakatlar majmuasidir. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki maqsadga erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo’ladi. Biroq barcha murojaatlar axloq me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin. Murojaat qilish bir necha turlarga bo‘linadi. Ularni, asosan, rasmiy murojaat va norasmiy murojaatlarga ajratish mumkin. Rasmiy murojaatlar, asosan, qat’iy tartib va belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. Masalan, «Honimlar va janoblar”, “Muhtaram elchi janobi oliylari” , “O‘rtoq boshliq yoki o‘rtoq komandir”, “Janobi direktor», “Ustoz Muzaffar Ahmedovich” va hokazo. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, rasmiy murojaatlarda faqat sizlab murojaat etish maqsadga muvofiq. Chunki “sen” degan murojaat oradagi munosabatlaming samarali natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, zamonaviy muomala madaniyatida 9 yoshdan yuqoridagilarga nisbatan “siz” deb murojaat qilish maqsadga muvofiq sanaladi. “Sen” deb murojaat etish esa, faqat oilada, yaqin qarindoshlar, do‘stlar orasida aytilishi o‘rinlidir. Norasmiy murojaatlar rasmiy murojaatlarga nisbatan kengroq va doimiy ravishda qollaniladi. Norasmiy murojaatlar, asosan, kundalik hayotda, o‘zaro muloqotda ishlatiladi. Murojaatning bu turini umumiy ma’noda yaqin insonlarga qilinadigan murojaatlar, intim murojaatlar hamda nomsiz murojaatlarga ajratish mumkin. Xususan: Yaqin kishilarga qilinadigan murojaatlarda ishonchlilik, do‘stona va samimiy munosabat ustuvor ahamiyatga ega. “Hamkasaba”, “Og‘ayni”, “Amaki”, “Xola», “Kelinoyi”, “Og‘a” kabi murojaatlar bunga misoldir. Intim murojaatlarda shaxsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan holda, murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rnida va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so’zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatan ishlatilsa, maqsadga muvofiq. Nomsiz murojaatlarda shaxsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror nom a’lum obekt yoki subyektni aniqlash, u haqda muayyan m a’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Nukus ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?” “Ma’zur tutasiz, sizning manzilingiz men boradigan joydan uzoqroqda ekan” “Xonadoshingiz siz haqingizda yaxshi flkrlar bildirdi» singari murojaatlarda shaxsning aniq ismi ko‘rsatilmasa-da, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan flkrlar tushunarli boiadi. Suhbatlashish odobi. Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Har qanday suhbat, awalo, ma’ lum otlar almashinuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir-birlarini tushunib boradilar va muomala madaniyatlaridagi ayrim bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Zero, shoir Chustiy ta’biri bilan aytganda: Orttirur mehringni hardam mehribonlar suhbati, Jonga jon bahsh aylagandek, jonajonlar suhbati. Sira oson bo’lmagan mushkul tugunlarni yechar, Fikr qiling qirq yoruvchi nuktadonlar suhbati. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”. Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi. “Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov, L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‘lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi. Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik qiladi. Insonlar muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot faoliyati va umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun axborot almashinuvining o‘rni qanchalik muhimligidan dalolat beradi. «Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bog‘layman, muloqot qilaman ma’nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lganini aytish mumkin. Tasavvur hosil bo‘lishi uchun mazkur ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib o‘tamiz: «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi». «Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni». «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli». «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish». Ko‘rinib turibdiki, bu ta’riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina urg‘u berilgan. Shuning o‘zi kommunikatsiyaning naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika asoschisi Norbert Viner ta’kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement». Ijtimoiy kommunikatsiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan: — og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan); — yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan); — nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi); — multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish). M.Maklyuenning g‘oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat xususiyatlarini belgilab beradi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyat mazmunan vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa asosan yozma bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda sotsiomadaniy kommunikatsiya – bu umume’tirof qilingan tushunchalarda asoslangan, kommuntatorlar o‘zaro munosabatlari mazmuni hamda ularning ijtimoiy muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama jarayon. Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini “kommunikatsiya” deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga ega bo‘ldi. U falsafa, sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik iqtisodiyot va boshqa fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning natijalarini o‘zida mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar: kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur; kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi; kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi. Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish [4] deb ataladi. Axborot jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, G.Maklyuen) kommunikatsiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi. Axborot bu holda madaniyat va barcha madaniy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega. Axborot almashinuvi kommunikatsiyaning ham, muloqotning ham markaziy xususiyati ekanligi tufayli bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy ravishda, xilma-xilliklar kelib chiqdi va bir qator yondashuvlar paydo bo‘ldi. Birinchi yondashuv mazmunan ikki tushunchani ma’no jihatdan aynanlashtirishdan iborat. Bu yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar katta hissa ko‘shgan. Qator qomusiy va izohli lug‘atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‘li, muloqot» deb talqin qilingan. Ukrainalik tadqiqotchi, muloqot nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis Yu.D.Prilyuk tarixiy-lingvistik tadqiqotlar asosida ushbu atamalarning dastlabki va hozirgi ma’nolarini etimologik va semantik jihatdan bir-biriga yaqin, shuning uchun «jamiyatda axborot almashinuvi»ni bildiruvchi tushunchalar sifatida ular o‘zaro tengdir, degan to‘xtamga keladi. Shunga o‘xshash fikrlarni T.Parsons va K.Cherri kabi etakchi xorijiy olimlar ham bildirishgan. Ikkinchi yondashuv «kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalarini farqlash bilan bog‘liq. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va ma’naviy axborot almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir». Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bo‘lib, unda subyekt ma’lum axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‘naltirilgan jarayondir. Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, unda «xabarlar jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‘rtasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki tomonlama yo‘naltirilganlik xarakteriga ega. Yirik psixolog olim G.M.Andreyevaning fikricha, muloqotni kommunikatsiyaga qaraganda kengroq kategoriya sifatida talqin etib, muloqot tuzilmasida uchta o‘zaro bog‘langan jihatlarni ajratishni taklif qiladi. A.V.Sokolov muloqot kommunikativ faoliyatning shakllardan biri, bu shakllar kommunikatsiyaga kirishayotgan sheriklarning maqsadlariga qarab bir-biridan farqlanadi, deya mazkur fikrga qarshi chiqadi. Yana bir yondashuv bo‘yicha muloqot jamiyatdagi barcha axborot jarayonlarini qamrab olmaydi, degan fikrni ilgari suruvchi olimlar guruhi mavjud. Vaholanki, axborot jarayonlari jamiyat organizmini, barcha ijtimoiy tizimostilarni qamrab oladi va ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjud, shu bilan birga, ular hamisha ham so‘z, nutq yoki matn shaklida bo‘lmasligi mumkin. Aslida, verbal (so‘z) shaklidagi xabarlar jamiyatda axborot almashinuvining kichik bir ulushini tashkil qiladi, qolgan vaziyatlarda axborot almashinuvi tildan foydalanmasdan amalga oshiriladi hamda axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika, intonatsiya, harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari, buyumlar xizmat qiladi. adaniyatning moddiy shakllari axborotni ham makon, ham zamon bo‘yicha uzatishga imkon beradi. Aynan shuning uchun muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. IV BOB. NUTQ - INSONLARARO MULOQOTDA MUOMALA MADANIYATINING MUHIM VOSITASI Download 444.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling